R. Abdulaevga raddiya – uzxalqharakati.com


Jul 17th, 2011

Men janob Abdullaevni bu maqolasini http://www.iarex.ru/articles/17447.html bugun o‘qidim. Va O‘XH a’zosi sifatida, shuningdek, maqolada O‘zbekistondagi qamoqxonalar masalasi, diniy masalalar mavzuida so‘z borganligi uchun bunga o‘z munosabatimni bildirishni lozim topdim.

So‘zimni boshlashdan oldin shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, bu odam avvalroq ozodlikdagi chiqishlarida o‘zini mustabid rejimga xizmat qilishligini ko‘rsatgan edi.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu kimsa bu safar ham xolislik pozitsiyasidan uzoq turgan holda, g‘arazgo‘ylik bilan aniq dalil isbotsiz, quruq ig‘vo tarqatishni maqsad qilgan. Shuning uchun ham pichoqqa iladigan dalillar keltiraolmay M. Solihni va unga ergashganlarni faqat Hizbut Tahrirga a’zolikda ayblaydi.

Bu kabi haqiqatdan uzoq safsata maqola chop etilishi, aytish mumkinki O‘zbekistonda diniy va siyosiy sohada birorta tuzukroq ekspertlar yo‘qligini ham namoyon qiladi.

Chunki, diniy jamoalarni bir biridan printsipial farqini puxta biladigan rossiyalik va boshqa xorijlik ekspertlar bu kabi maqolalarni bema’ni ig‘vo, va rejim buyrug‘i bilan qilinayotgan muxolifatni obro‘sizlantirishga urinayotgan soxta piar kompaniya mahsuli ekanini yaxshi biladilar.

Men bu maqolada zikr etilgan mavzularda, janob akademikda ancha xatolar borligini va ularni inkor qilish lozimligini his qildim.

Quyida men uni iddaolarini yolg‘onligini aniq faktlar bilan isbotlashga harakat qilaman.

1. Avvalo shuni aytishim kerakki, maqola nomi voqe’likga nomuvofiqdir. Avtor o‘z maqolasini;

“Pochemu uzbekskaya oppozitsiya tak ne lyubit Omara Xayyama” deb nomlagan.

Tarixda o‘tgan Mashhur matematik, faylasuf olimga O‘XHning birorta qarshilik jihati yo‘q.

Akademik bu erda faktlarni buzishga harakat qilgan. M. Solih ma’ruzasida bildirib o‘tilgan bugungi O‘zbekiston respublikasi hudididagi diniy jamoalardan faoliyati haligacha ta’qiqlanmagan so‘filik tariqatlari borligi faktdir.

Buning sababi esa M. Solih o‘sha so‘filarni tutgan yo‘llari tariqatlari, ular siyosiy ijtimoiy faoliyat yurgizmaganligi tufayli davlat tarafidan ta’qiqlanmagan degan fikrni bildirgan.

Bu esa inkor etib bo‘lmaydigan faktdir. Men O‘zbekistonning turli zonalarida ko‘p yillar o‘tirganman. Va barcha toifa dindor jamoalar vakillarini ko‘rganman. Ammo, ular orasida hozir O‘zbekistonda keng tarqalgan naqshbandiyya tariqatiga mansub so‘filar yo‘q edi.

Shuningdek, I. A. K. Buxoroda Bahouddin Naqshbandiy qabriga ziyoratga borib turishi va uni ustiga maqbara qurdirgani ma’lum. Bu esa unda ba’zi so‘filarga xos xurofiy e’tiqod borligini ko‘rsatadi.

Akademik bu oddiy haqiqatni yashirish uchun o‘quvchini chalg‘itib, uzoq tarixga safar qilib, Xayyomni ruboiylarini keltirib ochiqdan ochiq haqoratlashga o‘tadi.

Albatta, avvalgi davrda o‘tgan mashhur tasavvuf shayxlari, bukungi O‘zbekistondagi johil so‘filarga hech qanday aloqasi yo‘qdir.

Shuningdek, u yana maqolasini “Iz tsikla statey «Informatsionnaya voyna obijennыx protiv Uzbekistana». deb ataydi.

Bu ibora muxolifatni kamsitishga urunishdir. Dunyoning barcha demokratik davlatida muxolifat bor. Va iqtidordagi partiya ularni bunday kabi nom bilan nomlamaydi.

Avvalo shuni ta’kidlaymizki; Biz O‘zbekistonga qarshi emasmiz. Biz mustabid rejimga qarshimiz xalos. Shuningdek, biz rejim malayi aytgandek, “obijennыx” emas, balki yurtimizda adolat tiklanishi, xalqning qonini so‘rib yotgan mustabidlar jazosini olishi, konstitutsiyada ko‘rsatilgan so‘z erkinligi,vijdon erkinligi, siyosiy iqtisodiy erkinliklar, Sud tizimini rejimdan mustaqil bo‘lishi, barcha kuch ishlatar tizimlar siyosiylashtirilmasligi, bitta shaxsga, yoki rejimga emas, xalqga xizmat qilishi tarafdorimiz. Hozir esa O‘zbekistonda shunday emasligi barchaga ma’lum. Faqat qalb ko‘zlari ko‘r akademik buni ko‘rmayapdi xalos.

2. Maqoladan iqtibos; Chto takoe passionarnost’ i pravil’no li ispol’zuet eto ponyatie Muxammad Solix — lider etoy oppozitsii, otnesya k ix chislu sebya, svoix posledovateley i chlenov Xizb ut-Taxrir?

Avtor o‘z maqolasini boshidanoq M. Solihga ergashganlar Hizbut Tahrir partiyasi a’zolari degan hukm chiqaradi.

O‘zbekistondagi mavjud islom diniga mansub diniy jamoalarni har birini albatta o‘z kelib chiqish tarixi va bir biridan ajralib turadigan aqidaviy yoki fiqhiy jihatlari va har birini alohida o‘ziga xosligi bor.

Mana shu jihatlarini bilmay turib, odam o‘zicha birovni hizbut tahrir yoki salafiy deb nomlashi xatodir. Bu juda nojiddiylik va jahon standarti darajasida taqqoslasa sharmandalikdir. Shuningdek, yuridik jihatdan ham asossiz va adolatsizlikdir.

Akademikni bu erda keltirgan O‘XH a’zolarini hizbut tahrir degan ahmoqona iddaosi hech qaysi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

U fikrini isbotlash uchun dalil isbot keltirmaydi. Albatta keltiraolmaydi ham. Chunki, u ig‘vogar. Unda isbot dalilsiz gapirishlik uyat va vijdonsizlik ekanini tushunish salohiyati yo‘q.

Men xorijda va vatanda Hizbut Tahrirga a’zo juda ko‘p birodarlarni taniman. Ular meni tanishadi. Ularni tutgan yo‘llari maqsadlari bizga tanish. Ular bizni inkor etishadi. Biz ham ularga qo‘shilmaymiz.

Har kim o‘z bilganiga amal qilib ketayapdi.

Aynan o‘shalar O‘XHni FXX tayorlagan loyihani ijrochilari deb aytishgandi. O‘XH ichida birorta hizbut tahrir a’zosi yo‘q. Va biz istasak ham ular bizga qo‘shilmaydilar.

Ammo, biz ularni musulmon deb bilamiz. Ular ham o‘z fikrlarini aytishga haqli deb, hisoblaymiz. Zero, rivojlangan demokratik davlatlar jumladan Angliya ularga legal faoliyat yuritishga izn berib qo‘yibdi.

Janob Akademik o‘zini qotib qolgan sovetchasiga fikrlaydigan miyasini ozroq tozalab, g‘arb mamlakatlari nuqtai nazaridan turib fikrlab ko‘rganida balkim, hizbut tahrirchilarni ham zamonaviy dunyoda o‘z o‘rni borligini tan olgan bo‘lar edi.

3.Akademik o‘z maqolasida shunday deydi; Vidimo ot takogo ponimaniya smыsla etogo slova i slojilos’ obыdennoe slovoupotreblenie — idealist, oznachayuщee beskorыstnogo cheloveka, stremyaщegosya k vozvыshennыm tselyam i priderjivayuщegosya printsipov «neprotivleniya zlu».

No lyudey ob’edinivshixsya v takuyu reaktsionnuyu organizatsiyu, kak NDU i ix lidera poeta «Muxammada Solixa», idealistami nazыvat’ nikak nel’zya. Ibo oni pered soboy postavili konkretnuyu tsel’ — «protivlenie zlu» putem soversheniya nasiliya v forme revolyutsii, kak bы oni tam ne opravdыvalis’.

Bu erdagi “idealist” termini akademik fikricha yomonlikga qarshi kurashmasdan Ulug‘ maqsadlar sari intilayotgan xolis inson” ekan.

M. Solih va unga ergashganlar esa unday idealist emas ekanlar.

Bu erdagi fikr juda tor doirada chiqarilgan xulosadan iboratdir.

Insoniyat tarixida o‘tgan juda ko‘p ulug‘ va oliyjanob deya sifatlanadigan insonlar hayotini tekshirsangiz faqat o‘z g‘oyasi yo‘lida jangu jadallardan iborat bo‘lganligini ko‘rasiz.

Akademik bir paytlar (balki hozir ham) soyasiga sig‘ingan Lenin Stalinlar ham millionlab odamlarni qonini to‘kkan jallodlar edi.

Karimovni kimligini ham gapirmay o‘tibdi. Uni Andijonda minglab odamlarni hayotiga zomin bo‘lganini ham “ideal” sifat ekanligini gapirib o‘tishni “unutibdi”akademik.

Gap asosan kurash uslubida emas. G‘oyani qandayligida emasmi?!

Islom payg‘ambari Muhammad A.S. ham musulmonlar nazdida eng oliyjanob insondirlar. Ammo, u kishi ham o‘z aqidalarini ya’ni Allohni yakkaligini qoim qilishda kurashishga Alloh tarafidan vakolatlanganlar. Biz mana bu ilohiy mezonda tushunamiz ideal insonni.

 

Umuman ideal ya’ni komil inson masalasi, har kimni aqidasiga bog‘liqdir. Birovlar uchun oliyjanob inson boshqalar uchun bir pulga qimmat bo‘lishi mumkin. Bu erda mezonlar va aqidalar xilma xil ekan, ixtiloflar qiyomatgacha tugamaydi.

4.Iqtibos. “Takim obrazom, ideologiya NDU, esli s odnoy storonы — eto ideya ili proekt soversheniya zla, na den’gi vragov Uzbekistana i ego naroda, to s drugoy — eto slovo o neobxodimosti soversheniya zla. Zla, kotoroe mojno sovershit tol’ko lish’ putyom organizatsii besporyadkov v Uzbekistane na podobie «arabskix revolyutsiy».”

Albatta vijdonsiz odamni ishi shunaqa tuhmat bo‘hton qilib bo‘lsada o‘ziniki o‘tkazishdir. Bu erda akademik bizni “O‘zbekistonni dushmanlari puliga, yovuzlik qilmoqchi” deydi.

Bu kabi quruq gaplar mustabid rejim uchun oddiy holdir.

Qaysi davlatlar O‘zbekistonni dushmani?! O‘XHga qaysi davlat pul bergan?! Makkor akademik yolg‘on gaplarni rost kabi ishlatadi. Va hech dalil isbotsiz bizga tuhmat qiladi.

Misr va Tunisdagi inqiloblarni ham “tashqi dushman”lar uyushtirdi” degandi I.A.K.

Zolim rejimni malayi ham shuni takrorlayapdi.

O‘XHni moliyaviy manbalari a’zolar tashkil etgan korxonalar va ixtiyoriy xayriya pullari va badallardan iboratdir. Janob akademik tuhmat qilishga Xudodan qo‘rqmaysizmi?!

5. Maqoladan Iqtibos” V pervoy chasti svoey rechi Muxammad Solix bez vsyakogo dokazatel’stva utverjdaet, yakobы: «V tyur’mы … (Uzbekistana) zatochenы 20 tыsyach politzaklyuchennыx, bol’shinstvo kotorыx sostavlyaet predstaviteli oppozitsii i umerennыe veruyuщie. Dvadtsat’ tыsyach politzaklyuchennыx odin k odnomu otrajaet politicheskuyu passionarnost’ naseleniya nashey stranы».

Odnako v Uzbekistane do nedavnego vremeni bыla vsego lish’ odna tyur’ma, raspolojennaya v g. Andijane, sovmeщennaya s SIZO, vmestimost’ kotoroy bыla ne bolee 2 tыs.

Mana bu erda kazzob akademik yana yolg‘on gapirdi. Ammo, bu yolg‘oni juda ahmoqona yolg‘on bo‘lib, bunga birovni ishontirish mumkinmas. O‘zini o‘zi ahmoq qilayotganini bilmaydigan odam, bu gapi bilan kulgiga qolishi shubhasiz. O‘zbekistonda SIZO deb ataladigan tergov davomida mahbuslar saqlanadigan turmalar Andijondan tashqari Nukusda, Urgenchda, Kattaqo‘rg‘onda, Buxoroda, Xavosda,Toshkentda, Namanganda, Farg‘onada, Qarshi va Termizda ham bor.

Bundan tashqari mahbuslar jazo o‘taydigan turmalar, Qaravulbozorda (Buxoro obl) Jasliqda, Kogonda, va Andijonda bor. Bu hisobga MXXning maxsus erto‘lalari kirmaydi. Ular ham har viloyatda bittadan bor.

Shuningdek, yana har birida 5 minga yaqin mahbuslar jazo o‘taydigan muassasa 21 ta (Zona) JIEM bor.

Popda, Qarshida uchta, Kosonda, Navoiyda uchta, Zarafshonda ,Qiziltepada, Qoravulbozorda(osobiy rejim) Kogonda.

Toshkent va Toshkent viloyatida 10 ta.(Tovoqsoy,Chirchiq,Zangi otada 2ta, Bekobod (mentovskiy), Toshkentda 4ta. Sangorod 2ta, Ayollar va bolalar zonasi) va Olmaliq zonasi)

Jasliq turma zonasi va hakazo.

Bulardan tashqari bir necha o‘nta Manzil koloniyalar bor. Ya’ni nisbatan erkinroq yurib ishlab jazo o‘taydigan joylar.

Men bularni bir qanchasida o‘zim bo‘lganman. Ko‘zim bilan ko‘rganman. Bular eski sovetlar zamonida qurilgan Zona va turmalar bo‘lib, aslida 500 va ming kishiga mo‘ljallab qurilgan. Ammo hozir ularni har birida 5 ming atrofida odam saqlanadi. Umumiy hisobda yuz mingdan ortiq odam qamoqda saqlanmoqda.

Nimaga siz faqat bitta turma bo‘lgandi deb hammani aldamoqchi bo‘lasiz?! Vaholonki, turmalar sonini siz bilmasangiz ham, boshqalar yaxshi bilishadi. Huquqbonlar bular haqida ko‘p ma’lumotlar berishgan.

Yolg‘onni eplab yozolmabsiz janob akademik! Hayf sizga.

6.Maqoladan Iqtibos. “Odnako nado otdat’ doljnoe gosudarstvennoy vlasti Uzbekistana, chto ona ne tol’ko ne sleduet etoy rekomendatsii L.N.Gumeleva. No eщyo k tomu je iz gumannыx soobrajeniy ne tol’ko otmenila daje samu vozmojnost’ primeneniya k chlenam tolpы, sostoyaщey iz passionarnыx osobey, samu smertnuyu kazn’ za sovershenie s ix storonы osobo tyajkix prestupleniy, sposobnыx privesti k besporyadkam v nashey strane [5]. K tomu je ejegodno dayot amnistii i pomilovaniya, tem iz nix, kotorыe vozvraщayutsya k mirnoy i normal’noy chelovecheskoy jizni [6].

Aqli raso odam bu gapni aytadi deb o‘ylamayman. O‘zbekiston rejimi L.N.Gumelevni tavsiyasiga binoan fidokorlarni o‘ldirmay ularga atalgan o‘lim jazosini bekor qilibmish.

O‘lim jazosini qog‘ozda bekor qilinsada, voqe’likda kunda, kun ora turmalardan o‘liklar chiqmoqda. Odamlarni Sudni qarorisiz o‘g‘irlab, nom nishonsiz yo‘q qilib yuborilmoqda.

Har yili chiqadigan Amnistiyaga dindor mahbuslar tushadimi?!Zonalarga odam sig‘may yotganligi uchun har yili bir qism o‘g‘ri kazzoblarni chiqarib turishadi. Bu ham katta poraxo‘rlik manbai bo‘lib qolgan. Shu asnoda besh to‘rtta dindorlarni chiqarishadi. Aksariyat hollarda ularga yana yangi soxta jinoyat ishi ochib muddat qo‘shib berishadi.

18 yildan beri yotgan Samandar Qo‘qonov yoki Muhammad Rajab qorilar nimaga amnistiyaga tushmaydi?!

Samandar Qo‘qonov dindor shaxs emas ediku?!

Inson sifatida ularni shuncha yil qamoqda qo‘yishga qanday vijdoni chidaydi I.A.K.ni?!

Albatta vijdoni bo‘lsa chidamasdi. Ammo, siz nimaga buni gapirmaysiz?! Demak, I.A.K. sizni vijdoningizni jig‘ildonga almashtirib qo‘yibdi.

7. Maqoladan Iqtibos; “A za eto poetu «Muxammadu Solixu», sledovalo bы ne obvinyat’ gosudarstvennuyu vlast’ Uzbekistana na osnove lojnыx posыlov, o tom budto bы ona prevratila nashu stranu v «kontsentratsionnыy lager’». A poblagodarit’, sochiniv vmesto nesostoyatel’nыx politicheskix, ekonomicheskix i ideologicheskix dogm uzbekskoy «oppozitsii», kakoe ne bud’ poeticheskoe proizvedenie. Konechno je, esli bojestvennыy dar poeta eщe ne pokinul ego okonchatel’no.”

Agar M. Solih siz aytganday zolim rejimga maddohlik qilganida, U hozirgidek 18 yil qochoqlikda hayot kechirmagan va barcha yaqin qarindosh urug‘lari qamalib azoblar chekmagan bo‘lardi ehtimol.

Ammo, u Abdulla Aripov kabi vijdoniga imoniga, xalqiga xiyonat qilgan bo‘lardi.

Va tez orada unutilib nom nishonsiz yo‘q bo‘lib ketardi.

U unday qilmadi. Uni buyukligi ham shunda. Uni 18 yillik zolim tuzumga qarshi tinmasdan kurashib kelishi, O‘zbek xalqini ongi fikri dunyoqarashi ochiq yoshlari tomonidan qadrlanmoqda. Unga ergashayotganlarni aksariyati ziyoli o‘qimishli yoshlardir.

Dunyoning barcha burchagida bugun O‘XHni a’zolari bor. O‘XHning o‘nlab mamlakatda bo‘limlari ochildi.

Minglab ingliz, nemis, shved, frantsuz, koreys, arab, turk, rus, va o‘zbek tillarida gaplasha oladigan o‘zbek yoshlari O‘XHga a’zo bo‘lgan bugun.

Ularni hammasi vatanini ozod va obod qilish maqsadida M. Solihga ergashgan.

O‘zbekiston ichida ham uni millionlab odamlar xalq qahramoni sifatida taniydi.

Siz va I.A.K, rejimi istamasanglarda u xalq muhabbatiga sazovor bo‘lgan shaxsdir. Sizni va I.A.K.ni O‘zbek xalqi sevadi va do‘st tutadi deyish kulgili bo‘lardi.

Bunaqa emasligini o‘zingiz ham I.A.K. ham yaxshi bilasizlar.

Yaqin kunlarda I.A.K. va uni rejimi tarixga aylanadi. Siz o‘sha kunlar kelmasdan oldin o‘lib ketsangiz, ko‘rmasdingiz ham, kuymasdingiz ham!!

8.Maqoladan Iqtibos; A dalee on, napisav: «Prorok islama Muxammad alayixissalam v etom voprose bыl naibolee chyotok i prozrachen: “Soprotivlyaysya zlu. Delom, slovom, mыsl’yu. Esli ne mojesh’ delom, soprotivlyaysya slovom. Esli ne mojesh’ slovom, soprotivlyaysya mыslenno. Poslednee – ot slabosti iymana», iskazil sleduyuщee vыskazыvanie blagoslovennogo proroka Muxammada (s.a.v), gde govoritsya: «Esli kto-to iz vas uvidit merzost’, pust’ ustranit eyo svoimi rukami; esli ne smojet rukami – pust’ ustranit eyo svoim slovom. Esli ne smojet i slovom – pust’ voznenavidit eyo v svoyom serdtse, no poslednee – proyavlenie slabosti verы»

Janob akademik siz o‘zingizni Islom olimi deb, da’vo qilayapsiz shekilli. Yuqoridagi hadisni arabcha matnida “Munkar” deb keladigan so‘zni M. Solih “zlo” deb, siz “merzost’” deb atabsiz.

Bu so‘z ma’nosi “inkor qilingan amal” degani.

Bunga islomda harom qilingan barcha amallar kiradi. Shu ma’noda zulm ham shunga kiradi.

Bu hadisni Zulmga nisbatan ham ishlatish mumkin.

M. Solihni aytgan “Zlo” so‘zi bilan sizni aytgan “merzost’”ni munkarga nisbatan ishlatilishda farqi yo‘q.

Bularni barchasi munkar so‘zini to‘ldiruvchi sinonimlardir.

Bu erda M. Solih siz aytgandek, hadisni ma’nosini buzgan emas.

9.Maqoladan Iqtibos; ya, kak ekonomist, mirovыe religii i, v pervuyu ochered’ religiyu musul’man, izuchal i izuchayu na osnove svyaщennыx pisaniy.

Janob ekonomist O‘zbekistonni iqtisodini tiklasangiz bo‘lmasmidi?! Xalq och va qashshoq ahvolga tushganini ko‘rmayapsizmi?! Nima qilasiz yana dinlarni barchasini bilishga da’vo qilib?!

Bo‘lib ham dinlarni muqaddas kitoblar asosida o‘rganishingiz ajablanarli.

Siz o‘zbekcha qur’onni o‘qib, o‘zingizni olim hisoblayotgan bo‘lmang?! Yoki, arab tilini ham bilasizmi?! Injilni, Tavrotni qaysi tillarda o‘qiysiz?! Balki, ivrit tilini ham bilarsiz?!

Tarjima qilingan kitobni o‘qib, o‘zingizni “Din Olimi”hisoblayapsizmi?!

Siz arab tilini bilganingizda edi, hali qur’onni bilishingiz to‘liq tushunishingiz mumkin degan iddaoni qilmagan bo‘lardingiz.

Arab tilini bilishlik ham, dinni bilishlik degani emas.

Iqtisodchilingizni qilib yuravermaysizmi, nima qilasiz din olimligini da’vo qilib?!

10.Maqoladan Iqtibos; Poskol’ku, k islamu — religii mira, kak eto na osnove Korana, Biblii i drugix svyaщennыx pisaniy, ya pыtalsya dokazыvat’, v svoey stat’e «Barak Obama — ne musul’manin, no on v islame, kak i drugie xristiane»

Mana bu sizni ahmoq odam ekaningizni ko‘rsatib turibdi. B. Obama o‘zini xristian ekanini o‘zi aytdiku?!

Boshqa xristianlar qanaqasiga Islomda bo‘lishi mumkin?!

Ular Allohni yakka deb bilmaydilar. Kimki Xudoni yakkaligini tan olmasa mushrik bo‘ladi. Islomdan chiqadi.

Bu oddiy va ochiq haqiqat. Bu iddaoingizni siz qanday qilib “Qur’on asosida” isbotlaysiz?!

Qur’on va hadisdan xabari bor birorta odam yo‘qki,bu yozganlaringizni o‘qib ko‘rib, sizni ahmoq odam ekaningizni tan olmasa.

Qur’onda mana shunday oyat bor.

“Batahqiq Masih ibn Maryam Allohdir, deganlar ham kofir bo‘ldilar. Ularga: «Agar Alloh Masih ibn Maryamni, uning onasini va er yuzidagi barcha kimsalarni halok etishni iroda qilsa, kim uni biron narsadan man’ qila oladi? Holbuki, osmonlaru er va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir. U nimani xohlasa, xalq qiladi. Va Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt! (Nasorolar Allohga bergan ahdlarida vafo qilmagan eng bosh masala–Allohning tavhidini qo‘yib, shirkka burilishlari edi. Ularning zalolatga ketishlarining asosiy masalasi shu bo‘lgan.)” Moida 17 oyat.

Va yana ;

Alloh, albatta, Masih ibn Maryamdir, deganlar kofir bo‘ldilar. Masih ibn Maryam esa: «Mening Robbim va sizning Robbingiz Allohga ibodat qiling. Kim Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qiladir va uning turar joyi do‘zax bo‘ladir. Va zolimlarga nusrat beruvchilar yo‘qdir», dedi.

Moida surasi 72 oyat.

Va yana bu oyat bor.

Alloh, uchtaning uchinchisidir, deganlar, batahqiq, kofir bo‘ldilar. Yagona ilohdan o‘zga hech qanday iloh yo‘q! Agar aytayotganlaridan qaytmasalar, ulardan kufr keltirganlarini alamli azob tutadir.

Moida 73 oyat.

Demak nasorolar Islomda emaslar. Shuningdek, Obama ham. Shu haqiqatni tan olmasangiz demakki siz ham.

11. Maqoladan Iqtibos. A eto mnogim nashim lyudyam, simpatiziruyuщim «Xizb ut-Taxrir al’-Islami», no ne imeyuщim religioznogo obrazovaniya, prichyom, stanovyaщixsya musul’manami ne po ubejdeniyu i ne na osnove znaniya ot Boga, izlojennogo v etom svyaщennom pisanii, a po rojdeniyu i suщestvuyuщim musul’manskim obыchayam, ne izvestno, chto v sootvetstvii s 22-m ayatom 58-oy surы Korana nikakix partiy krome edinstvennoy partii veruyuщix v Boga (Allaxa), bыt’ ne doljno. A sozdanie samoy, ne sootvetstvuyuщey etoy Ego vole, partii i stanovlenie v ryadы takoy partii, kak «Xizb ut-Taxrir al’-Islami», yavlyayutsya tyajkimi grexami, veduщim pryamo v ad”

Janob akademik yuqoridagi so‘zlar sizni tuzalmaydigan jahli murakkab shaxslar jumlasidan ekaningizga ochiq dalildir. Siz o‘zingizni juda katta din Olimi hisoblab adashmadingizmi?!

Men Hizbut Tahrirni tarafini olmoqchimasman. Ammo, sizni ahmoqona dalillar keltirib, o‘zingizni donoyu olim hizbutlarni omiyu avom sanashingizga hayron qolayapman. Ular orasida juda katta ilm egalari bor. Ular siz kabi ahmoqona aljiraydigan shaxslar emas. Ular o‘z mujtahidlariga ergashadilar. xatolari bordir. Ammo, siz hali ulardan xato topaoladigan maqomga etmagansiz.

Siz qur’ondagi bir oyatga ishora qilib, ularni ilmsizligini isbotlamoqchi bo‘ldingizmi?!

Siz to‘la keltirmay o‘tgan oyat aslida sizga o‘xshagan eshshak fahmlarga qarshi imon islom yo‘lida kurashuvchi toifa haqida xabar berganku?!

Mana shu oyat.

Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilarga do‘stlik qilganlarini topmaysan. Hatto u(dushman)lar o‘z otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari bo‘lsa ham. Alloh undoq kishilarning qalblarida iymonni sobit qilgan, ularni O‘z huzuridan bir ruh bilan qo‘llagandir. Va ularni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritadir. Unda abadiy qolurlar. Alloh ulardan rozi bo‘ladir. Ular Allohdan rozi bo‘ladir. Ana o‘shalar, Allohning firqasidirlar. Ayo, ogoh bo‘linglar, albatta, Allohning firqasi, ha, o‘shalar yutuvchilardir.

Mujodala surasi 22 oyat.

12.Maqoladan Iqtibos. “Znachit, uzbekskie chlenы «Xizb ut-Taxrir al’-Islami», kotorыx poet «Muxammad Solix» iz-za svoey religioznoy bezgramotnosti i ne informirovannosti otnosit k «umerennыm veruyuщim», odin k odnomu otrajayuщim passionarnost’ naseleniya Uzbekistana, kak bы tam on ne govoril, otnosyatsya k chislu lyudey sposobnыx sostavit’ kostyak tolpы, kotorыe v nashix usloviyax prevratilis’ v nastoyaщix terroristov. Terroristov, kotorыx pravooxranitel’nыe i sudebnыe organы nashey stranы na zakonnыx osnovaniyax berut pod straju, sudyat i izoliruyut ot uzbekskogo obщestva.”

Avvalo shuni aniqlab olish lozimki, M Solih o‘z ma’ruzasida, umumiy qilib, barcha vijdon mahbuslarini e’tiqodi uchun qamalib yotganligini aytib o‘tgandi. Siz tuhmat qilib yana hizbut tahrirga urg‘u berayapsiz.

Qamoqxonalarda hizbut tahrirchilardan boshqa o‘n minglab dindorlar qamalib yotishibdi.

Ikkinchidan ularni terrorist deyishga sizni haqqingiz yo‘q.

Rejim qatag‘on qilgan minglab begunohlarni “terrorist, ekstremist deb, atash urf bo‘lgan. Sizga o‘xshagan kaltafahm rejim malaylari, oddiy xalqni begunoh farzandlari nohaq qamalib ketayotganiga ishonmaydilar. Ular to o‘zlarini boshiga shu kunlar tushmaguncha ko‘r ko‘zlari hech narsani ko‘rmay yashayveradi.

Alloh siz kabi maddohlarga shu dunyoning o‘zidayam jazo beradi inshaalloh. Bu jazo siz maqtayotgan zolimlar tomonidan keladi.

13.Maqoladan iqtibos; “Andijanskix sobыtiy, pol’zuyas’ kotorыmi on i drugie, oppozitsionno nastroennыe uzbekskie emigrantы, pыtalis’ i pыtayutsya ne tol’ko diskreditirovat’ vlasti Uzbekistana v glazax mirovogo soobщestva, nanosya nashey strane kak moral’no-politicheskiy, tak i kolossal’nыy ekonomicheskiy uщerb, no i sdelat’ sebe imya na etoy pochve.”

Andijonda minglab odamlar o‘ldirilgani haqiqat. Buni minglab guvohlari bor. Buni dunyo ahli ham ko‘rib turibdi. Va bu qilmishi uchun I.AK. boshchiligidagi rejim hali o‘z loyiq jazosini olgani yo‘q. Bu masala hali ochiq turibdi. Va vaqti kelib kun tartibiga qo‘yiladi.

Bu masalani huquqbonlar va muxolifat dunyo jamoatchiligiga qayta qayta eslatib turishi tabiiy. Afsus, dunyoda ham manfaatlar inson qadridan ustun turar ekan. Shu sababli hali ham Andijon qirg‘ini sababchilari jazolanmay qolmoqda.

Siz esa rejim xalqni iqtisodiy jihatdan boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yganini tan olmay, iqtisodiy zarar ko‘rayotganingizga ham muxolifatni aybdor qilmoqchimisiz?!

Bu gapga birov ishonarmikan?!

14.Maqoladan Iqibos; “A poet «Muxammad Solix», kak mne dumaetsya, ne dostoin ne to, chtobы bыt’ liderom uzbekskoy oppozitsii, no daje takoy reaktsionnoy organizatsii, kak NDU. Ibo, kak svidetel’stvuyut nekotorыe publikatsii, on sam yavlyaetsya terroristom, na pochve «arabskix revolyutsiy» i sozdaniya novoy reaktsionnoy organizatsii kak NDU, pыtayuщimsya vыyti iz krovavoy teni.”

Janob akademik O‘XHga kimni rais qilib saylashlikni sizdan so‘ramaymiz. Buni hal qilish sizgamas. Ammo, O‘XH siz aytgandek ekstremistik tashkilot ham emas. Agar ozgina fahm farosat bo‘lganida, tutiriqi yo‘q behuda gaplarni uyalmay netmay yozavermasdingiz?!

Shuningdek, M. Solihni terrorist ekanligini faqat siz va siz maddohlik qilayotgan rejim aytayapdi xalos. Uni BMT inson huquqlari qo‘mitasi oqlab qaror chiqardi. Uni Chexiya Sudi oqlab turmadan chiqarib yubordi. Unga Norvegiya siyosiy boshpana berib qo‘yibdi. U dunyoning barcha davlatida (O‘zbekistondan boshqa) bemalol yuradi. Sizni kalta fahm mezoningiz to‘g‘riroqmi yoki Xalqaro mezonlarmi?! Kimga ko‘proq ishonish mumkin?! Rejimingiz 18 yil davomida M. Solihni terrorist ekaniga nega G‘arbni ishontiraolmayapdi?!

Bu gaplaringiz quruq tuhmatdan boshqa narsa emas. Umuman sizni maqolangizda to‘g‘ri va haqiqatga yaqin fikrni o‘zi yo‘q. Na huquqiy jihatdan va na diniy jihatdan, yoki mantiqiy aqliy dalil isbot keltirishda, xullas hech bir jihatdan sizni maqola biror qadr qimmatga ega emas. Quruq safsata sotib, iflos jig‘ildoningizni to‘ldirishni maqsad qilgansiz xalos.

Agar rejimni amaldorlarida ozgina farosat bo‘lsa, sizni bu kabi ahmoqona maqolangiz uchun o‘zingizni tanobingizni tortib qo‘yishgan bo‘lar edi. Chunki, siz topshiriqni uddalay olmagansiz. Tuhmatlarni bir oz bo‘lsada ishonarli qilib keltiraolmagansiz. Bu maqola uchun Alloh tarafidan oxiratdagi jazodan tashqari, shu dunyoning o‘zida ham jazoingizni olasiz deb o‘ylayman inshaalloh. Zero, shunchalik ma’naviy pastkashlikga tushganingizni o‘zi sizga naqd jazodir. Qolganini sizga Alloh o‘sha siz maddohlik qilayotgan rejim tomonidan etkazishini duo qilib qolaman.

Sizga nafrat bilan Abutov. M. M.

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1211

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: