Xotiralarimdan. Munavvar Qori (4) – e-tarix.uz


ER MASALASI HAQIDA

Mahalliy aholi orasida yashirin tashkilotlardan faqat «Turk Adami markaziyati firqasi»gina er masalasi bilan shug‘ullanadi. U bu masalani o‘z dasturiga kiritgan edi. Boshqa tashkilotlarning birortasi ham bu to‘g‘risidagi masalani qog‘ozga tushirgan, o‘z fikrlariga ega emas.

Ko‘rsatilgan tashkilot dasturida er masalasini aks ettirish vaqtida ziyolilar (taraqqiyparvarlar) Nizamutdin Xo‘jaev, Avloniy, men va Afandi Zoda bilan bir qatorda Mirodil, Obidjon Maxsudov va ularga o‘xshash savdogarlar ham ishtirok etgan edi. Ziyolilar katta er egalarining er uchastkalarini ersiz kishilarga bo‘lib berishni, savdogarlar esa umuman bu ma-sala bilan mashg‘ul bo‘lmaslikni va uni dasturga kiritmaslikni taklif qiladi. Ziyolilar ko‘pchilikni tashkil qilganligi sabab er masalasi quyidagi talqinda dasturga kiritiladi: «Etarli kuch hamda sotib olish imkoniyatlari bo‘lmaganligi hisobga olinib, katta boylarning erlari ersiz kishilar o‘rtasida bo‘linganda uning ba’zi bir qismining qimmati to‘lansin».

Shu bilan birga dasturda uni yuqorida aytilgan shaklda amalga oshirishning yo‘llari ham aks ettiril-di… gap shundaki, mahalliy taraqqiyparvarlar har xil tabaqalarga mansub bo‘lgani uchun ham, ularning er masalasi to‘g‘risidagi fikrlari ham har xil edi. Masa-lan, ba’zi birovlari erni umumlashtirish, boshqalari esa xususiy mulkchilik tarafdori bo‘ldi. Ammo ko‘pchilik ortiqcha, o‘z egalari ishlay olmaydigan erlarni ijtimoiylashtirish, ishlashga kuchi bo‘lgan er va bog‘larga esa tegmaslik kerak degan xulosaga keladi. Menimcha, mahalliy kommunistlarning ko‘pchiligi ham shu fikr tarafdorlari bo‘lgan edi.

Er islohoti vaqtida Zahritdin Agliyam va boshqalar ham mendan unga bo‘lgan fikrimni so‘rashdi. Men ularga umuman er islohotiga qarshi emasligimni, ammo uni amalga oshirish usuli to‘g‘risida boshqa o‘z fik-rimga ega ekanligimni aytdim. Bu shundan iborat edi: agar bir kishining 50 desyatin eri hamda unga tegishli zaruriy jonli va jonsiz xo‘jalik inventarlari bo‘lgan bo‘lsa, unga bu er va inventarlarni bir butunligicha saqlab qolish maqsadida, batraklar o‘rtasida bo‘lib tashlanmasdan, ma’lum batraklardan iborat qishloq xo‘jalik er uchastkasini tashkil etish zarur. Dastlab esa bu xo‘jalikka oldingi er egasining o‘zini boshliq qilib qoldirish maqsadga muvofiq bo‘ladi…

Hozirga kelib esa, er olgan batraklar qaytadan kolxozlarga birlashmoqda, shu bilan birga kolxozlarga oldin batraklarga bo‘lib berilgan inventarlar topshirilmoqda. Tajriba ko‘rsatib turibdiki, mening er islohotini o‘tkazish usuli to‘g‘risidagi fikrim to‘g‘ri bo‘lgan ekan.

XOTIN-QIZLARNI ozod qilish MASALASI HAQIDA

Mahalliy ziyolilar xotin-qizlarni ozod qilish masalalarida kommunistlar bilan bir fikrda bo‘ldi. Buni quyidagilar isbotlab turibdi: 1907 yildayoq ziyolilar tashabbusi bilan o‘g‘il va qizlar uchun umumiy bo‘lgan yaigi usuldagi maktab ochilgan. Bundan tashqari ayollar uchui maxsus usuli jadid maktablar ham tashkil etilgan edi. Fevral inqilobi vaqtida o‘qituvchilarning birinchi qurultoyi chaqirilib, uning delegatlari tarkibiga ayollar ham kiritiladi. Qurultoyda o‘qituvchilar seminariyasini ochish to‘g‘risida ziyolilar bilan (mutaassib) dindorlar o‘rtasida kurash avj oldi. Mana shundan keyin ziyolilar Shahar dumasi va ta’sis majlisiga ayollardan delegatlar yuborish masalasida ham ziyolilar dindorlar bilan kurash olib boradi. Markazda chaqirilgan umummusulmon Qurultoyida Ubaydulla Xo‘jaev Turkiston ayollarini ozod qilish masalasini ko‘taradi. Bu dalillar shundan guvohlik berib turubdiki, mahalliy ziyolilar ayollarni ozod qilish uchun kurashgan. Lekin ularda masalani qat’iy va butun borlig‘i bilan keng qo‘yish uchun etarli kuch va tayanch yo‘q edi. Bu masalani to‘la to‘kis hal etish sho‘ro hukumati zimmasiga tushadi. Unda buning uchun etarli kuch va imkoniyat bor edi.

Ko‘pchilik taraqqiyparvarlar sho‘ro hukumatining bu to‘g‘ridagi tadbirlarini ma’qullash bilan qo‘llab-quvvatlaydi.

Taraqqiyparvarlar aslida ayollarni ozod qilish ta-rafdorlari bo‘lsa-da, uni amalga oshirish usuli xususida bir xil fikrda emas edilar. Ba’zi birlari firqa tomonidan qo‘llanilgan «Hujum»ni ma’qullasa, boshqalari esa uni noma’qul topib quyidagilarni taklif etadi: «Hujum»ning bor kuchini maktab va kurslarga hamda qorixonalarga, tashkilotlarga yo‘naltirib, u erdagi ayollarni ozod qilish kerak. Shundan so‘ng hamma ayollarni ish yoki maktablarda o‘qish bilan ta’minlash zarur».

Mana bu usul, ularning fikricha, juda maqbul va foydalik bo‘lgan. Hozirgacha ham firqali va taraqqiy-parvarlar orasida bu usulni ma’qullab, to umumiy majlislarda dakki emaguncha o‘z ayollarini ochmay kelganlar bor. Bunga ular hukumatdan qo‘rqqanidan rasmiy ravishda majbur bo‘lgan bo‘lsa-da, amalda o‘z ayollarini paranjiga yanada mahkamroq o‘radi.

Agar, endi mening bu masala to‘g‘risidagi shaxsiy fikrimga kelsak, men ko‘p vaqtdan beri ayollarni ancha tezroq ozod qilish, maktablarda erkaklar bilan tenglik asosida o‘qitish va ishga jalp etish, ularning huquqlarini erkaklarga tenglashtirish yo‘lida turli xil usullarni qo‘llash bilan ishlab kelmokdaman. O‘zimning umr yo‘ldoshimni 1923—24 yillarda ochgan edim. U shundan keyin o‘qishga kirgan. Men yana shuning tarafdorimanki, 50 yoshdagi ayollarni paranji tashlashga majbur qilish kerak emas, aks holda ularning ko‘pchiligi ko‘chaga chiqishdan ko‘ra o‘zlarining qullikda bo‘lishini afzal ko‘radi.

 

KAMSONLIK MILLATLARGA MUNOSABAT

 

Mahalliy ziyolilar orasida yoki mavjud tashkilotlarda biror marta ham mayda yoki kamsonlik millat-lar masalasi muhakama qilinganligini eslay olmayman. Shuning uchun ham men bu to‘g‘rida faqat o‘z fikrimnigina qisqacha bayon qilaman.

Ma’lumki, podsho zamonida milliy kamsonlik mahalliy aholi («begonalar») hukmron millat ruslar foydalangan hukuqlardan bebahra bo‘lib, doimo jabr-zulm ostida bo‘ldi. Fevral inqilobidan keyin mahalliy aholi ba’zi bir huquqlarga bo‘lsa-da, madaniy qoloqligi, ovrupoliklarga nisbatan o‘zini hukmron millat qilib ko‘rsata olmaganligi sababli ulardan etarli darajada foydalana olmaydi. O‘sha vaqtda bu holat bilan ovrupoliklarning o‘zlari ham kurash olib borsalar-da, katta o‘zgarish qila olmaydi. Oktyabr inqilobidan so‘ng sho‘ro hukumati mahalliy aholini qullikdan qutqarish, unga ko‘proq huquq berish uchun tadbir-choralarni amalga oshiradi. Mana shu bilan mahalliy aholi oldida maorif ishlarini rivojlantirish, buyuk rus og‘machiligi bilan kurashish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Hukumat mahalliylashtirish uchun birin-ketin dekretlar chiqa-radi, shunda ham tub joy aholisi o‘zlariga berilgan huquqlardan to‘la foydalana olmaydi.

Ayni zamonda shuni ham aytish kerakki, hozirgacha ham mahalliy aholiga nisbatan rus millatchiligi tak-tugi bilan tugatilgan emas. Mahalliy dehqon va ishchilarni «tub joylilar» («tuzemtsev») deb atab, ularga sho‘ro hukumati bergan o‘z huquqlaridan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchilar bor. Hamma erda ularning ta’siri va qarshiliklari sezilib turibdi. O‘tmishda milliy kamsonlik hisoblangan mahalliy aholi va uning qatorida ziyolilar ham uzoq vaqt shafqatsiz jabr-zulm tortdi. Ular bu to‘g‘rida o‘z tajribasiga ega bo‘lib milliy kamsonlilik nima ekanligini, qanday qilib azoblanganligini, qanchalik haq-huquqlari cheklanganligini yaxshi biladi. Shuning uchun ham ular podsho zamonidan boshlab qul qilingan millat holatidan ozod bo‘lish uchun harakat qildi, orzu bilan yashadi, ammo hech vaqt o‘zini hukmron millat qilish maqsadini qo‘ymagan. Ular faqat ovrupoliklar bilan teng huquqni qo‘lga kiritishni o‘ilagan edi, xolos.

Mening fikrim mana shu. Qolgan ziyolilarning fikri ham shundan iborat.

ITTIFOQ MARKAZIGA MUNOSABAT

Men taraqqiyparvarlar va ular orasidagi tashkilotlar markazga qanday munosabatda bo‘lganligi hamda ularning maqsaddari haqida oldin aytganman. Endi esa ularni takrorlashga hojat yo‘q.

… Turkiston (yoki O‘zbekiston) Ittifoqning bo‘linmas qismiga aylandi. Unga taraqqiyparvarlar ham, tashkilot ham qarshilik qilmadi. Faqat Turkiston markaz bilan qanday aloqada bo‘lishi kerakligi haqida gap-so‘z bo‘ldi. Bu hozirgacha ham mahalliy ziyoli va kommunistlar orasida davom etmoqda. Taniqli ziyoli va kommunistlar markaz O‘zbekistonning eng mayda ishlariga ham aralashayotganidan norozi bo‘lmokda.

TASHQI DAVLATLAR BILAN BO‘LGAN O‘ZARO ALOQALAR HAQIDA

Bu o‘zaro aloqalarni uch qismga bo‘lish mumkin:

a)    «Ittihodi taraqqiy» tashkiloti Turkiya bilan aloqa bog‘lash uchun yuborgan komissiya Turkiyada hukumat to‘ntarishi bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi va uchrashib gaplashishi lozim bo‘lgan odamlarni topa olmay, muvaffqiyatsizlik bilan qaytib keladi. Ikkinchi marta yuborilgan komissiyaning ba’zi a’zolari, yuqorida ko‘rsatilgandek, yo‘lda tutib o‘ldiriladi. Qolganlari esa Moskva orqali qaytib keladi.

b)    Sadirxon tomonidan Angliya konsuliga yozilgan xat faqat Avliyo Otagacha etib borib, u erda ushlab qolinganligi hammaga ma’lum.

v)    Mening Afg‘oniston konsuli bilan bo‘lgan shaxsiy aloqam, sho‘ro hukumatiga nisbatan uning eng yaqin va do‘stona munosabatda bo‘lgan degan tushuncha bilan bog‘liq bo‘ldi. Shuning uchun ham mening aloqam sho‘ro hukumati oldida gunoh bo‘ladi deb o‘ylamagan edim.

Mana shu uch holatdan boshqa mahalliy ziyolilar va ular orasidagi tashkilotlarning tashqi davlatlar bilan aloqasi bo‘lgan emas. Shuni ham mutloq aytish kerakki, bularga hozir xorijda muhojir bo‘lgan va o‘qiyotgan, u erdan qaytib kelayotgan ziyolilarning aslo aloqasi yo‘q.

1930 yil 6 yanvar’

«ITTIHODI TARAQQIY» TASHKILOTI A’ZOLARI HAQIDA

«Milliy ittihod»ning unda birga ishlagan yoki boshqalar orqali menga ma’lum bo‘lgan a’zolari haqida quyidagilarni ko‘rsatishim mumkin: bu tashkilotning umummarkaz a’zolari Usmonbek, Haydar Afandi, Sobirxon bo‘lgan. Usmonbekdan keyin unga Yusufbek va men kirdim. Sa’dullaxo‘ja, Otaxon, Sayidakrom, Miyon Buzruk (Solihov) va Ubaydulla Xo‘jaev tashkilotning faol a’zolari edi. Ulardan Ubaydulla Xo‘jaev Toshkentda kamgina yashaganligi sababli tashkilot ishida unchalik ko‘p qatnasha olgani yo‘q.

Miyon Buzruk ham chetga ketish taraddudi bilan bo‘lib, tashkilot ishidan biroz chetda bo‘lgan. Ammo tashkilot qanday topshiriq bergan bo‘lsa, bajarib turgani esimda bor. Bu ko‘rsatilganlardan tashqari Ziyobek yo Haydar Afandining aytishicha, mana bularning a’zolikka qabul qilinishi belgilangan edi: Muhitdin Sharafutdinov, Fayzulla Xo‘jaev, Laziz Azizzoda, Zuhurxo‘ja, Shamsi Xo‘jaev, Said Kamolxon Domla, Farid Toirov, Musa-xon Mirazizov, Tangirqulxo‘ja, Abdiqodir Qushbegiev, Norbo‘tabekov, Yusuf Aliev, Saidnosir Mirjalilov, Shahobitdinxon, Ergash Nurmuhammedov, Saydvali Semiz, Qudratilla Qori Mahzumov, Qayum Ramazanov, Salimxon Tillaxonov, Abdulla Avloniy, Said Ahrorov, Bashirullaxon Xo‘jaev, Najmutdin Sherahmadboev, Mirhabib Maqsudov, Abdullaxon Tojiev, Salohitdin Asamutdinxo‘jaev, Eshonxo‘ja Xoni, Ilhom Yoqubov va Zoirjon. Biroq, men bu ko‘rsatilganlarning hammasi tashkilotga a’zo bo‘lgan deb ayta olmayman.

 

davomi bor…

 

http://e-tarix.uz/milliyat-insholari/maqolalar/450-xotiralar-munavvar-qori.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: