Bosh vazirga qarshi chiqqan kim? – yangifikr.com


O‘zbekiston xukumati, o‘zining pozitsiyasini qattiq ximoya qilishning xadisini olgan. U bu yo‘lda xech narsadan qaytmaydi. Birgina 2005 yilgi Andijon voqealarini eslang…

O‘zbekiston ichida, Yaratganning bir mo‘’jizasi sifatida kam sonda saqlanib qolgan xuquq ximoyachilari va boshqa fuqarolik sektori vakillarining kucha-kuyga chiqib, miting yoki piket uyushtirishlari u yoqda tursin, suv tanqisligi va gaz to‘lovlariga o‘xshagan maishiy muammolarni qo‘tarib chiqishlarini xukumatimiz xuddi bir erka va tantiq bola kabi juda xam og‘riqli qabul qiladi. Bunday fuqarolarni “to‘g‘ri yo‘lga solish” va “jamiyat uchun foydali insonlarga”,  aylantirish va nixoyat, xech bo‘lmasa esini kirgizib qo‘yish uchun xarakatlar boshlaydi.

Biroq, militsiya yoki Milliy xavfsizlik xizmati idoralari xam ba’zi xolatlarda, xorijiy tashkilotlar e’tiboridagi “o‘zidan ketgan” fuqarolar bilan murosaga bora olmaydi. Shunda  xukumat o‘zidagi eng so‘ngi kozir kartani, ya’ni “pikovaya dama”ni ishga soladi.  Va o‘sha fuqaroning uyi oldida, g‘alati g‘alati ayollar o‘ralashib, uni yo‘lini poylashib qoladi. Qolgani esa o‘zingizga ma’lum…

Oradan salgina vaqt o‘tmasdan, “palonchini bozorda xotinlar urib ketishibdi, pismadonchiev bor ediku, xokim bilan kuchada aytishgan, o‘shani uyiga bir to‘da xotinlar bostirib kirishib, boshini yorishibdi, anavi bolalarni paxtaga chiqarmaymiz deb kuchada palakat ko‘tarib yuradigan bir jinni borku, uniyam xotinlar ushlab ustunga bog‘lashib ketishibdi ” kabi gaplarni eshitib qolaverasiz.

Mening o‘zim, jurnalistik va xuquqbonlik faoliyatim davrida bu kabi voqealarni ko‘p ko‘rdim.

Mashxur xuquq ximoyachisi Tolib aka Yoqubov xam Jizzax shaxrida o‘tkazgan qator piketlari natijasida, bir to‘da shallaqi ayollarning xujumiga duchor bo‘lgan.

Yana bir xuquq ximoyachisi Baxtiyor Xamroev esa, o‘z o‘yida mexmon bo‘lib turgan Buyuk Britaniya elchiligi xodimlari ko‘z o‘ngida maxalliy ayollar tomonidan kaltaklangan.

Men bu xodisaning bevosita guvoxi bo‘lganman va Baxtiyor akani viloyat markaziy shifoxonasining travmatologiya bo‘limiga o‘zim olib borganman.

Elchixona xodimlari esa, militsiya kurshovida uydan chiqishib, mashinalariga o‘tirishgan va Toshkentga jo‘nab ketishgan.

Keyinchalik, bu voqea tafsilotlarini o‘rganganimda, bosqinchi ayollarning ko‘pchiligi, Jizzax bozorlarida tilla, sigareta, aroq va boshqa noqonuniy narsalar savdosi bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi. Jizzax shaxar xokimi (sobiq) Xakimjon Inomjonov buyrug‘i bilan, shaxar sanitariya va epidemiologiya bo‘limi boshlig‘i Fikriya Komalovna ayollarga bosh bo‘lib, ularni Baxtiyor Xamroevning uyiga boshlab kelgan.

Xozirda Shvetsiyada yashayotgan jurnalist do‘stimizTo‘qin Qoraev xam ko‘chada ana shunday bir ayolning shantajiga uchrab, xibsda xam o‘tirib chiqqan.

Mashxur xuquq ximoyachisi Mo‘’tabar Tojiboevani kurash maydonidan chetga chiqarish uchun xukumat amaldorlari yana o‘sha jirkanch usuldan foydalanishgan. Bu ayol bir necha marta xalq orasida “engiltak ayollar” nomini olgan kimsalar xujumiga uchragan…

2004 yilning dekabr oyi okshomlaridan birida men va “Ezgulik” jamiyatining  a’zosi Jamshid Muxtorov Jizzax shaxridagi kafelardan birida ovqatlanib chiqayotganimizda, oldimizda olifta kiyingan bir ayol paydo bo‘ldi va bizdan gugurt so‘radi.

Jamshid va men gugurtimiz yo‘qligini aytdik. Ayol birdaniga “Senlar nega meni xaqorat qilishyapsan? Men senlarga ko‘rsatib qo‘yaman xozir” deya chinqirib qoldi.

Yana ikki ayol etib keldi va endi ular uch kishilashib baqirishga tushishdi.

Darxol militsiya xodirlari paydo bo‘lishdi va tabiiyki bizni “Mast xolatda ayollarga tegajog‘lik qilishgan” deb, xushyorxonaga olib ketishdi.

Biz ichmaganligimiz uchun xushyorxona qabul qilmadi va ertalabgacha bizni shaxar ichki ishlar bo‘limida saqlashdi. Ertalab esa, Jizzax shaxar ichki ishlar bo‘limining o‘sha paytdagi boshlig‘i Erkin Xusanov shaxsan o‘zi bizga “Xalqaro tashkilotlar bilan aloqada bo‘lmayman, viloyat kattalari xaqida maqola yozmayman, inson xuquqlari bilan shug‘ullanmayman” ma’nosida tushuntiish xati yozdirdi.

Bu tushuntirish xatini shoshib pishib yozib berdik, chunki, bu yozuvlar vaqtlar kelib, bizning qanday davlatda yashab, qanday og‘ir sharoitda ishlaganimizni isbotlovchi bir varaq edi.

Ruslarda “Yomon odat yuqumli bo‘ladi” degan ma’noni beruvchi maqol bor. O‘zbekiston xukumatining engiltak va buzuq ayollar ortiga o‘tib berkinishi, Qirg‘izistonning O‘sh shaxri meriga xam xavasini keltiribdi. Xozir asosan o‘zbeklarning makoni bo‘lgan bu shaxarda OBONchilar (otryad bab osobogo naznacheniya – maxsus e’tibordagi ayollar otryadi) guruxi shafqatsizlik bilan faoliyat ko‘rsatyapti. Ular belgilangan joylarda yashin kabi paydo bo‘lishib, asosan o‘zbek millatiga mansub fuqarolarni kaltaklash va shantaj qilish bilan shug‘ullanishyapti.

O‘zbekiston xukumati mamlakatning xar bir viloyatida ana shunday ayollar guruxlari tashkil qilgan va bu guruxlar kunning istalgan paytida, xar qanday shaxarning istalgan burchagida paydo bo‘lishadi va ko‘rsatilgan odamning “aqlini kirgizishadi”….

Naqadar sharmandali va millat nufuzini erga urguvchi bir amaliyot….

Kuni kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan bir voqea, OBONchi ayollardan foydalanish, davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ko‘rsatdi. Ya’ni, quyi pog‘onada afzalliklari  sinab ko‘rilgan amaliyot, endi bevosida parlament doirasiga qo‘chdi.

Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev  Oliy Majlisning ikki palatasi a’zolari ishtirokida o‘tgan qo‘shma yig‘ilishda o‘z hisobotini taqdim qildi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bora sodir bo‘lgan bu voqea, avvaldan ko‘pchilikning diqqatida edi. Bosh vazirning xisobotini kamchiliksiz deb topgan deputatlar endigina qarsak chalishni boshlayotganlarida, ommaviy axborot vositalarida nomi keltirilmayotgan bir deputat ayol minbarga chiqadi.

O‘sha ayol bir necha jiddiy muammolardan gap ochadi va Bosh vazirga savollar bilan yuzlanadi.

Uzmetronom saytining xabar berishicha,  deputat ayol bir qator konkret masalalar, jumladan, har yili 1 millionga yaqin odamning ish bilan ta’minlanishi rasman aytilsada, aslida ishsizlik ko‘rsatkichining yuqori ekani; ilg‘or, deya rasmiy hisobotlarda nomi keltirilayotgan fermerlarning tekshiruv jarayonida aslida hayotda mavjud emasligi aniqlangani; viloyatlarda maktablarning kompyuterlashtirilgani haqidagi rasmiy ma’lumotlar ham haqiqatdan yiroq ekanini tilga olgan.

Butun boshli bir O‘zbekistoning kattayu kichik amaldorlari ko‘l ostida bo‘lgan Bosh vazirga qarshi chiqish, uning nutqini jiddiy tanqid ostiga olish, xozirgi O‘zbekiston sharoitida xech kimning xaddiga sig‘maydi.

Faqat birgina odam Shavkat Mirziyoevga tik qarashi va qayirib tashlashi mumkin xolos, u xam bo‘lsa, mamlakatdagi diktaturaning asoschisi Islom Karimov.

Mamlakat parlamentida bo‘lgan bu voqea, O‘zbekiston ichidagi xar qanday jiddiy o‘zgarishlar Islom Karimovsiz amalga oshmaydi degan fikirni asoslashga urinish desa xam bo‘ladi.

Mamlakatni bugun boshqarayotgan kuchlar, turli inqiloblarni kutib o‘tirishmaydi endi. Chunki bilishadiki, inqilobiy yo‘l bilan xukumat almashsa, ular bor yo‘g‘idan ajraladilar va zindonda chirib ketishlari xam mumkin. (axir qaytar dunyo bu….).

Shuning uchun ular turli sun’iy yo‘llar bilan, parlamentni yasama tortishuvlar va boshqariladigan siyosiy debatlar maydoniga aylantirishga urinishyapti.

Zamonaviy o‘zbek parlamentarizmi saxnasida kuni kecha premьerasi bo‘lib o‘tgan “Deputat ayol Bosh vazirga qarshi” spektakli, Oqsaroydagi rejisserning navbatdagi muvafaqiyatli fitnasi xolos.

Bunday tomoshalar tez kunlarda viloyatlardagi maxalliy kengashlar saxnasiga xam ko‘chadi va joylardagi “o‘ta faol” ayollar endi xuquq ximoyachilarini emas, xokimlarning dodini berishni boshlaydilar…

 

Ulug‘bek.

 

http://www.yangifikr.com/news/index.php?option=com_content&view=article&id=257:2011-07-18-01-13-53&catid=1:latest-news

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: