Bahodir Choriev Muhammad Solih bilan bahslashmoqchi – ozodlik.org


“Birdamlik” “O‘zbekiston Xalq harakati”ni bahsga chorlaydi

“Birdamlik” harakati rahbari, AQShda istiqomat qilayotgan Bahodir Choriev “Erkin mikrofon” vositasida O‘zbekiston Xalq harakati muassislar majlisi raisi Muhammad Solihni bahsga chaqirish niyatida ekanini ma’lum qildi:

– Men Bahodir Choriev. “Birdamlik Xalq harakati” rahbari. “Erkin mikrofon”ga telefon qilishimdan maqsad Ozodlik radiosining ko‘p eshittirishlari qolib ketayapti. Umuman olganda mana shu qaniydi, “Birdamlik Xalq harakati”ga nisbatan tsenzurani Ozodlik radiosi to‘xtatsa. Umuman olganda bizlarni mana shu mikrofonga taklif qilib turishsa.

Undan tashqari yaqinda tashkil qilingan xalq harakati, bizning harakat juda ko‘p odamlarga tushunmovchilik olib kelayapti shekilli. Shu munosabat bilan men ularning rahbari Muhammad Solihni “Qurultoy” dasturigami ëki “Bahs maydoni”gami ëki boshqa bir formatda bo‘lsa ham mana shu taklif qilmoqchimanki, xalqimiz ikkita harakatning farqiga borishi kerak. Biz misol uchun nozo‘ravon kurash yo‘lidan borayapmiz, ular boshqa yo‘ldan borayapmiz deyapti nozo‘ravonni rad etib. Shuning uchun xalqimizga biz o‘sha “Bahs maydoni”da, umuman olganda, o‘zaro debatda biz tushuntirib berishimiz kerakki, xalqimizning o‘zi mana shu o‘zi qaror qilsin kimning tomonida, kimga ergashishi kerakligini va umuman olganda kelajakda kimning yo‘li ma’qul ekanligini xalqimizga biz ochiqlab berishimiz kerak o‘zimizning pozitsiyamizni. Shu sababli Ozodlik ërdami, Ozodlik jurnalistlari ërdamida men yangi xalq harakatining rahbari Muhammad Solihni erkin bahsga chaqirmoqchiman, deydi Birdamlik xalq harakati rahbari Bahodir Choriev.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24270267.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: