Svetlana Ortiqova: “Oliy majlis a’zolari Bosh vazir hisobotlariga tanqidiy yondoshishga hamda uni so‘roqqa tutishga tayyor” – ozodlik.org


Svetlana Ortiqova Senatning nufuzli qo‘mitasiga raislik qiladi

18.07.2011

15 iyul kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis a’zolari qatorida bosh vazir Shavkat Mirziyov hisobotini tinglagan senator Svetlana Ortiqova Ozodlik radiosiga shunday bayonot berdi.

2010 yil 12 noyabr kuni prezident Islom Karimov e’lon qilgan kontseptsiya asosida 2011 yilda O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilib, unda Bosh vazirning parlament oldida hisobot berishi muhrlab qo‘yildi.

Svetlana Ortiqova Bosh vazir hisoboti tinglangan ilk majlisda deputatlar Mirziyoev bilan “buyurtma” asosida emas, balki o‘z tashabbuslariga ko‘ra munozaraga kirishganini aytdi.

Oliy Majlis senatining qonunchilik va sud huquq masalalari qo‘mitasining raisi, senator Svetlana Ortiqova Ozodlik bilan O‘zbekiston parlamentining so‘nggi yalpi majlisi borasida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Svetlana Ortiqova: Haqiqatan ham 2011 yil 15 iyul kuni O‘zbekiston uchun, O‘zbekiston davlatchiligi uchun, O‘zbekiston parlamentarizmi uchun, umuman, O‘zbekistonning jamiyat va davlati uchun juda katta muhim tarixiy voqea bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisida demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat dasturi ijrosining borishi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgan. Men hozir sizga kun tartibini so‘zma so‘z o‘qib berdim.

Mana shu masala yuzasidan O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri Mirziyoev hisobot bilan so‘zga chiqqan. Bosh vaziri hisoboti, umuman, O‘zbekistonning davlatchiligini rivojlantirish doirasida birinchi hisobot, deputat va senatorlar eshitdi. Shu hisobot o‘zini o‘zi tanqidiy nuqtai nazardan nima ishlar qilingan mana shu dasturlarni bajarish asnosida, hozir hukumat nima qilayapti va keyinchalik hukumat tomonidan nima ishlar qilish kerak, degan savollarga Mirziyoev hisobotida javob topilishiga harakat qilingan. Albatta, muzokaraga chiqqan senator va deputatlar o‘zining munsoabatini bildirgan. Qonunchilik masalasida, iqtisodni rivojlantirish masalasida, davlat dasturlarini bajarish masalasida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan munosabat va, albatta, senator va deputatlar o‘zining nazorat tahlil faoliyatidan kelib chiqib, chunki mana har bir deputat, har bir senator o‘zining faoliyatida u yoki bu qonunning ijrosini o‘rganadi.

Mana siyosiy partiyalar, deputatlar, fraktsiyalar o‘zining elektoratining manfaatini hisobga olib savol bergan bo‘lsa, senatorlar albatta mintaqa manfaatini hisobga olib va umuman davlat manfaatini hisobga olib, mintaqa va umumdavlat manfaati o‘rtasidagi balans ro‘yobga chiqarish borasida savollar bergan va shu savollarga batafsil, ochiq, shaffof javoblar olingan.

Ozodlik: Ilgari bunday hisobotlar monolog tarzida ketilardi. Hozir siz aytayapsizki, o‘rtada bahs shaklida …

Svetlana Ortiqova:  Albatta. Hech qanaqa monolog bo‘lgani yo‘q. Bu erda ikki tomonlama ochiq, shaffof, tanqidiy nuqtai nazardan muloqot olib borilgan.

Ozodlik: Deputatlar shunga jur’at qilishdimi? Men eshitishimcha, deputatlardan bittasi Shavkat Mirziyoevning hisobotidagi raqamlardan bir-ikkitasini shubha ostiga olgan. Shunga deputatlarning o‘zlari jur’at qilayaptimi yoki kimdir “zakaz” berayaptimi?

Svetlana Ortiqova: Mana shu savol hamisha har qanaqa davlat arbobini, har qanday fuqaroni xafa qiladi. Yana bir marta meni senator sifatida, O‘zbekistonning fuqarosi sifatida, ochiq fuqarolik jamiyatini qurayotgan ayol sifatida siz meni xafa qildingiz.

Ozodlik: Xafa qilgan bo‘lsam, men uzr. Davlatning ijrochi hokimiyati rahbari va oddiy deputat o‘rtasidagi munozarani biz ko‘rmaganmiz. Biz uchun yangilik. Shuning uchun shunday shubhalar paydo bo‘layapti. Internet sahifalarida yozilayapti bu. Shuni sizga savol qilib berayapman.

Svetlana Ortiqova: To‘g‘ri, to‘g‘ri. Shunaqa shubhalarga hech qanaqa asos yo‘q. Haqiqatan biz uchun ham bu yangilik voqea bo‘ldi, tarixiy voqea bo‘ldi. Lekin senatorlar va deputatlar Bosh vazirning hisobotini eshitishga, shu hisobotga tanqidiy nuqtai nazardan qarashlarni namoyon etishga va savollarni berishga tayyor. Jamiyat va davlat, parlament bunga tayyor. Agarda jamiyat va davlat, har bir fuqaro mana shunaqa yangiliklarni qabul qilishga tayyor bo‘lmaganda prezidentimiz kontseptsiyani e’lon qilmagan bo‘lardilar va parlament mana shu qonunni qabul qilmasdi. Lekin bu narsa borku. Kim buni inkor eta oladi? Jamiyat va davlat, senator va deputatlar, umuman parlament bunga tayyor.

Ozodlik: Bu deputatlar uchun yangilik bo‘ldi deyapsiz. Bu Bosh vazir uchun ham yangilik bo‘ldi. O‘zini qanday tutdi Bosh vazir?

Svetlana Ortiqova:  Misol uchun menga ma’qul bo‘lgan. Davlat dasturlarini bajarish nuqtai nazaridan, hukumatning qilingan ishi bilan birgalikda tanqidiy nuqtai nazardan o‘zining faoliyatiga ham tanqid qilingan. Har bitta savolga senator bo‘ladimi, deputat bo‘ladimi savolni berganda batafsil javob berishga hukumatimiz tayyor. Hukumatimiz tushunadi. Mana Bosh vazir o‘z hisobotida va savol-javob o‘tkazilgan jarayonda hukumat tayyor mana shunaqa savollarga javob berishga. Hukumat o‘z ishini takomillashtirishga, samaradorligini oshirishga tayyor. Hukumat hali ko‘p ishlar qilinishi kerakligini tushunadi va shunga hukumat tayyor.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24269416.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: