O‘XH Turkiya bo‘limi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. – uzxalqharakati.com


Jul 17th, 2011

14 iyul 2011 yil Istanbul. O‘XH Turkiya bo‘limi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish, so‘nggi 5-3 yil davomida Markaziy Osiyo(boshqacha O‘rta Osiyo)ning turli burchaklaridan (asosan O‘zbekistondan) har xil sabablar (ijtimoiy-siyosiy va boshqa xil) bilan Istanbulga kelib tirikchilik qilishayotgan kishilar bilan tanishish masalasida o‘tkazildi.

Shu kunlarda Istanbul shahrida “O‘rta Osiyo turklari” jamiyati(darnagi) ishga tushirilgan. Mazkur jamiyatning a’zolari asosan so‘ngi vaqtlarda O‘rta osiyodan chiqib ketishgan kishilardan iboratdir. Ularga Sharqiy Turkistonliklar (Uyg‘ur turklari) yaqindan yordamchi bo‘lib turishibdi.

“O‘rta Osiyo turklari” jamiyatining taklifiga ko‘ra, uning vakillari bilan O‘XH muassislar Raisi muhtaram Muhammad Solih janoblarining uchrashuvi o‘tkazildi. Yig‘ilishga o‘ttizdan ko‘proq kishilar qanashdi. Rais janoblari, yangidan ta’sis etilgan Harakatning yaqin va uzoqqa mo‘ljallangan dasturi va maqsadlari, vazifalari haqida qisqa nutq so‘zladi. Yig‘ilish qatnashchilarining ijtimoiy-siyosiy va diniy qarashlarga oid va bu masallarga O‘XH munosabatlari haqida qo‘yilgan bir qator savollariga javoblar berildi.

“O‘rta Osiyo turklari” jamiyati vakillari O‘XHni qo‘llab – quvvatlashlarini va Harakatda faol qatnashishlarini bildirishdi.

Xulosa, yig‘ilish qatnashchilari va uni tashkil etishganlar uchrashuvdan mamnun qolishdilar. Shu kabi uchrashuvlarning vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib turilishi maqsadga muvofiqligi alohida ta’kidlandi.

Xabarni tayyorlovchi Aliboy Yo‘lyaxshi.

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1205

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: