O‘zbekiston tarvuzi Rossiyada xavotir uyg‘otmoqda – ozodlik.org


Jurnalist Ol’ga Fozilova

18.07.2011

Basira

Toshkent chiqadigan “Novıy vek” (“Yangi asr”) gazetasi jurnalisti Ol’ga Fozilova Germaniyadagi seminarda qatnashgani uchun ishdan bo‘shatildi.

Bu haqda Ozodlikka Ol’ga Fozilovaning o‘zi ma’lum qildi.

– Berlinga ketishimdan oldin o‘zim ham ishdan ketmoqchi edim. Chunki gazeta tahririyati juda oz pul – atigi 100 ming so‘m to‘lar edi. Shu uchun men mustaqil jurnalist bo‘lib ishlamoqchi edim. Ammo bosh muharrir Valeriy Niyozmatov ishda qolishimni, o‘z hisobimdan ta’til olishimni taklif etdi. Berlindan qaytib kelsam, avval sahifalovchi bo‘lib ishlayotgan erimni, keyin esa meni  ishdan bo‘shatishdi,- deydi jurnalist.

“Novıy vek” gazetasida Ol’ga Fozilova va uning eri Sergey Bauer bir yildan ortiq faoliyat yuritgan.

Jurnalist ayni paytda ishdan bo‘shatilishining rasmiy sababi deya horij safari ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, bu haqda bosh muharrir Valeriy Niyozmatov sha’ma qilganini aytadi.

– Gap shundaki, Germaniyaga ketishimdan oldin men qaerga ketayotganligimni aytish mumkin emasligini bilar edim. Shu boisdan mehnat ta’tilim payti ketgan edim. Ishxonamdagilarga yaqin xorijiy davlatga dam olishga ketayotganimni aytgandim. Safardan qaytganimdan so‘ng bosh muharrir Niyozmatov qaerga, kim bilan borganimdan xabardor ekanligi ma’lum bo‘ldi. U menga qaerga borganim haqida bilishini aytdi,- deydi jurnalist Ol’ga Fozilova.

Ayni paytda jurnalist o‘zi va turmush o‘rtog‘i Sergey Bauerning tahririyatga kirishi cheklanganini aytadi:

– Agar kompyuterchi bo‘lmasa, mening va erimning tahririyatga kirishi ta’qiqlangan. Biror-bir ma’lumotni olishimizdan qo‘rqishsa kerak,- deydi Ol’ga Fozilova.

Jurnalistning ishdan bo‘shatilishi bo‘yicha “Novıy vek” gazetasi rahbariyatidan ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekistonda horijiy davlatlarga safarga borib, seminar va treninglardan o‘tib kelgan jurnalistlarning ishdan bo‘shatilishi ilk bora kuzatilayotgani yo‘q. Jumladan, avvalroq Frantsiya elchixonasining o‘zbekistonlik jurnalistlarni Frantsiya tashqi siyosati bilan tanishtirishga qaratilgan dasturi doirasida bu davlatga safar qilgan “Uzbekistan Today” gazetasi xodimi Dmitriy Povarov, shuningdek, o‘zbek jurnalistlari Sobirjon Yoqubov va Begqul Egamqulovlar ham ishdan bo‘shatilgan edi.

Shu bois O‘zbekistondagi aksariyat jurnalistlar ishini yo‘qotishdan cho‘chib, chet el safarlarini va uchrashuvlarini ish beruvchisidan sir tutishga harakat qilishi kuzatiladi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24269046.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: