Xorazmdagi yirik savdo majmuasida reyd o‘tkazildi – ozodlik.org


17.07.2011

Xorazm viloyati Urganch shahridagi Markaziy Savdo majmuasida huquq-tartibot organlari reyd o‘tkazdi va tilla taqinchoqlar bilan savdo qiladigan tadbirkorlarni hibsga oldi.

Shuningdek, majmuaning rahbari ham hibsga olingani aytilmoqda.

Bu haqda Ozodlikning Urganchdagi manbalari bergan xabarga ko‘ra, 16 iyul kuni o‘tkazilgan reyd chog‘ida ayrim tadbirkorlarga tibbiy yordam ham chaqirilgan va ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Voqega guvoh bo‘lgan urganchliklardan biring so‘ziga ko‘ra, reydni o‘tkazgan huquq-tartibot idoralari xodimlari yuziga niqob taqib olgan.

– Formalalik, maskaliklar tushdan avval binoni o‘rab oldi. Kimligini aytishmadi. Kirib, do‘kondagi oltinlarni tekshirishgan deyishayapti, – deydi Ozodlik manbalaridan biri.

Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimi voqeani tasdiqladi, ammo ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Norasmiy manbalarga ko‘ra, tilla buyumlar, kiyim-kechak va boshqa xo‘jalik mollari sotiladigan do‘kondan, asosan, tilla buyumlar olib ketilgan va olingan mollar hali egalariga qaytarilmagan.

 

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110717/402/850.html?id=24268124

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: