MXX NAYRANGLARI – uzxalqharakati.com


Jul 17th, 2011

2011 yilning 20 yanvar kuni tongda Surxondaryoning Oltinsoy tumanidagi “Bibizaynab” YPX maskanida “VMV” rusumli 19R 02-66 raqamli avtomashina to‘xtatildi. Avtomashinada haydovchi Botir Saidov, uning o‘g‘li Kamoliddin Saidov, Shavkat Turdiev va Mamarajab Hayitovlar bo‘lgan. Erta tongdan to kechgacha shu maskanda ushlab turilgan avtomashina olti marta tekshiruv va tintuv qilindi, kinolog mutaxassislar chaqirtirilib, “Jek” laqabli it vositasida ham tekshirildi.

“Bibizaynab” maskanidagi tekshiruv va tintuvlardan natija chiqmadi: “avtomashinadagi geroin” torilmadi. Avtomashina va undagi fuqarolar Denovdagi MXX idorasiga olib borildi. Bu idorada haydovchi va uning yo‘ldoshlari kaltaklandilar, “mashinadagi geroin qani?”, deb qiynoqlarga solindilar, ammo “avtomashinadagi geroin” topilmadi.

Denov MXX idorasi ham “avtomashinadagi geroin” ni topolmagach avtomashina va undagi to‘rtta fuqaro viloyat markazi Termiz shaxariga olib kelindi, etti kun davomida erto‘lada saqlandi va shundan keyingina “avtomashinadagi geroin” topildi. 2011 yilning 28 yanvar kuni 16 yoshar “holis guvohlar” Shahriyor Hurmatov va Abdusamad Asadovlar ishtirokida tekshiruv o‘tkazilib avtomashinaning qo‘l tormozi ichidan 335 gramm geroin topildi. Va bu to‘g‘rida dalolatnoma tuzildi.

“O‘sha kuni, ya’ni 28-yanvar kuni, tergovchi Nodirbek Karimov meni otam bilan yuzma-yuz qildirdi, deydi Kamoliddin Saidov. Otam Botir Saidovni meni oldimda haqorat qilib, urib do‘pposladilar. Otam 335 gramm geroinni bo‘yniga olmaganidan so‘ng, meni otam oldida qip-yolong‘och qildirib urdilar. Agar bo‘ynigga olmasang, urug‘ aymog‘ing bilan qiramiz, o‘g‘lingni yo‘qotamiz, ko‘z oldingda zo‘rlaymiz deganlaridan keyin otam majburan bo‘yniga

oldilar, o‘g‘limga tegmanglar dedilar. Tergovchi Nodir Karimov otamdan

“335 gramm geroin moddasi meniki, uni sotishga olib borgandim” deb

tushuntirish xati yozdirib oldi.. O‘sha kuni kechasi yarim tunda viloyat MXX erto‘lasidan meni chiqarib yubordilar”

B.Saidov va uning uyushgan jinoyat “guruhi” O‘zbekiston Respublikasi JKning 273 moddasi 3qismi va 34 moddasiga ko‘ra, “havfli retsidivist” degan “tamg‘a” bilan 12 yilga ozodlikdan mahrum etildilar.

 

Surxondaryodan Akobir Isaev

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1208

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: