Jenifer Lopes bir mln. dollarga o’zbekning to’yiga bordi – vatandosh.uz


Jenifer Lopes Yalta bo’yidagi “Villa Yelena” mehmonxonasida turdi.

Amerikalik superyulduz Jenifer Lopes seshanba kuni Ukrainaning Qrim o’lkasida o’zbek neft magnatining to’yida qatnashdi. Asli O’zbekistonning Samarqand vioyatidan bo’lgan va hozir Indoneziyada istiqomat qiladigan millioner A’zam Aslanov Qrimda o’g’lini uylantirgan. To’yda 40 daqiqa qo’shiq kuylagan Lopesga, “Segodnya.ua” saytining yozishicha, bir mln. dollar haq to’langan. To’yga jami 10 mln. dollardan ortiq mablag’ sarflangan.

To’yda O’zbekistondan “Ofarin” raqs guruhi hamda Rossiyaning Nikolay Baskov, Filip Kirkorov, Zemfira kabi 15 dan ortiq shou yulduzlari ham ishtirok etgan. To’y hashamatli “Ayvazovskiy” pansionatida o’tkazilgan.

A’zam Aslanov 2-o’g’lini, 33 yoshli Amon Aslanovni uylantirgan. Ular olilasini yaqindan taniydigan bir manbaning “Vatandosh”ga aytishicha, kelin Samarqand shahridan, oddiy oila farzandi. Kelin-kuyov “Odnoklassniki.ru” sayti orqali tanishishgan.

Kelin-kuyov

Samarqanddan tashrif buyurgan yuzdan ortiq mehmon to’yga samolyotda olib kelingan. Ushbu manbaning yana bizga aytishicha, A’zam Aslanov birinchi o’g’lini O’zbekistonda uylantirgan va oshanda ham to’y juda dabdavali o’tib, turli shov-shuv va munozaralarga sabab bo’lgan.

 

http://vatandosh.uz/jenifer-lopes-bir-mln-dollarga-ozbek-toyiga-bordi

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: