Bizdan aytish… – ponauz.com


Iyul’ 19th, 2011

Berlinda may oyida o‘tgan O‘zbekiston Xalq Harakati Qurultoyiga kelganlar orasida Harakatga a’zo bo‘lib, uni ichdan nuratish vazifasini olganlar bor edi. Buni aql ko‘zi tiyran ba’zi kishilar ko‘rgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik sezmadi va shovqin-suron bilan kim harakatga kiraman desa sevinishib qabul qilaverishdi. Xatto kimligi hech o‘rganilmagan shaxslar birovlarning bitta taklifi bilan muhokamasiz Harakatning raxbar organlariga kiritib yuborildi. Ana endi tomosha boshlanayapti. Bu tomoshaning birinchi pardasi ochildi, desak ham bo‘ladi…

Bunga kelmasdan oldin harakatga kirgan dushman unsurlarning strategiyasi nima ekanligini izoxlaylik. Esingizda bo‘lsa, O‘zbekiston hukumatiga oid saytlarda keyingi kunlarda avj olgan xurujlardan bittasida “O‘XH yaqinda parchalanadi, ko‘rasizlar” degan bashoratomuz gaplar bir-necha marta turli sabablar bilan aytildi.

Yuqorida tilga olingan unsurlar mana shu “parchalanishni” ta’minlaydigan vositalar sifatida ishlatilishi kerak edi.

Bu unsurlardan bittasi ilk qadamni tashladi, desak mubolag‘a bulmaydi. Harakatga “yaqin” ko‘ringan saytlardan bittasida mafiya jargonida yozilgan bitta “chaqiriq” bosildi. Bu “chaqiriq”ni yozgan odam Berlinda Kurultoyda qatnashgan ekan. U o‘z chaqirig‘ida “muxolifat liderlarini” qaytadan birlashishga chorlaydi va agar birlashmasangizlar, men harakatdan chiqib ketaman, deb taxdid kiladi. Mana, sizga bo‘linish! Bu odamdan keyin yana bir-ikki shaxs (ular harakatda bor) “biz ham chiqdik, bu harakat demokratik emas ekan, dindorlar bosib ketgan ekan” deb baqirsa, olam-guliston, Karimov rejimining rejalagan “parchalanish” strategiyasi amalga oshadi-qo‘yadi.

Albatta, harakat bu unsurlardan tozalanadi, lekin O‘zbekistondagi aholiga “O‘XH parchalandi” degan xabar beriladi, bu muhim ular uchun.

Shu bois, O‘XH o‘z saflaridagi bu kurmaklarni oldindan ko‘rishi kerak. Birlashamiz deb ayrilishni kuchaytiradigan kimsalardan harakatni tozalamasa, harakat haqiqatan ham parchalanishi mumkin.

 

Fazliddin Nurmuhammad,

O‘XH Matbuot kotibi

 

http://ponauz.com/archives/1373

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: