O‘zbekiston tarvuzi Rossiyada xavotir uyg‘otmoqda – ozodlik.com


O‘zbekiston tarvuz va qovunlari.

19.07.2011

Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishlaricha, ayni kunlarda Podmoskov’edagi magistral yo‘llari bo‘yini O‘zbekiston va Ispaniyadan noqonuniy tarzda olib kelinayotgan yangi tarvuz  hosili bosib ketgan.

Bu tarvuzlar, sanitariya-gigiena qoidalariga mutlaqo zid tarzda, changli yo‘l bo‘ylarida tilim-tilim qilinganicha sotuvga qo‘yilgan, deb xabar qildi “Vesti.ru” nashri.

Rossiyalik mutaxassislar, aholini erta pishgan tarvuz iste’molidan saqlanishga chaqirmoqdalar. Ularga ko‘ra, tarvuz tezroq pishishi uchun uni o‘zbekistonlik dehqonlar tsellofan plyonka ostida uzoq saqlaganlar  va bu qobiq tarvuzda zararli bakteriyalar ko‘payishiga zamin yaratadi.

Rossiyalik ekspertlar, ayniqsa, katta yo‘l bo‘yida sotilayotgan tarvuzlarni sotib olmaslikka chaqirmoqdalar. Ular o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, bunday tarvuzlarda xlorid, sulfat, nitrat va fosfat kabi xavfli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan.

Hozircha Rossiya rasmiylari, O‘zbekistondan tegishli sanitariya va bojxona hujjatlarisiz olib kelinib, katta magistal yo‘llar yoqasida sotilayotgan tarvuz tog‘larini yo‘qotish borasida ojiz ekanliklarini tan olmoqdalar.

Bu yil O‘zbekiston bozorlarida qovun-tarvuzlarning sotilishi taqiqlandi va ayrim manbalar bunga ular tarkibidagi zararli kimyoviy moddalar miqdorining nihoyatda balandligi ham sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda.

 

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110719/402/850.html?id=24269581

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: