O‘ZBEKISTON XALQ HARAKATINING BAYONOTI – AAT


Payshanba, Iyul’ 21, 2011

Shu yil 16 iyul’ kuni Rossiyaning “Regnum” axborot agentligi, O‘zbekiston huquq-tartibot organlaridagi manbaaga tayangan holda, O‘zbekiston Bosh Prokuraturasida, “Akromiylar” diniy-ekstremistik oqimiga mansub shaxslar ustidan jinoiy ish ochilganini, qidiruvdagi shaxslar II bo‘limlari, uchastka nozirlari va boshqa davlat organlari xodimlariga telefon qo‘ng‘iroqlari qilishib, ularga tahdid solishganligi va shu bilan jinoyat sodir etishganligi haqidagi ma’lumot bergan.

Ana shu munosabat bilan, “O‘zbekiston xalq xarakati” Rahbariyati quyidagini bayon qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi sudlari, prokuratura va ichki ishlar idoralariga qilingan telefon qo‘ng‘iroqlari biror diniy-ekstremistik oqimlarga mansub shaxslar tomonidan emas, balkim “O‘zbekiston xalq xarakati” tomonidan amalga oshirilgan aktsiyadir.

So‘nggi paytlarda, ayniqsa, 2010 yil oxirlari, 2011 yil boshlarida O‘zbekiston huquq-tartibot organlari, mahalliy xokimiyat va o‘z-o‘zini boshqarish organlari, ya’ni mahalla qo‘mitalari faollari tomonidan, 2005 yil 13 may kuni Andijonda Hukumat qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilgan va jon saqlash uchun qochishga majbur bo‘lgan , bugungi kunda chet elda qochoqlik maqomida yashayotgan “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkilotiga birlashgan muhojirlarning oila a’zolari va yaqinlariga nisbatan ta’qib va tayziqlar keskin avj oldi. Ota-onalarining yoshi ulug‘ligiga qaramay, ayol va bolalar demay, Andijonlik qochoqlarning barcha oila a’zolari va yaqinlari uchastka nozirlari tomonidan ichki ishlar bo‘limlariga noqonuniy (ya’ni, xech qanday sud, yoki prokuratura organlari chaqirig‘isiz) ravishda chaqirtirilib, qattiq so‘roqqa tutilmoqdalar, ular 12-15 soatlab noqonuniy ravishda ushlab turilmoqda, xatto ayrim joylarda, yosh bolalar bir necha sutkaga qamab qo‘yilgan holatlar ham qayd etilgan. Bu voqealar nafaqat Andijon shahri va viloyatida, balkim, Qo‘qon, Toshkent shaharlari va bir necha viloyatlarda, jumladan Toshkent, Samarqand va Qashqadaryoda ham kuzatilgan.

Barcha kuzatilgan holatlarda, ichki ishlar xodimlari muhojirlikda yashashga majbur bo‘lgan insonlarning oila a’zolari va yaqinlariga ochiqdan-ochiq tahdid solish, ularni qo‘rqitish orqali, chet elda yurgan farzandlari, erlari, otalarini uyga, Vatanga qaytishga, Prezidentning nomiga afv so‘rab, tavba-tazarru qilishga majburlash maqsad qilingan.

Rasmiy davlat organlari xodimlari o‘z hatti-harakatlarini qonuniylash maqsadida, bu yuqoridan kelgan buyruq ekanligini vaj qilib ko‘rsatganlariga qaramay, ular o‘z xatti-xarakatlari bilan nafaqat inson va bolalar haq-huquqlarini qo‘pol ravishda buzganlar, balkim, o‘z vakolatlarini qo‘pol ravishda suis’temol qilib O‘zR Jinoyat Kodeksining 205- , 206-moddalari bo‘yicha jinoyat sodir etganlar.

Ana shu kuchayib borayotgan tayziq va tahdidlarni oldini olish, davlat hokimiyati mahalliy organlarida ishlovchi mas’ul xodimlarni o‘z hizmat vazifalarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga mos holda olib borishlarini, ularga buyurilgan xizmat vazifalarini xalq manfaatlariga moslab, vijdonan bajarishga da’vat qilish maqsadida “O‘zbekiston xalq xarakati” Rahbariyati O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, mansabdor shaxslari, davlat tashkilotlari va korxonalari rahbarlari va mas’ul shaxslarga rasman ushbu murojaatnoma bilan chiqmoqdalar.

Bizning murojaatnoma ko‘zlangan joylarga telefon orqali ham etkazilmoqda. Ushbu murojaatnomada xech qanday qo‘rqitishlar, tahdid qilishlar yoxud inson xayotiga xavf soluvchi bayonotlar, chaqiriqlar aks etmagan. Murojaat matni internet sahifalarida, jumladan, “O‘zbekiston xalq xarakati”ning Facebook dagi sahifasida, YouTube sahifasida, “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti, “Tayanch” tashkiloti va bir qancha muxolifat saytlarida e’lon qilingan.

Aksincha, murojaatnomani telefon orqali o‘qib, eshittirilish vaqtida, davlat organlarining rasmiy vakillari tomonidan javob tariqasida tahdid qilishlar, yaqin orada barcha davlat dushmanlari, ularning urug‘-aymoqlarigacha yo‘q qilinishi haqida qo‘rqitishlar qilingan.

Barcha telefon qo‘ng‘iroqlari magnit tasmalarga yozib olingan va ulardan keyinchalik, O‘zbekiston rasmiylarini jinoiy javobgarlikka tortishda ashyoviy dalillar sifatida foydalanish rejalashtirilmoqda.

Bizning barcha hatti harakatlarimiz faqat va faqat bir narsaga – bizlarning bola chaqalarimiz, ota onalarimiz, aka uka, opa singillarimizning konstitutsiyaviy haq va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Biz mard insonlarmiz va O‘zbekiston qonunlarini hurmat qilamiz. Biz sizlardan ham mard bo‘lishni va O‘zbekiston qonunlarini hurmat qilishni talab qilamiz. Agar sizda bizning birortamizga nisbatan qandaydir savollar bo‘lsa, marhamat qilib o‘sha odamni ism va sharifini ayting. Biz sizga o‘sha inson bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanishga imkon beramiz. Bizning barcha hatti harakatlarimiz ochiq va biz oshkora siyosat va muloqot olib borish tarafdorimiz. Biz o‘zimizni, bizning yaqinlarimizni va umuman O‘zbekistonning barcha fuqarolarining konstitutsiyaviy haq va huquqlarini O‘zbekiston davlat organlarining barcha xodimlari tomonidan jiddiy hurmat qilinishini talab qilamiz va bu yo‘lda qilinayotgan barcha amaliyotlarimizni bundan keyin ham, toki to‘la to‘kis g‘alabaga erishmaguncha  qonuniy yo‘llar bilan davom ettiraveramiz.

 

O‘zbekiston Xalq Harakati Rahbariyati vakillari

Muhammad Solih, Namoz Normo‘min, Hazratqul Xudoyberdi, Shamsuddin Atamatov, Ismoiljon Dadajonov, Dilsora Fozilova, Muhammadsolih Abutov, Jahongir Usmonov, Muhiddin Shirinov

2011-07-21

 

http://andijonadolat.org/?p=4582

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: