“Akromiylar” yana diqqat markazida – ozodlik.org


O‘zini Sohibjon Fayziev deb tanishtirgan shaxsning Facebook tarmog‘idagi sahifasi.

22.07.2011

Basira

Andijon voqealaridan olti yil o‘tib Internetda 2005 yil 13 may voqealari haqida filьmdan parchalar yana paydo bo‘ldi. O‘zini “oddiy o‘zbekistonlik” deya tanishtirgan Internet foydalanuvchisi ijtimoiy tarmoqlarda Andijon qirg‘ini to‘g‘risida “o‘zining haqiqatini” aytishga urinmoqda.

Sohibjon Fayziev ismli Youtube tarmog‘i foydalanuvchisi 22 iyulga qadar 13 ta videolavha joylashtirdi. Bu videolavhalarning barchasi Andijon qirg‘iniga oid O‘zbekiston telekanallarida namoyish etilgan filьmdan olingan parchalardir.

Xususan “bolalar hech qachon yolg‘on gapirmaydi” deya nomlangan videolavhada Ziyoda Mo‘minova ismli o‘spirin qiz Andijon voqealarini esga oladi:

– “Birodarlarimizga yordam bergani keldik”, dedi. Birodarlar vaxshiy odamlar edi, oddiy odamlar emas edi. Ba’zilari qurollangan. Odamlarni o‘ldirayotgan edi, atrofdagi qochgan-qochganni o‘ldirib yurishdi. O‘rtada to‘plab olib, majburan ushlab o‘tirishdi. Melisa xodimlarini ko‘zimizning oldida daxshatli ravishda o‘ldirishdi ham. Urib, holdan chiqqanlarni ham qiynab ko‘zimizni oldida o‘ldirishdi, deydi Youtubeda e’lon qilingan videolavha qahramoni Ziyoda Mo‘minova.

Ziyoda kabi yana bir qancha andijonliklar fikrlari aks etgan videoparchalar boshqa Internet portallariga ham joylashtirilgan. Ulardan birida Qobiljon Samadov “Akromiy” oqimining a’zosi deya ko‘rsatilgan.

– “Xalq ketib qolmasligi uchun, o‘sha erda ko‘proq muddat ushlab turish uchun pul berib bo‘lsa ham ushlab turamiz. Shunga pul kerak”, deganidan keyin, Muhammadali ismli shaxs “pulni geroin, narkotik olib kelib sotsak, yaxshi foyda qilamiz, bir kunning ichida geroindan yaxshi foyda qilamiz. Shuni sotib, odamlarga tarqatib, qimirlatmasdan o‘sha erda ushlab tura olamiz, nima qilib bo‘lsa ham”, dedi,- deya gapiradi Qobiljon Samadov.

Andijonlik qochqin, ayni paytda Germaniyada istiqomat qilayotgan Omonullo Maqsudov Ozodlik bilan suhbatda Qobiljon Samadovni tanishini ma’lum qildi.

– U aytgan gaplar haqiqatga yaqin emas. U o‘zi ishbilarmon bola bo‘lgan. O‘z ishining ustasi bo‘lgan. Narkotik haqidagi gaplari umuman to‘g‘ri emas, gaplari ham chalkashib ketgan. Bu videolar yangi emas. O‘sha Andijon voqealaridan so‘ng ishlangan materialllardan qisqacha keltirilgan. Endi bu videolar bugunga kelib paydo bo‘layotganligi hammani qiziqtirayapti, deydi Omonullo Maqsudov.

Andijonlik qochqin bu videolavhaning paydo bo‘lishini O‘zbekiston Xalq harakati tuzilgani, uning tarkibiga Andijon-Adolat tiklanish tashkilotining kirganligi bilan bog‘ladi. Omonullo Maqsudov O‘zbekiston Xalq harakati keyingi paytlarda o‘zi tayyorlagan videolarni Internet vositasida faol e’lon qilayotgani ham kinidir tashvishlantirayotgan ko‘rinadi, deya qo‘shimcha qildi.

Ozodlik 21 iyul kuni Youtube tarmog‘ida Anidijon voqealari haqidagi videolavhalarni joylashtirgan, o‘zini Sohibjon Fayziev deb tanishtirgan Internet foydalanuvchisi bilan bog‘lanishga urindi. Sohibjon telefon orqali muloqotdan bosh tortib, Ozodlik savollariga Facebook tarmog‘i vositasida javob berdi.

Suhbatdoshimizning aytishicha, u o‘zini oddiy o‘zbekistonlik kompьyuter programmisti hamdir, yoshi 30-35 lar atrofida. Ijtimoiy tarmoqlarda iyulning boshidan buyon paydo bo‘lgan.

(U savollarimizga yozma tarzda yuborgan javoblar tahrirsiz keltiriladi.)

“Mayli bir pas kutib turing fikrimni bilib olasiz. men programma yozishga odatlanganman. o’z fikrinmi kompyuterda tez yozolmayman

O’zimni teran fikrlovchi inson deb hisoblayman, shuning uchun faqat faktlarni solishtirib keyin hulosa chiqaraman.

Birinchi fakt bu Andijon voqealari ishtirokchilarining dinga mukkasida ketgani: fanatiklar boshqacha aytganda. Ikkinchidan ular qo’lida qurol bo’lgan, lavhalarni yaxshilab qarasangiz snayperlar joylashgan joylar, aylanasiga himoya chizig’i: bularni faqat jangovar tayyorgarlik ko’gan inson biladi holos.

Uchinchisi ular begunoh bo’lgan insonlar umriga zomin bo’lgan. Bu haqda joylashtirgan lavhalarda ko’rishingiz mumkin.

Hamma faktlarni jamlab kelgan hulosam: Andijon voqealarini uyushtirganlar har hil diniy oqimlarga mukkasidan ketgan, jangovar tayyorgarlikni o’tgan va begunoh odamlar umriga zomin bo’lgan terrorchilar”, deya o‘z fikrini yozib jo‘natdi Sohibjon Fayziev.

Aytish joiz, O‘zbekiston Xalq harakati tuzilganidan so‘ng bu harakat a’zolariga nisbatan O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmatiga bo‘ysunishi aytiladigan Internet saytlarda maqolalar paydo bo‘layotir. Ularning aksariyatida andijonlik qochqinlar shaxsiyatlarini haqorat qiluvchi gaplar tarqatilmoqda.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24273697.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: