Dinni siyosatga aralashtirmang – yangidunyo


July 18, 2011

1990 yilning boshida Tohir Yo‘ldosh guruhi xalq orasida juda katta e’tibor kozona boshladi. Xalq narzida siyosiy muxolifat ikkinchi planga o‘tdi. Hammaning og‘zida «Adolat» guruhi qilgan ishlari T.Yo‘ldoshni hattoki militsiya xodimlari qo‘riqlay boshladi. Xalq orasida militsiyaning ham obro‘yi tushib ketdi. O‘sha kunlarda «Birlik»chi birodarlarim bu harakatni viloyat bo‘limi raisi sifatida menga murojaat qilib «Birlik»ni T.Yo‘ldosh guruhiga qo‘shib yuborish taklifi bilan chiqishdi. Men bunga qattiq qarshilik qildim. Birinchidan harakatni maqomini qurultoy aniqlaydi. «Birlik» miting namoyishlar o‘tkazganda turli guruhlar vakillari qatnashib o‘z muammolarini aytadilar . ularga imkon berish xalq harakatini vazifasi edi. Lekin siyosiy tashkilotni diniy oqimlarga aralashuvi oxiri yaxshilik bilan tugamasligini do‘stlarimga aytib tushuntirdim. Oxiri nima bo‘ldi.

Namanganda bosh ko‘targan guruhlarni 1991 yil saylov paytida bir guruh I.Karimovni himoya qilgan bo‘lsa bir guruhi M.Solihni himoya qilishlik bilan ikkiga bo‘lindi. Sal o‘tib ular hibsga olindi. Yurtdan qochib ketganlarni esa Tojik muxolifatiga qo‘shilib Tojikiston xukumatiga qarshi urushda qatnashdi. 1997 yil tojik xukumati bilan muxolifat vakillari Moskvada yarashuv bitimini imzolagach T.Yo‘ldosh boshchiligidagi diniy tashkilot a’zolari Afg‘onistonga o‘tib Toliblar safiga qo‘shildi. O‘shanda bizga dindorlarning o‘zi harakatni «Birlik» islom harakati deb nom bersalaring sizlarga qo‘shilamiz degan edi. Xo‘sh biz xar ikki tomonning gapiga kirib diniy guruhlarga qo‘shilganimizda nima bo‘lardi. Xukumat yiqilarmi, adolatli xukumat xokimiyat tepasiga kelarmidi. Kechirasiz u paytda sobiq ittifoq tirik edi. Hatto mustaqillik e’lon qilingach ham Armiyamiz va valyutamiz ham bir edi. Rossiya , Qirg‘izistondagi kabi voqealarni keltirib chiqarib xalqni qirg‘in qilardi. Xo‘sh men nima uchun bu voqealarni eslayapman.

Dastlab xorijda O‘zbekiston xalq harakati tashkil topganini va unga Muxammad Solih bosh qosh bo‘layotgani eshitib xursand bo‘ldim. Oradan oz fursat o‘tib bilindiki bu tashkilotga diniy uyushmalar ham qo‘shilibdi. Men M,Solihni shoir , siyosatchi sifatida qattiq hurmat qilaman. Buni Saloy akam o‘zlari ham yaxshi biladilar. Lekin voqealarni kuzatib bu ishlarni oxiri yaxshilik bilan tugamasligini anglab etdim. Harakat faollari meni to‘g‘ri tushunishsin. Meni hamma muxolifatchilar yaxshi bilishadi, hech qachon muxolifatchilar orasidagi tarafkashlikka qo‘shilmaganman. Doimo muxolifatchilarni birlashishini tarafdori bo‘lganman. Abdurahim Po‘latovni hadeb M.Solihni sha’nini bulg‘ovchi fikrlariga qarshi chiqib buni uni o‘ziga ham Vashingtonda va Istanbul shaharlarida ochiq aytganman. Lekin bu fikrlarimni bo‘linish kuchaymasligi uchun matbuotda aytmaganman. O‘zbekiston xukumati demokratik yo‘l orqali xokimiyatni almashtirishini hoxlamasligi, bas shunday ekan bu xukumatni qurol kuchi bilan ag‘darish kerak degan fikrlarni ham eshitganman. Agar O‘zbekiston xalq harakati yaqin Sharqdagi yo‘lni tutmoqchi bo‘lsa bir narsani tushunishi kerak. U erdagi qo‘zg‘olonlarga diniy uyushmalar aralashgani yo‘q. Shuning uchun u erdagi xalqni BMT ham Amerika ham qo‘llab – quvvatlyapdi.

Ko‘rib turganingizdek men bu maqolamda asosan M.Solihnigina nomini aytib o‘tdim. Lekin men bilamanki O‘zbekiston xalq harakati liderlari orasida demokratiyani kufr deb aytganlar bor. Yaqin sharqdagi voqealar diniy tashkilotlarning ishtirokisiz sof siyosiy yo‘llar bilan amalga oshirildi. Ikkinchi variantini ko‘rib chiqaylik qurolli qo‘zg‘olon yo‘li . Buni iloji umuman yo‘q ekanligini isbotlab beraman. qurolli guruh asosan Eron, Rossiya yoki Afg‘oniston orqali kirib qolishi mumkin. Eron bilan Rossiya bu sovet davridan boshlab ittifoqchilardir. Rossiya MDX a’zosi bo‘lgan mamlakatlarga safida diniy oqimlar bo‘lgan qo‘zg‘olonchilarni hatto yaqinlashtirmaydi ham . agar bu holat ro‘y beradigan bo‘lsa bugun siz bilan biz bir –biriga qarshi deb o‘ylab yurgan Markaziy Osiyo davlatlari raxbarlari bir zumda birlashadilar. Chunki bu mamlakatlarni biriga qo‘zg‘olonchilar bostirib kirsa qolganlari ham OMON qolmasligini juda yaxshi tushunadilar. Endi Afg‘onistonga kelsak. ma’lumki hozir Afg‘onistonni ko‘pchilik qismini AQSh va boshqa mamlakatlarning harbiy kuchlari nazorat qilyapdilar. Toliblar nazorat qilayotan xududlarga kelsak , Toliblar ham Markaziy Osiyo davlatlarida Rossiya omili kuchli ekanligini juda yaxshi biladilar. Qolaversa ularni AQSh raxbarligidagi harbiy kuchlarga qarshilik qilib turishi Rossiya uchun ayni muddao ekanligini toliblar yaxshi biladilar. Ular o‘zlariga ortiqcha muammo ortirib olishni xoxlamaydilar.

Bu erda uchunchi variant qolyapdi. O‘zbekiston ichida xalq bilan ishlash, ba’zilar aytishi mumkin xalq bilan ishlashga xukumat yo‘l qo‘ymaydi deb. Qaysi xukumat osongina yo‘l qo‘yibdi deysiz. Axir bizlarni asosan xalq qo‘llashi kerakku. Avvalo xalqni qo‘rquvdan ozod qilish kerak bu erda xalqaro OAVlaridan foydalanish kerak. Ya’ni xolis axborot vositalari orqali o‘z fikrlarini xalqqa etkazish yo‘llari bor. Falonchi SNBning odami, falonchi xukumatga xizmat qiladi kabi fisqu fasod gaplarni tarqatish o‘rniga O‘zbekistonda qanday qilib demokratik jamiyatni o‘rnatish yo‘lllarini izlash kerak. Biz O‘zbekistonda matbuot erkin emas deymiz, bu to‘g‘ri. Lekin xalqqa fikr etkazishni o‘nlab variantlari mavjud.

Shulardan foydalanish kerak. Qurol bilan xukumatni olgan guruh , xukumatni qurol bilan boshqaradi. Men Alhamdulilloh musulmonman. O‘z dinimni ko‘z qorachig‘iday asrashga harakat qilaman. Lekin dinni niqob qilib olib, chuqur o‘ylamay begunoh kishilarni aziyat chekishlarini istamayman. O‘ylab ish qilishimiz kerak. Ehtimol men ayrim jihatlarda adashayotgandirman, lekin O‘zbekiston xalq harakati hozirgi yo‘nalishda ish olib borsa ishoning oqibatlari , yaxshilik bilan tugamaydi.

 

Nosir Zokir

«Birdamlik» harakati Farg‘ona vodiysi koordinatori

 

http://yangidunyo.com/?p=21029

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: