Urganch savdo uyi “ishg‘ol” qilindi – ozodlik.org


17.07.2011

Basira

16 iyul kuni Urganch shahridagi savdo uyi – shaharliklar orasida TsUM nomi bilan tanish majmua militsiya xodimlari tomonidan o‘rab olingan.

Bu haqda Ozodlikka urganchlik voqea guvohlaridan biri so‘zlab berdi:

– Kecha TsUM magazinida “oltinchi”larni (tilla taqinchoqlar bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar – tahr.) bosishadi. Soat 8 ertalab niqob kiygan kishilar borib, shturmovat qilib, soat 6 gacha xalqni o‘sha erga qamab, hech narsa edirmaydi. Ikki qiz yomon bo‘lib, kasalxonaga tushib qoladi. Hozir shu ikki odam yomon bo‘lib, bolnitsada og‘ir ahvolda yotibdi. U qizlar “terroristlar kelib, bosdi” deb qo‘rqib, yomon bo‘lib qoladi. Bu O‘zbekiston organlarining qilgan ishi, – deydi urganchlik suhbatdosh.

Uning aytishicha, Urganch savdo majmuasini 16 iyul kuni o‘rab olgan  niqobli va qurollangan shaxslar mahalliy huquq-tartibot vakillari emas.

– Samarqanddanmi kelib spetsnaz bosgan. Nima uchun ekanligini aniq aytishmayapti, qo‘rqishayapti. Hech kimni kirgizmasdan, chiqarmasdan, avtomatlar bilan odamlarni mahkam shturmovat qilib turadi. Ular o‘zlarini tanishtirmay, soat 6 gacha hech narsa edirmay saqlaydi, – deydi urganchlik voqea guvohlaridan biri.

Suhbatdoshimizga ko‘ra, Urganch savdo majmuasining rahbari ham hibs etilgan:

– Soat 6 dan keyin ularni chiqarib yuborib, magazinning egasini hibsga olib ketishgan. Tilla sotadigan bo‘limdagi bor-yo‘q tillalarni o‘zlariga olib qolishgan. Uzuk, sirg‘alar. Hech kimni tilla buyumini qaytarishmayapti. Nega deganda, aeroport yo‘lidagi odamlarning uylarini yiqitib, o‘zlarini majburiy ravishda obshejitiega tiqib qo‘ygan. “Prezidentning buyrug‘i, bu erga yo‘l tushadi” deyishgan. Ularni bir tomonlama uylik-joylik qilish kerak-ku, shuni bu tillalar evaziga qilishmoqchi emish, – deydi Urganchdagi voqea guvohi.

Urganchlik suhbatdoshimiz so‘zlarini unga hamshahar bo‘lgan bir ayol ham tasdiqladi.

Ozodlik: Kecha militsiya ushlab, olib ketgan ekanmi?

– Ha, hozir ham priyom-peredacha bo‘layapti.

Ozodlik: Ko‘rdingizmi o‘zingiz, opa?

– Ha.

Ozodlik: Nima bo‘ldi kecha?

– Formalik, maskaliklar tushlikdan avval o‘rab oldilar. Kimligini aytishmaydi. Kirib, oltinlarni tekshirgan bo‘lsa kerak. Men kirib ko‘rmadim. Shu “oltinlarni tekshirish” deyishayapti.

Ozodlik: “Tez yordam keldi”, deyishayapti.

– Ha, maskada kirgani uchun qo‘rqqanidan ko‘plari  yiqilib tushgan.

Ozodlik: O‘zi TsUMda nima bilan savdo qilishar edi?

– Oltin, tayyor kiyimlar, hamma narsa bor.

Ozodlik: Ilgari ham TsUMda shunday holat bo‘lganmi?

– Birinchi marta [shunday bo‘lishi], – dedi urganchlik voqea guvohlaridan biri.

Urganch shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimi kapitan Hojiev mazkur voqea bo‘yicha telefon orqali ma’lumot bermasligini bildirdi.

Urganch tez tibbiy yordam xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra esa, 16 iyul kuni markaziy savdo majmuasiga ikkita tez yordam mashinasi yuborilgan.

Ayni paytda Urganch shahar xokimiyatidan ham mazkur voqea bo‘yicha ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24268107.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: