Xotiralarimdan. Munavvar Qori (5) – e-tarix.uz


«BIRLIK» TASHKILOTINING A’ZOLARI HAQIDA

«Birlik» tashkiloti eski shahardagi bosmaxona binosida katta umumiy yig‘ilishda tashkil etilgan edi. Yig‘ilishda 300 dan ortiq mahalliy kommunistlar, sho‘ro xodimlari va taraqqiyparvarlar (jadidlar) qatnashdi. Qariyb ularning hammasi tashkilotga a’zo bo‘lib yoziladi. Menimcha, «Ittihodi taraqqiy» a’zolarining hammasi bo‘lmasa-da, ko‘pchiligi «Birlik»ka a’zo bo‘ladi. Shuningdek, o‘sha davrdagi kommunist va sho‘ro xodimlarining ko‘pchiligi «Birlik»ning a’zosi bo‘lgan edi. Hozir ularning nomlari esimda yo‘q.

«MILLIY ITTIHOD»NING A’ZOLARI HAQIDA

«Milliy ittihod» boshliqlari «Ittihodi taraqqiy»ning hamma a’zolarini va 8-qurultoydagi milliy guruh delegatlari (unda «Milliy guruh» nomini olganlar)ning hammasini tashkilotning a’zosi deb hisoblaydi. Hozir men bulardan tashqari tashkilotga yangitdan kimlarni qabul qilganligini ayta olmayman. Ehtimol Sadritdinxon Obidxo‘ja, Mansurxo‘ja, Qayumxo‘ja, Yusufbek, Asadulla va boshqalarni tashkilotga olib kirgan bo‘lishi mumkin, Tashkilot ish olib borishda a’zo bo‘lganlardan ham foydalangan.

1930 yil 15 may

SHARQ BO‘LIMI O‘RT. AGIDULINGA (NUSXASI O‘RT. KOROTSKIY VA MOSKVADAN KELGAN O‘RTOQQA)

Mahbus Munavvar Qori Rashidxonovdan ARIZA

Hozirgi paytda men hamma huquqlardan mahrumman va bir kishilik (kamera) daman. Menga eng katta jinoyatchilar ham foydalana oladigan hojatxona ham man etilgan. Bunga sabab men bergan ko‘rsatmalarga ishonmaslik bo‘lsa kerak. Men kasal bo‘lib va quvvatsizlanib qolgan bo‘lsam-da, olti oydan beri boshqalarga o‘xshab o‘z aybini yashirib sizni va o‘zimni qiynamay, hammasini batafsil bayon etmoqdaman. Buning uchun sizdan rahmat olish o‘rniga, bir kishilikda azoblanmoqdaman.

Bu ariza bilan sizga Toshkent va Namangandagi tashkilotlar haqidagi so‘ngi ma’lumotlarni ma’lum qilmoqchiman. Balkim, siz bu yozuvlarga ham ishonmay, ularni noto‘g‘ri deb, mening mahbuslik huquqlarimni yanada cheklab qo‘yarsiz. Ilojim qancha, tutqinlikdaman, hech nima qila olmayman, Sizning oldingizda hatto pashshaning kuchiga ham ega emasman. Agar birgina barmog‘ingiz bilan bossangiz o‘limim aniq. Shu holatimni bila turib, men sizga yolg‘on ko‘rsatma berishim mumkinmi? Yoki, o‘limdan qo‘rqqanim uchinmi? Yo‘q, men bunday hayotdan o‘limni afzal ko‘raman, har bir daqiqa o‘limga tayyorman. Ammo hozir mendan o‘lim ham qochmoqda. O‘zimni oqlash uchun noto‘g‘ri ko‘rsatma berib, siyosiy boshqarmani aldamoqchimanmi? Yo‘q, albatta. Men Siyosiy boshqarmani aldab bo‘lmasligini, har bir yolg‘on meni yanada botqoqqa botirishini yaxshi bilaman. Bu erda o‘tirgan namanganlik o‘rtoqlar «Bizning hamma sirni birinchi bo‘lib u ochib qo‘ydi» deb menga qarshi tishlarini charxlab turibdi…» Balkim, mening ko‘rsatmalarimni do‘stlarim noto‘g‘ri deb isbotlashga urinayotgandir. Ular ba’zi bir, agar imkoniyati bo‘lsa, o‘zlarini saqlab qolish uchun aybning hammasini menga yuklashdan ham toymaydi.

Shuning uchun mening oldimda faqat birgina yo‘l bor, u ham bo‘lsa, boshimni Siyosiy boshqarmaning ostonasiga qo‘yib, qilgan ishlarimning va bilganlarimning hammasini aytib berish va undan mening eski obro‘larimni hisobga olmagan holda Toshkent va Namangan ishlarini har tomonlama tekshirib ko‘rishni iltimos qilish. Ishonchim komilki, men uchun bundan boshqa yo‘l yo‘q. Men Siyosiy boshqarma ko‘rsatmasiga ko‘ra, agar bu umumiy siyosat bo‘lsa, qurbon bo‘lishga tayyorman. Menimcha, Siyosiy boshqarmaning maqsadi men kabi bir necha mahalliy ziyolilarni yo‘q qilishdangina iborat emas, balki Toshkent va Namangan tashkilotlarining haqiqiy xulq-atvorini aniqlash bo‘lsa kerak.

Men o‘zimning so‘ngi «yozuvlarim»ning har bir jumlasi to‘g‘ri va samimiyligiga javob beraman…

Bu yozishma bilan men o‘zimning tashkilotchilik faoliyatimni yashirib, Namangan va Toshkentdagi tashkilotlar ishida ishtirok etganligimni sizga ma’lum qilmoqchi emasman.

Haqiqatan ham men tashkilotchilik bilan mashg‘ul bo‘lganman. Men doim barcha mahalliy ziyolilarni bir tashkilot bayrog‘i ostida birlashtirish, hamma organ va tashkilotlarda ish yuritishni mahalliy tilda olib borish va shu yo‘l bilan ularda ishlovchi ovrupaliklarni ham mahalliy tilda gapirish va yozishga majbur qilish, shuningdek, buyuk rus millatchilariga qarshi kurashish dardi xayoli bilan yashadim…

Hozir men sizning qo‘lingizda tutqinlikdaman, agar o‘ldirmoqchi bo‘lsangiz, mana sizga mening boshim…

Mening shaxsiy hayotimga kelsak, men eng kambag‘al oiladan chiqib, butun hayotimni xalq maorifiga, uning baxt-saodatiga bag‘ishlab jamoat arbobi bo‘ldim. Hech qachon meni pul, boylik va mansab qiziqtirmagan. Ongli ravishda hech qachon jinoyat va ayb ish qilgan emasman. Hamisha kambag‘allik va oddiy hayot bilan qanoatlanganman. Hatto o‘zimning birgina shaxsiy uyimni ham yarmini xalq foydasiga madaniy maqsad uchun hadya qilganman. Hozir unda 1 may nomli maktab joylashgan. 20-yillarning o‘rtalarigacha Turkistonning dastlabki inqilobchilaridan biri bo‘lib hisoblanar edim. Yigirmanchi yilda Risqulovchilar guruhiga kirdim va shu bilan aksilinqilob «botqog‘i»ga botdim. O‘sha vaqtlarda men bilan birga ishlaganlarning ba’zi birovlari o‘z aybini chinakam afsuslanish, boshqalari esa, xoinlik bilan pul va amalga sotilish evaziga o‘zlarini oqlab oldi. Men o‘sha paytlarda firqa olib borgan siyosatning ma’lum qismiga qo‘shila olmas edim, shuning uchun vijdonim menga ikki yuzlamachilik qilishga yo‘l qo‘ymadi,

1930 yil 14 iyun’

Bizlar ayniqsa, milliy chegaralanish o‘tkazilgandan qeyin pirovard maqsadimiz — burjua-demokratik O‘zbekistonni barpo etishni amalga oshirish umidida o‘z faoliyatimizda asosan quyidagi uch holatni hisobga olgan edik:

1.    Ommada milliy ruhni rivojlantirish va mustahkamlash.

2.    Sho‘ro hukumati tomonidan ko‘tarilgan sho‘ro apparatini mahalliylashtirish haqidagi shiordan foydalanib, asta-sekinlik bilan sho‘ro apparatini, unga milliy kayfiyatdagi kishilarni joylashtirish yo‘li bilan qo‘lga olish.

3.    Muhojirlar bilan aloqani tashkil etish, muhojirlar va ularning oilalariga (shuningdek, aksil- sho‘raviy faoliyatda jabrlanganlarga ham) yordam berish.

Bizlar o‘z faoliyatimizni bu ko‘rsatilgan vazifalarga qaratishda, sho‘ro hokimiyatining Ovrupo burjuaziyasi bilan to‘qnashuvda muqarrar ravishda halokatga uchrashini nazarda tutdik. Bizlar uning (sho‘ro hokimiyatining) yo‘q qilinishiga ishondik va bunga tayyorgarlik ko‘rishga, sho‘ro hokimiyati halokati yuz berganda hokimiyatni qo‘lga olishga tayyor turishga qaror qildik. Bizlar o‘z hisobimizda shu holatni ham nazarda tutdikki, sho‘ro hokimiyati va komfirqa jahon burjuaziyasi siquviga bardosh berolmay, asta-sekinlik bilan o‘z nuqtai nazaridan, men’sheviklar tomon qaytishga majbur bo‘ladi va oxir-oqibatda halokatga uchraydi, deb ishondik. Shu erda, menimcha, Ubaydulla Xo‘jaev bayonotini misol tariqasida keltirish ortiqchalik qilmaydi. U sho‘ro hokimiyati o‘zining birinchi o‘n yilligiga bormasdanoq, albatta Ovrupo bujuaziyasi bilan to‘qnashuvda halok bo‘ladi, agar birinchi o‘n yillikda u harbiy to‘qnashuvga duchor bo‘lmasa, ahvol ancha qiyinlashadi, deb aytgan edi.

Yuqorida ko‘rsatilgan uch asosiy holat o‘sha Shohabundin eshonning uyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda biz tuzmoqchi bo‘lgan aksilinqilobiy tashkilot va unda tuzilgan Markaziy Qo‘mita ishining mazmunini tashkil etishi kerak edi. Tashkilotning nomi masalasi o‘shanda ochiq qoldiriladi.

Chegaralanish millatchilik mayllarining kuchayishiga turtki bo‘ldi. Bizlar millatchilikning o‘sishini hamma jabhalarda — ommada ham, matbuonda ham adabiyotda ham, ijtimoiy haetning hamma sohasida kuzatib turdik. Bu holatdan bizlar milliylikni [53] rivojlantirish va mustahkamlash uchun foydalanishga azmu qaror qilgan edik.

Komfirqa va sho‘ro hokimiyatining ich-ichidan aynab ketishi va harbiy maglubiyat tufayli o‘limga mahkumligini hisobga olgan holda, biz o‘zimiz belgilagan vazifalarni ro‘ebga chiqarish uchun amaliy ishga kirishdik.

Milliy g‘oya, milliy ruhni mustahkamlash va rivojlantirish sohasidagi targ‘ibot ishlarini olib borish kommunistik kadrlarning (saviyasi) past bo‘lganligi sababli oson ko‘chdi. Toshkentdagi gazeta va jurnallarning redaktsiyalarida hamda adabiyotda G‘ozi Yunus, Julqunboy, Sanjar, Elbek kabi milliy ziyolilar katta rol o‘ynashi bilan birga, salmoqsh ta’sirga ega edilar. O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham ahvol shunday edi. Gapning qisqasi, matbuotda milliy ta’sir kommunistik ta’sirdan quchli edi Masalan, chegaralanishdan keyingi dastlabki davrdagi milliy matbuot ahvoli to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish uchun mahalliylashtirish masalasi sohasidagi gazeta maqolalari bilan tanishishning o‘zi kifoya. G‘ozi Yunus ochiqdan-ochiq yozsa, boshqalar o‘z milliy g‘oyalarini inqilobiy so‘zlar ostiga olgan holda, ehtiyotlik bilan yozadi.

Cho‘lpondan tashqari, milliy ruhdagi yozuvchilardan Elbek, Fitrat va boshqalarni ko‘rsatish mumkin (masalan, Fitratning «Turk o‘g‘li» maktablarda «Baynal- milal» o‘rnida ashula qilib aytilardi).

Milliylik ruhi iloji boricha badiiy adabiyot va darsliklarga, shu jumladan, o‘zbek tili va adabiyot darsligiga singdirilishga harakat qilindi. Misol tariqasida men, Shorasul Zunnun va Qayum Ramazoniy tomonidan tuzilgan o‘zbek tili darsligini ko‘rsatishim mumkin. Uning to‘rtinchi qismi musodara qilingan, oldingi uch qismi esa o‘zgartirishlar bilan qayta chop etilgan. Shorasul Zunnunning grammatikasi («Til qoidalari»)da Cho‘lponning hali e’lon qilinmagan, davrdan noluvchi she’ridan parcha ham bor edi…

«MAHALLIYLASHTIRISH» SOHASIDAGI ISH XUSUSIDA

…(Sho‘ro hukumati) apparatida ishlaydigan kishilarni tayyorlash va ular orqali apparatni qo‘lga olishga qaror qilingan edi. Buning uchun bizlar sho‘ro hukumatining mahalliylashtirish to‘g‘risidagi shioridan keng foydalanishga kelishib oldik. «Milliy istiqlol» uchligini tuzib, uning faoliyatini mahalliylashtirish masalasiga yo‘naltirishga jiddiy e’tibor berildi. Bu maqsad uchun «Uchlik»ning biri mahalliylashtirish komissiyasiga yaqin turishi, boshqasi redaktsiyada ishlashi yoki unga yaqin bo‘lishi, uchinchisi esa muassasalar bilan aloqada bo‘lishi va bizning kishilar uchun xizmat qilishi kerak edi…

Bir vaqtlar mahalliylashtirish sohasidagi komissiyani bizning odamimiz Ali Rasulov boshqargan.

1930 yil 18 iyul’

Tolibjon Musoboev ham Najmitdin Sherahmadboev kabi «Ittihodi taraqqiy»ning faollaridan bo‘lgan. U Saidnosir Mirjalilov va Ali Rasulovlar bilan birgalikda 1922, 1923 yillarda «M. I.» («Milliy it- tihod») ishlarida faollik ko‘rsatadi.

Men Muhitdinov orqali Buxorodan olingan 100 yoki 200 tillo tangani Saidnosir (Mirjalilov) va Tolibjon (Musoboev)ga bergan edim.

«Ittihodi taraqqiy»ning faol a’zolari quyidagi kishilar bo‘lgan: Sa’dulla Xo‘ja, men, Saidakram (Saidazimboev), Ramzetdin, Otaxon (Nazirxo‘jaev), Tolibjon Musoboev va boshqalar. Eng muhim yig‘ilish- larda bu faollarning hammasi qatnashar edi.

1930 yil 23 iyul’

Biz millatchilar ikki guruhga bo‘linar edik. Bi- rinchi guruh bu O‘zbekistondagi milliy harakat yo‘lbosh- chilaridan iborat bo‘lib, «Ittihod va taraqqiy» va «Milliy ittihod» kabi aksilinqilobiy tashkilotlarni boshqaradi. Bu guruhga men Munavvar Qori, Ubaydulla Xo‘jaev, Sa’dulla Tursunxo‘jaev, Fayzulla Xo‘jaev (u tashkilotning Toshkent bo‘limida ishtirok etgan), Saidakram Saidazimboev, Otaxon Nazirxo‘jaev, Saidnosir Mirjalilov, Ali Rasulov, Tolibjon Musoboev, Miyon Buzrukni kiritish mumkin.

Bular keksalarning Toshkent guruhi bo‘lib, bosmachilik davrida, 1921 yilda bosmachilar bilan aloqada bo‘ladi (bosmachilarga Tangirqul Xo‘ja, Usmonxo‘ja Toshxo‘jaev va Obidxo‘ja Saidovlar yuborilgan).

1924 yilda bu guruh boshliqlari (Men, Saidnosir Mirjalilov, Ubaydulla Xo‘jaev) o‘zlarining aksil inqilobiy faoliyati uchun sho‘ro hukumatidan jabrlanganlar, shuningdek, xorijga qochib ketganlar va ularning oila a’zolariga yordam berish masalasida ikki yoki uch marta yig‘ilib, maslahat qildi.

Birinchi navbatda faqat jabrlangan (surgun qilingan) va qochoqlarning oilalariga yordam berishga qaror qilindi. Shu erning o‘zida yig‘ilganlardan pul yig‘ib olinib, Saidnosir Mirjalilovga «Turkiston» o‘rtoqlik shirkatida saqlash uchun berildi. Bu yig‘ilishlarda ikkinchi guruhdan ham kishilar qatnashgan edi. Oxirgisida ikkinchi guruhga uchlik saylanadi. Ular yig‘ilgan pullarni ishlatish va sho‘ro apparatini milliylashtirish sohasida ish olib borishi kerak edi. Uchlikka Zohir (Zahiriddin) Aglyam, Shaxobitdin va Ergash kirdi.

Shundan so‘ng millatchilarning birinchi guruhi (1924—1925 yillarda) hech qanday tashkiliy faoliyat ko‘rsataolmadi…

Millatchilarning ikkinchi guruhi: Salimxon Til- laxonov, Laziz Azizzoda, Obidxo‘ja Saidov, Tangriqulxo‘ja, Shaxobitdin, Ergash, Mansurxo‘ja Saidov, bir so‘z bilan aytganda, aksilinqilobiy «Milliy ittihod» faoliyatida faol ishtirok etadi.

Bu guruhdan Salimxon Tillaxonov, Laziz Azizzoda, Asadulla 1925 yilda ham uyushgan faoliyat bilan band bo‘ldilar. Men ularga GPU oldida fosh bo‘lib qolishlarini nazarda tutib, S. Tillaxonov orqali o‘zlarini uyushgan faoliyatdan chetda tutishlarini va tashkilotga rahbarlikni GPUga ma’lum bo‘lmagan yangitdan tuzilgan uchlikka, ya’ni uchinchi guruhga topshirishni maslahat berdim. Bu uchinchi guruhga G‘ulom Ikromov, Mirxalil Karimov, Ilhom Islomov, Abdulqosim Ziyaboev, umuman «Milliy istiqlol» tashkilotining Toshkent bo‘limi a’zolarini kiritish mumkin.

 

tamom

 

http://e-tarix.uz/milliyat-insholari/maqolalar/491-maqola.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: