Bahodir Qo‘chqorov: Futbol siyosatdan yiroq – ozodlik.org


22.07.2011

Basira

23 iyul kuni 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash o‘yinlari doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari Paxtakor markaziy stadionida maydonga tushishadi.

Shu paytgacha O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari to‘rt marotaba kuch sinashishgan va barchasida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozongan.

To‘rtta o‘yin natijasiga ko‘ra O‘zbekiston termasining gollar nisbati 18:2.

Ozodlik radiosi ertaga bo‘ladigan o‘yin oldidan qirg‘izistonlik taniqli futbol hakami Bahodir Qo‘chqorovga bir necha savollar bilan murojaat qildi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Qo‘chqorov o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov guruhida 2010 yilgi jahon chempionatida beshta o‘yinda yon chiziq hakami vazifasini bajargan edi.

Qo‘chqorov 23 iyul kuni bo‘ladigan o‘yinni “tarixiy o‘yin” deya atadi va ikkala terma jamoa kuchli degan fikr ilgari surdi.

– O‘zbekiston O‘rta Osiyoda kuchli komanda bo‘lsa, Qirg‘iziston undan keyin turadi. Endi bu futbolda. Birinchidan, ikkala komandaning bir-biri bilan o‘ynashi bu tarixiy o‘yin. Ikkinchidan, O‘zbekiston kuchli komanda, lekin Qirg‘iziston juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. U yoqda ham, bu yoqda ham yaxshi o‘yin bo‘lishi kerak.

Ozodlik: Bu ikkala jamo o‘rtasidagi o‘yin nimasi bilan tarixiy?

– Ularning jahon chempionatiga saralash o‘yinlarida bir-biri bilan o‘ynaganiga 12 yilmikan bo‘libdi. Ikkinchidan, qarang ikkita qo‘shni tushgan. Uchinchidan, ikkala davlatning futbolini soyuz paytida bir xilda desa bo‘lardi. Fizicheskiy konditsiyasi bo‘yicha Qirg‘iizston kuchli edi, texnika, taktikasi bo‘yicha O‘zbekiston kuchli edi. Endi futbol ko‘rsatadi. Maydon tekis, to‘p yumaloq deydi. Ertaga (suhbat 22 iyul kuni yozib olingan – tahr.) o‘yinda ko‘ramiz. 28 iyul kungi o‘yinni men ko‘ra olmayman. Sababi Tojikistonga ketaman.

Ozodlik: Qirg‘iziston jamoasi haqida o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari ko‘p narsa bilmaydi. Qirg‘iziston futbol federatsiyasi FIFAdan 250 ming dollar olar ekan futbolning rivojlanishiga. Nimaga Qirg‘izistonda futbolga qiziqish kam?

– Men bu narsani bilmayman. FIFAdan pul olinishi, boshqani federatsiya biladi. Men federatsiyada ishlamaymanku. FIFA nafaqat Qirg‘izistonga hamma mamlakatga yordam beradi.

Ozodlik: O‘zbekiston futbol uchun kamida 20 milliongacha pul ajratadi.

– Endi bu prezidentga bog‘liqku birinchi navbatda. Mamlakatning byudjetiga bog‘liq, xalqning futbolga qiziqishiga bog‘liq. Adashmasam, O‘zbekiston prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning ukazi bor razvitie uzbekskogo futbola degan. Mening bilishim bo‘yicha hokim paxtaga, bug‘doyga va futbolga otvechat qilishi kerak yilning oxirida. Agar mamlakatning qo‘lidan keladigan bo‘lsa, futbolni rivojlantiradi. Bir mamlakat voleybolni rivojlantiradi. Odamlarning qiziqishiga bog‘liq bu narsa. Insonlar nimaga qiziqadi masalan.

Masalan oilamning yarmi musiqaga qiziqsa, yarmi gimnastikaga qiziqsa, televizorda musiqa bo‘layotgan bo‘lsa, konechno ikkita televizor olib beraman. Bittasida musiqa, bittasida gimnastika ko‘rishi kerak bola-chaqalarim. Chunki ikkovini ham xafa qilmasligim kerak. Shuning uchun odamning qiziqishi bilan bog‘liqda.

Ozodlik: Qirg‘iziston terma jamoasida o‘zbeklar ham o‘ynaydi deb eshitganman.

– Bor, bor. Asqarov Doniyor bor. Bor, o‘shlik bolalar bor. Bishkekda yurgan bolalar bor. Ular yoshligida kelganku. 10 yoshida futbolga kelgan bo‘lsa, hozir 30 yosh bo‘lsa, 10 yildan beri komandada bular.

Ozodlik: Ularning o‘rtasida munosabat qanday?

– Endi sportda unaqa narsa yo‘q. Sport bez politiki. Tem bolee futbol bez politiki. Zep Blatter aytganiday futbolda natsionalьnost, svet litsa, doljnost degan narsa bo‘lmaydi. Bu erda hamma bir xilda.

Ozodlik: Bahodir aka, istasak istamasak o‘tgan yilgi voqealar o‘zbekistonliklarning yodida bor. Shu voqealar ertaga bo‘ladigan o‘yinga ma’naviy ta’sir o‘tkazarmikan?

– Buni ayta olmayman. Buni o‘yinchilardan so‘rash kerak. O‘zbekiston federatsiyasi bilan otnosheniemiz juda yaxshi. Ishqibozlar xohlaganini o‘ylashi mumkin, xohlaganini aytishi mumkiin. Bu futbolku. Futbol ular uchunku. Men o‘ylamayman Qirg‘izistonda o‘zbekistonliklarni yomon kutib olib yoki O‘zbekistondami, bunaqa ishqibozlar yo‘q. Ular bir-birini eskidan biladi.

Ozodlik: Ertaga bo‘ladigan o‘yin natijasi qanday tugashidan qat’iy nazar O‘zbekiston ham, Qirg‘iziston ham jahon chempionatiga chiqa olmaydi, deyishadi.

– Kim aytdi? Futbolni tushunmaydigan odam gapiribdi.

Ozodlik: Siz bunga qo‘shilmaysiz.

– Yo‘q.

Ozodlik: Nimaga? Shu paytgacha O‘zbekiston ham, Qirg‘iziston ham chiqa olmadiku.

– Boya aytdimku, bu futbol. Futbolda ertaga nima bo‘lishi, buni tirik insonlar o‘ynaydiku. Odam ertaga nima bo‘lishini bilmaydiku. Yarim soatda odamda temperatura chiqib ketishi mumkin, yarim soatda odam yiqilishi mumkin. Prognoz qilish bor 30-50 foiz deb. O‘zbekistonning ham, Qirg‘izistonning ham har bir futbolchisi jahon chempionatida o‘ynashni xohlaydi. Hech bo‘lmasa o‘sha erga chiqishni xohlaydi. Shuning uchun  futbol o‘ynaladida. Bo‘lmasa nimaga futbol o‘ynaladi? Birinchidan, o‘z yurtini predstavlyat qiladi. Ikkinchidan, tarixda bo‘lmagan o‘yinga kiradi. Ikkovida ham yaxshi shans bor. Ko‘p shans O‘zbekistonda konechno. O‘zbekiston kuchliroq. Lekin men o‘ylayman O‘rta Osiyodan chiqadi. Nimaga chiqa olmaydi? Bekor gap u. Futbolni tushunmaydigan odam gapiribdi. O‘zbekistondan, Qirg‘izistondan hech qachon hakam chiqmaydi deb ham aytishgan. Mana borib keldikku beshta o‘yinga hakamlik qilib.

Ozodlik: Ertaga kim uchun ishqibozlik qilasiz?

– Qirg‘iziston uchun va hakamlar uchun. Chiroyli o‘tkazib olishsin o‘yinni. Men endi Qirg‘iziston o‘yinida hakamlik qila olmayman, shuning  uchun Qirg‘iziton uchun ishqibozlik qilaman. Ishqibozlar yaxshi taassurot qoldirishsin. Bu tarixiy o‘yin. Esda qoladigan o‘yin bu. Futbolchilar bizning otnosheniemizni ko‘rsatishi kerak. O‘zbekiston bilan Qirg‘izistonning otnosheniesini xalqqa, elga, politiklarga ko‘rsatish kerak. Narushenie qilganda kulishib deganday narsa yo‘q futbolda. Sportda umuman yo‘q bunaqasi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24273623.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: