Lola Karimova Parij mahkamasi qaroridan norozi – ozodlik.org


Lola Karimova-Tillaeva.

18.07.2011

Lola Karimova-Tillaeva o‘ziga qarashli nashrlardan birida 1 iyul kuni Parij Oliy sudi chiqargan qarorga o‘z e’tirozlarini bildirdi.

Parij mahkamasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaevaning Rue89 nashri ustidan bergan shikoyat arizasini qondirmagan edi.

Sud hukmiga ko‘ra, prezidentning qizi va O‘zbekistonning YuNESKOdagi vakilini “diktatorning qizi”, O‘zbekiston prezidentini “diktator” deb atagan frantsuz jurnalisti Ogusten Skalbert o‘z maqolalarida bildirgan fikrlar haqiqat, deb tan olindi.

Lola Karimova-Tillaevaga oid Internet nashrda Parij mahkamasi qarori “adolatsiz”, deya qoralanadi va sudning Lola Karimova-Tillaevaga Rue89 Internet gazetasidan pul undirib bermaganidan taassuf bildiriladi.

So‘z erkinligi va matbuotning jamiyatdagi muhim roli e’tirof qilingan bildirishnomada ommaviy axborot vositalari raqobat ketidan quvib, noxolis gaplarni tarqatishi urg‘ulangan.

Unda aytilishicha, Rue89 nashri jurnalistik etikaga xilof tarzda ishlagan.

Lola Karimova-Tillaeva rasmiy saytidagi matnda Parij Oliy sudidagi mahkama jarayoniga nisbatan e’tirozlar ham o‘rin olgan.

E’tirozlarda Rue89 tomoni keltirgan hujjatlarning asl nusxa ekani shubha ostiga olinadi.

“Afsuski, o‘z maqolasiga e’tibor qaratishni xohlagan Rue89 amalda noaniq va nomavzun yo‘l tanlagan. Yana ham afsuslanarli tarafi shuki, sensatsiya ketidan quvgan Rue89 ommaviy axborot vositalarining asosiy tamoyili bo‘lgan muvozanatni unutdi”, deyiladi Lola Karimova-Tillaevaga oid nashrdagi bildirishnomada.

Gap o‘z maqolalarida prezident Karimovni “diktator”, Lola Karimovani “diktatorning qizi” deb atagan frantsuz jurnalisti Ogusten Skalbert  haqida ketmoqda.

Avvalroq Skalbert Ozodlikka Parij Oliy sudida Lola Karimova-Tillaeva “ustidan g‘alaba qilganini” ma’lum qilgan edi.

Lola Karimova-Tillaevaning arizasi 19 may kuni Parij Oliy sudida ko‘rila boshlagan, 1 iyulda esa mazkur ish bo‘yicha hukm o‘qilgan edi.

Karimova xonim Frantsiyadagi mustaqil jurnalistlarning eng yirik va eng mashhur Internet nashri hisoblanmish Rue89 internet gazetasini tuhmatona ma’lumot tarqatish orqali o‘z obro‘siga putur etkizganlikda ayblab, o‘ziga etkizilgan ma’naviy ziyonni qoplash uchun nashrdan 30 ming evro miqdorida tovon puli talab qilgan edi.

Sud’ya Boyar hukmida jurnalist Skalbert maqolalarida “tuhmat alomatlari bo‘lmagan” deyiladi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24269272.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: