O‘XH ning AQSh bo‘limi tashkil etildi. – uzxalqharakati.com


Jul 15th, 2011

2011 yil 14 iyul kuni AQShning Arizona shtati, Feniks shahrida O‘zbekiston Xalq Harakatining AQSh bo‘limi tashkil etildi. Shu kungi majlisda “Andijon – Adolat va Tiklanish” jamiyatining vakillari, o‘zbek muhojirlari va Feniks shahri mahalliy vakillari ishtirok etdilar.

“Andijon – Adolat va Tiklanish” jamiyatining Amerika bo‘limi raisi Mirzobedil Jabbarov O‘XH ning AQSh bo‘limini ochish munosabati bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishni ochib berdi:

Avvalom bor, assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Tadbirimizga xush kelibsiz! Bugun biz Arizona shtatining Feniks shahrida O‘zbekiston Xalq Harakatining bo‘limini ochmoqdamiz.  Tadbirimiz ochilish marosimiga bag‘ishlangan. Tadbirimizda asosiy masala bo‘limni ochish va bo‘limga mas’ul shahslarni tayinlashdan iborat.

Tadbir davomida bo‘limga mas’ul shahslar sifatida ushbu nomzodlar taklif etildi. Bular: Islomiddin Dolimov – bo‘lim raisligiga, Yusuf Sobirov – tashkiliy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar vazifasiga, Oybek Qo‘chqorov – iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar vazifasiga. Majlis qatnashchilari o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar. Shundan so‘ng barcha qatnashchilar ma’qulligi asosida nomlari tilga olingan shahslar mas’uliyat o‘rinlariga tayinlandi.

AQShda o‘z ishini boshlagan O‘XH ning yangi bo‘limi mas’ullari bilan ushbu adreslar yordamida bog‘lanishingiz mumkin:

Islomiddin Dolimov – bo‘lim raisi, email: idolimov@aatusa.org

Yusuf Sobirov – tashkiliy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar, email: usabirov@aatusa.org

Oybek Qo‘chqorov – iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar, email: bogbon.uz@mail.ru

 

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1173

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: