Shinjon-Uyg‘uristonidagi hujumda bir necha kishi nobud bo‘lgan – bbc uzbek


 

18 iyul 2011

So‘nggi ikki yil davomida Xitoy hukumati Shinjon-Uyg‘ur bo‘lgasidagi vaziyatni dunyo nigohidan panada tutmoqda.

Shinjon-Uyg‘uristonida uyushtirilgan hujum oqibatida bir necha inson nobud bo‘lgan.

Xitoy davlat matbuotiga ko‘ra, bir guruh qurolli shaxslar Xo‘tan shahridagi politsiya idorasiga hujum qilishgan va kamida 8 kishini garovga olganlar.

Shundan keyin boshlangan qutqaruv amaliyotida ikki politsiya xodimi va ikki nafar garovga olingan shaxs halok bo‘lishgan.

Davlat xabar agentliklari hujumchilarning barchasi o‘ldirilganini aytishmoqda. Ammo voqea va qurbonlar borasida boshqa xabarlar yo‘q.

Ikki yil oldin Urumchi shahrida yuzaga kelgan uyg‘urlar va xan xitoyliklar orasidagi qonli nizolarda ikki yuz nafarga yaqin inson nobud bo‘lgandi. Shundan beri Shinjon-Uyg‘uristonidagi vaziyat tarang qolayotgani aytiladi.

Xitoy bu bo‘lgada sodir bo‘lgan hujumlarni odatda uyg‘ur bo‘lginchilariga bog‘lab keladi.

Ihotalangan Shinjon

Xo‘tan shahri Urumchi, Qoshg‘ar va G‘ulja qatorida Shinjon-Uyg‘ur bo‘lgasidagi yirik shaharlardan biridir. Pokiston chegarasiga yaqin sahrodagi Xo‘tan shahrida aksar uyg‘urlar istiqomat qilishadi.

U erdagi voqea borasida aniq ma’lumotlar yo‘q. Uyg‘ur faollariga ko‘ra, uyg‘urlarning tinch namoyishiga qarshi politsiya hujum qilgan.

Shinjon uyg‘urlari so‘nggi yillari bo‘lgaga ko‘plab xan xitoyliklari ko‘chirib kelinayotganidan norozilar. Shuningdek, ularning aytishicha, yangi yaratilayotgan ish o‘rinlari ham uyg‘urlarga emas, balki xan xitoyiklarga nasib qilmoqda.

Xitoy uchun tabiiy qazilmalarga boy bu mintaqa muhim ahamiyatga ega.

Ammo xalqaro kuzatuvchilarga ko‘ra, ikki yil oldingi Urumchi nizosidan beri Xitoy uyg‘urlarni ta’qib qilishni kuchaytirgan va Shinjon-Uyg‘uristonidagi vaziyatni dunyo ko‘zidan panada tutishga intilmoqda.

Inson huquqlari tashkilotlarining bildirishicha, so‘nggi ikki yil ichida Xitoy hukumati mingdan ziyod uyg‘ur yoshlarini hibsga olgan, ularning bir necha yuz nafari esa qatl etilgan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2011/07/110718_cy_xinjiang_china.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: