Savdogarlarning 10,5 million dollarlik mulki olib qo‘yildi – ozodlik.org


16 iyul kuni Urganch savdo uyida qurollangan va niqobdagi otryad reyd o‘tkazdi.

19.07.2011

Mehribon

“Urganch savdo uyi” savdogarlaridan 18 milliard so‘m (qariyb 10,5 million AQSh dollari) miqdoridagi tilla buyumlar musodara qilindi.

16 iyul ertalab soat 10:00da Xorazm viloyati markazi Urganch shahridagi “Urganch savdo uyi”da niqob taqqan maxsus otryad reyd o‘tkazib, savdo majmuasi rahbarini hibsga olgan va savdogarlarning zargarlik buyumlarini olib ketgan edi.

Ozodlik iltimosiga ko‘ra “Urganch savdo uyi”dagi voqeani tafsilotlarini o‘rgangan manba savdogarlarning qariyb 10,5 million AQSh dollari miqdoridagi tilla buyumlari davlat foydasiga musodara qilinganini aytadi.

– Savdogarlarning o‘sha kuni savdoga qo‘yilgan tilla buyumlarining barchasini olib ketganlar. Hech narsa qaytarib berilmadi. Jami 18 milliard so‘m miqdoridagi tilla buyumlar musodara qilindi. Ko‘pchilikning brilliantlari ham bo‘lgan. Chunki u erda brilliant ham sotilar edi,- dedi urganchlik manba.

“Urganch savdo uyi” ma’muriyati xodimi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda zargarlik buyumlar musodara qilinganini tasdiqladi.

– Tovarlarni qaytarishmadi. Hozir idora muhrlangan. Savdo uyi to‘rt kundan buyon ishlamayapti,- dedi ma’muriyat xodimi.

Biroq u “Urganch savdo uyi”ning hibsga olingan rahbarining keyingi taqdiri borasida gapirishni istamadi.

Xorazm viloyat huquq-tartibot idoralaridagi manbaga ko‘ra, savdo majmuasi rahbari viloyat Milliy xavfsizlik xizmatining izolyatorida hibsda saqlanmoqda. Shuningdek, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Xorazm viloyat Milliy xavfsizlik xizmati, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat prokuraturasidan “Urganch savdo uyi”da o‘tkazilgan reyd borasida biror ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

Xorazm viloyat Soliq boshqarmasining Urganch shahar bo‘limi xodimi, o‘zini oshkor qilmagan holda Ozodlikka ayrim ma’lumotlarni ma’lum qildi.

– TsUMdagi oltin sotadigan tadbirkorlarning ayrimlarida tegishli hujjatlar bo‘lmagan. Ularning ishining bir qismi soliq bilan ham bog‘liq. Ko‘pchiligi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan. Ayrimlari savdo uyi rahbariyati bilan kelishgan holda tegishli hujjatlarni olmasdan, noqonuniy ravishda oltin savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar. Ular tabiiyki soliq to‘lamaganlar. Ularning boshqa ayblari ham ko‘p,- dedi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, 16 iyul kuni qora niqob taqqan maxsus otryad “Urganch savdo uyi”da reyd o‘tkazgan edi.

Voqea guvohlariga ko‘ra, niqobli otryad uchta “Otayo‘l” avtobusi va bitta Gazel mikroavtobusida kelgan, ularning barchasi avtomat bilan qurollangan bo‘lgan.

Urganch tez tibbiy yordam xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 16 iyul kuni “Urganch savdo uyi”ga ikkita tez yordam mashinasi yuborilgan va hushidan ketib qolgan ikki savdogar shifoxonaga yotqizilgan.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24270368.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: