San’atkorning jasorati – birdamlik


July 17, 2011

Nosir Zokir

Xaftaning eng muxim vaqeasi Obid Asomovni «Ozodlik» radiosi orqali 50 minut davomida muxbir savollariga javob bergani bo‘ldi,desam,mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu suxbat xalqning orasida yurgan sevimli san’atkori haqidagi turli mish-mishlarga barxam berdi. Ba’zilarni bu suxbatni telefoniga yozib olib,eshitib yurganiga ham guvox bo‘ldim. Choyxonalarda ko‘pchilik og‘zida shu gap. Ba’zilari «Nosir aka,Obid Asomov “Ozodlik”da chiqqan emish” deb savol berishdi.

Bizda Obid Asomo o‘zi xam aytib o‘tganidek,matbuot erkinligi bo‘lmaganligi sabab,bir qishloqda chet-el radiosini bir kishi eshitsa xam,agar muxim xabar bo‘lsa,bir kunda butun qishloqqa tarqaladi.

Menga ta’sir qilgani,Obid Asomovni ijtimoiy – siyosiy xayotimizdagi kamchiliklar,masalan O‘zbekiston televideniyasini oldi-qochdi gaplar bilan odamlarni ongini aylantirayotgani,Obid Asomovni o‘zini OAVlariga chiqishini,kontsert dasturlarini taqiqlab qo‘yilgani,filarmoniyaga odddiy quruvchini raxbar etib tayinlangani,demokratik printsiplarga zid bo‘lgan narsalarni,o‘ta soddalik bilan,beg‘uborlik bilan tanqid qilishi bo‘ldi. Bu menda yoqimli xislar o‘yg‘otdi. Obidjonni eshitib o‘tirib,bir narsa xayolimga keldi. Sovet davrida men ishlagan Namangan teatriga KGBni sobiq polkovnigini direktori etib tayinlangan edi.

Bir kuni doirachi kontsertga kelmay qoldi. Shunda direktorimiz G‘ulomjon aka degan teatr qorovuliga «tezda kiyining kontsertga borasiz,doirani xam olvoling» deydi. Bechora qorovul «Domla men doira chalishni bilmayman» desa «necha yildan beri teatrla ishlaysiz» deydi. Qorovul “23 yildan beri ishlayman” deydi. “23 yil teatrda ishlab doirani taqir-taqir qilib chalishni o‘rganmaganmisiz» deyishi san’atkorlar orasida anekdotga aylanib ketgan edi.

Aslini olganda san’atkorlarni aksariyati haqiqatni gapirishdan qo‘rqadi. Ular ko‘pchiligi xukumat amaldorlarini maqtab,ular xaqida xatto qo‘shiqlar yaratib ko‘plab unvon,mukofotlarga erishishni xoxlaydi. Saflariga xatto qayta qurish yillari «Birlik» « Erk» saflariga san’atkorlar deyarli qo‘shilmagan edi. Birgina dovyurak xofiz Dadaxon Xasanov unvonu mukofotlardan voz kechib,xalq dardini kuylardi.

Mana endi Obid Asomov paydo bo‘ldi. To‘g‘ri,Obid Asomovni D.Xasanov bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Lekin xozirga davrda Obidjonni to‘rt og‘iz xaqiqatni qo‘rqmay aytishi,bu qaxramonlikdir. Atoqli xofiz Bobomurod Xamdamov «Ozodlik» muxbiri bilan suxbat oxirida muxbirga – “sizga raxmat,siyosat xaqida savol bermadingiz” deganda,u inson men xijolat tortib ketdim. Shunday buyuk san’atkor shunchalar xaqiqatni gapirishdan qo‘rqadimi?

1987 yili Farg‘ona teatrida saxnalashtirilgan Sharof Boshbekovni “Temir xotin” asaridan keyin o‘zbek teatrida xalqni ijtimoiy muammolarini yoritgan birorta saxna asarini ko‘rmadik. Xamma saxnalashtirilgan asarlarni xox televideniyada bo‘lsin,xox teatrda bo‘lsin,mavzuyi bir xil,nari borsa oilaviy muammolar ko‘tariladi.

Saxnalishtirilgan asarlarda boy yomon,kambag‘allar yaxshi degan g‘oya ustuvor. Xozirgi zamonda bunday asarlarni kim ko‘radi. Qaysi rejisser yoki san’atkor amaldorlaridan “nega odamlarni o‘ylantirib turgan muammolarni ko‘tarib chiquvchi asarlarni saxnalashtirimaysizlar» deb so‘rasangiz,“E… bizda mumkin emas” deydi. O‘zlari bo‘lsa,televizorda chiqib,“mustaqillik tufayli biz san’atkorlarga keng imkoniyatlar yaratildi” qabilidagi gaplarni gapirishadi. Axir bu munofiqlik emasmi? Mana Obid Asomov sabab,san’at soxasidagi ayrim muammolar xaqida gapirib oldim. Umuman,butun san’at axli,Obid Asomovdek bir xaqiqatni qo‘rqmay ayta olish darajasiga chiqmas ekan,boshqa soxalar kabi san’at soxasida xam xech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.

 

***

Namangan

 

http://www.birdamlik.info/?p=17548

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: