Diktator Karimov siyosatidagi qora chizgilari – AAT


Seshanba, Iyul’ 19, 2011

OAV 2011 yil iyul’ oyining ikkinchi o‘n kunligi boshlarida Turkmanistonning Abadan shahridagi portlashni yoritgan edilar. Rossiya axborot tizimi turkmenboshining e’tiroziga ham uchrab ulgurdi. Turkman pressasi voqeani pirotexnik portlashi, deb izohlaganida, Rossiya xabarchilari harbiy aslaha portlashidan qurbon bo‘lganlar borligini bildirgan edi.

Turkiyaning OAV sahifalarida O‘zbekiston prezidenti Karimov qardosh Turkmanistonga har turli yordam ko‘rsatishga hozir ekanligi haqidagi daraklar joy oldi.

http://www.haberler.com/ozbekistan-turkmenistan-a-yardima-hazir-2863548-haberi/

O‘zbekistonning noqonuniy prezidenti aytib yubora olishi mumkin bo‘lgan ushbu gap qanchalik haqiqatga yaqin? Bunday mulozamatning ortida aslida nimalar turibdi?

Inson tabiatan yaxshilikka intiluvchi. Buning misollari kundalik hayotimizda takror va takror uchraydi. Uyi yonayotgan qo‘shniga yordamga oshiqish, och o‘tirganini sezib qolsa, bir kosa ovqat uzatish, qo‘li yupunroqqa kiyim‑kechak sovg‘a qilish, to‘ylarda ko‘mak, azada hamdardlik kabilar shular jumlasidandir. Shu qatorda, zavodi portlagan qo‘shni davlatga yordam beraman, deyish tabiiy hol.

Ammo, Diktator Karimov uzoq yillar davomida o‘z xalqi uchun bunday tabiiy yaxshiliklarga hech qo‘l urmagani sababli: “Bu “saxovat” zamirida nima bor?”‑degan savol kelib chiqadi.

Savol kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar:

O‘zbekistonda mustaqil jurnalistlar va muxolifat vakillarini repressiya qilinishi;

Mamlakat ichidagi zavod‑fabrikalarni yaroqsiz holga keltirib, aholi orasida ishsizlikni avj oldirgani;

Qo‘shni davlatlarda mardikorlik qilayotgan o‘zbekistonliklarni huquqiy himoya qilmayotganligi;

Paxta plantatsiyasida ojiz, zaif ayollar va bolalar mehnatidan foydalanayotganligi;

El‑yurtning haqqi; fuqaro o‘ta muhtoj bo‘layotgan mamlakat boyliklarini o‘zi va qizlari, yugurdaklari chet el banklariga o‘g‘irlab tashiyotganligi;

Ehsonkor tadbirkorlar rivojlanishiga to‘siq qo‘yayotgani;

Minglarcha dindorlar, muxolifat vakillari va tadbirkorlarni nohaqdan qamoqlarga tashlanishi;

Joylarda norozilik bildirganlarni ayamay, shafqatsizlarcha jazolashi;

2005 yil 13 mayida dardini aytmoqchi bo‘lib chiqqan, Andijon tinch aholisini yovuzlarcha o‘qqa tutishi;

Andijon voqesi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqchi bo‘layotgan mustaqil kuzatuvchilarni O‘zbekiston hududiga kirgizmayotganligi;

Andijon qatli omiga bechora xalqning o‘zini aybor qilib, nohaqdan yana va yana qamoqlarga tiqayotganligi;

O‘sha paytdagi Andijon hokimligini bu ishlarda aybdorligini 6 yil o‘tgach aytishi va ko‘p o‘tmayoq Andijon voqelarida G‘arbni sababchi qilib keltirishi;

Frantsiya sudi uni diktatorligini e’lon qilganida, xotirjam qabul qilishi.

Keltirilayotgan misollar daraxt butog‘idek dunyo hamjamiyati ko‘z oldidan ketmay qo‘ygan faktlardir.

Bulardan tashqari, noqonuniy prezident o‘z ko‘magini taklif qilgan kunlari, uning Oq saroyi yaqinida, Toshkent shahrida ikki ayol jurnalist ochlik e’lon qilib, norozilik aktsiyasini o‘tkazayotgan edi.

Savolimizga javobni muhtaram o‘quvchilarimiz va mustaqil siyosiy sharhlovchilardan kutib qolamiz.

 

“Andijon – Adolat va Tiklanish” jamiyati ma’lumot tarqatish bo‘limi

 

http://andijonadolat.org/?p=4514

 

 

 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: