Markaziy Osiyo – dunyoning borutli bochkasi! – ERK


Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Vitaliy Volkov: Markaziy Osiyo dunyoning borutli bochkasi!

O‘tgan hafta Oqto‘be viloyati Shubarshu qasabasida (Qozog‘istonning – tahririyat izohi) salafiylarning mahalliy jamoasi a’zolari 3 politsiyachini otib o‘ldirishdi. Bu joriy yildagi birinchi favqulodda hodisa emas. Avvalroq  Aqto‘be davlat xavfsizlik departamenti (DKNB) binosida bir odam o‘zini portlatgan, Astana KNB qamoqxonasi yonida avtomobil portlagan, Almati kvartiralaridan biridagi qonli qirg‘inda diniy ekstremistlar tomnidan shahar maxsus otryadining deyarli yarmi safdan chiqarilgandi. Bu hafta esa Balxashdagi koloniyadan qochishga uringan mahbuslarning qurollangan guruhi o‘zini portlatib yubordi. Ular qatorida kamida bitta noan’anaviy diniy oqim tarafdori bor edi. Bularning hammasi Markaziy Osiyodagi osoyishta hayot nihoyasiga etganini ko‘rsatadimi? Ushbu mavzuda Aleksandr Krasner (“Novaya” – “Kazaxstan” nashri)  va Seytkazi Mataev (KazTAG) O‘rta Osiyo bo‘yicha taniqli nemis eksperti Vitaliy Volkov bilan Kelьn shahrida suhbatlashdilar.

(Suhbat zonakz.net  saytida chop etildi va biz uni qisqartirib bermoqdamiz – tahririyat izohi).

***

– Men avvaldan ikki yo‘nalishdagi bo‘hron yoyi haqida aytib kelmoqdaman. Ulardan biri Afg‘oniston va Pokiston orqali Hindistonga, ikkinchisi Markaziy Osiyo orqali Rossiya va Kavkazga uzaymoqda. Uning turli nuqtalarida olovlanish kuzatilmoqda va bunday sistemani ko‘rish mumkin. Islomchi terrorchilar keng frontda harakat qilishga, o‘zlarini muntazam eslatib turishga harakat qilmoqdalar. Har bir keng qamrovli terror harakati nafaqat e’tiborni balki tarafdorlarni ham o‘ziga tortadi. Qozog‘istonda tarafdorlar yollash uchun keng baza mavjud. Bu nafaqat qozoqlar, balki shu erda yashayotgan ko‘plab gastarbayterlar ham. Sizning hududingizda O‘zbekiston Islom harakati (O‘IH) bilan mahkam bog‘langan arablar faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Rossiyaning Kavkazlari. Ammo taktik maqsadlarda Qozog‘istonda vaziyatni beqarorlashtirish kerak bo‘lsa – bu ishni qiladilar. Biroq sizning maxsus xizmatlar, mening bilishimcha, ahvolni nazoratda tutmoqdalar.

Qirg‘izistondagi O‘IH assoida qayta shakllangan yashirin islom tashkiloti kuchli pozitsiyalarga ega va harbiy harakatlarga tayyor. Bu yangi O‘IHda Kavkaz va Rossiyaning boshqa hududlaridan kelgan jangarilar bor. So‘nggi davrda Qozog‘istondan ham a’zolar olish faollashgan.

Yangi O‘IH asosan Pokistonda ushbu davlat maxsus xizmatlari soyasida yashab turibdi va oilalari bilan qochib chiqqan avvalgi O‘IHdan farq qiladi. Yangi avlod hatto toliblarni ham titrata oladilar. Shariat qonunlarini qat’iyat bilan o‘rnatadigan bu begonalar avval Afg‘oniston, so‘ng Qirg‘iziston va Tojikiston orqali O‘zbekistonga bostirib kirishga tayyor. Tojikistonni ular jang maydoni deb hisoblamaydilar, mamlakatning ba’zi tumanlarida hozir ham ular istaganini qila oladilar. Mahalliy tojik hokimlari yo O‘IH tomonidan sotib olingan yo qo‘rqitilgan, yoki ayni maqsadlarni ko‘zlamoqdalar. Shuning uchun ular o‘z hududlaridan o‘tkazib yuborishadi. Ammo yangi O‘IHning asosiy g‘oyaviy maqsadi – O‘zbekiston.

Karimov ularga ochiq dushman, turli belgilarga ko‘ra uning kursisi liqillab turgani esa bor gap. Mamlakatda amaldagi hukumatdan norozilik sezilmoqda, Andijondan keyin o‘ziga kelgan xalqning passionarligi kuchaydi. Yaqinda arab tipidagi revolyutsiyaga tayyorligini bildirgan siyosiy kuch bo‘y ko‘rsatdi. Umuman aytganda, arablarning Markaziy Osiyoga bergan o‘rnagini ko‘pchilik, jumladan men ham, etarlicha baholamaganga o‘xshaymiz.

S. Mataev: Bir so‘z bilan aytganda Markaziy Osiyo davlatlariga  jangarilar kirib kelishi operatsiyalari tayyorlanmoqda?Mening bilishimcha, yaqin vaqtda Pokiston, Afg‘oniston, ba’zi Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng qamrovli operatsiyalar rejalanmoqda. Bu ishdan kim manfaatdor, kim moliyalashtiradi?Kamida 2 ta katta moliya manbai bor. 1-si: giyohvand moddalar trafigi. Aslida narkobaronlar beqarorlikdan manfaatdor emas.  Ularning doimiy mahsulot jo‘natish yo‘llari bor. Katta urush ularga zarar keltiradi, xolos. “Loyqa suvda balitq tutish uchun” kichik to‘qnashuvlar ular uchun yaxshiroq. Ammo dala komandirlari va narkobaronlar, ayni odam bo‘lsalar. Va yana prezident yoki prem’er bilan bog‘langan, qarindosh bo‘lsalar – ular uchun siyosat birinchi o‘rinda turadi. Giyohvand trafigidan tushadigan foyda esa ikkinchi o‘rinda.

Ikkinchi manba – arab mamlakatlaridan kelgan sponsorlar. Ular o‘z kanallari bo‘yicha jumladan O‘IHni moliyalashtirmoqdalar. Maqsad: xalifalik qurish. Ammo, tabiiy xalifalik qanday bo‘lishi kerakligi haqida turli tasavvurlar bor. Toliblarda boshqacha, O‘IHda boshqacha, vahhobiylarda boshqacha.

Afg‘onistondagi muvaffaqiyatsizliklar fonida NATOning Liviyadagi g‘alati urushi AQSh, balki Evropa siyosiy doiralarida, maxsus xizmatlarida va harbiylarida islomchilar bilan kurashishdan ko‘ra kelishish ma’qulroqmikan degan fikr mavjudmikan degan fikrga olib keladi. Sulh tuzish va ta’sir maydonlarini bo‘lishib olish. Bu taqsimot chegaralari qaerdan o‘tadi? Yuqori kabinetlarda qaerlarni islomchilarga berish va qaerlarni o‘zlarida olib qolish masalasi muhokama qilinadi. Masalan, polimetallar va neftьg‘gaz borligi uchun Afg‘oniston shimoli, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmanistonni qoldirishadi. Boshqalaridan, masalan Qirg‘iziston va Tojikistondan, esa islomchilar foydasiga voz kechishlari mumkin. Markaziy Osiyoda bilganini qilsinlar, biz uchun muhimi Evropaga tegmasalar bo‘ldi degan ma’noda.

Hozirgacha barcha markaziyosiyolik rahbarlar har qanday sharoitda ham G‘arb va Rossiya quvvatlashiga ishonishardi, chunki har qancha mustabid bo‘lsalar ham ular islomchilarga qarshi kurashishardi. Ammo G‘arb siyosatchilari Ben Ladenning vorislari bilan bir kelishuvga kelsalar vaziyat keskin o‘zgaradi. Ularga: “bolalar, biz uchun islomchilar bilan kelishish qulayroq, sizlar boshingizdagi qorni o‘zingiz kurayvering”, deyishlari mumkin.

– Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari bu vaziyatga haqqoniy baho berishmoqdami, vaziyatga yarasha harakat qilishmoqdami?

– Har xil harakat qilishmoqda. … Bilishimcha, O‘zbekistonda analitika bilan shug‘ullana oladigan kuchli xizmat mavjud. U erda eski sovet mutaxassislari ishlab turishibdi. Ular kelajakni oldindan ko‘rishga intilmoqdalar. Biroq ular ko‘rayotgan kelajakni porloq deyish qiyin. Iqtisodiyot kritik ahvolga kelgan.

Hatto Karimov ham klanlarga, dahshatli ko‘rinishlarga kelgan korruptsiyaga qarshi borolmaydi. Mafkura sohasida u hech narsa qilishga qodir emas, chunki aks holda o‘z-o‘ziga hukm chiqaradi – uni taxtdan ag‘darib tashlashadi.

U xavotirda qolgan bo‘lsada, ba’zi masalalarda siyosiy dahosini va ehtiyotkorligini ko‘rsatmoqda. Masalan, Qirg‘iziston voqealarini har xil baholash mumkin, ammo u siyosatchi sifatida o‘zini ko‘rsatdi va kuch ishlatmadi. Aslida ishlatish uchun asos bor edi.

Tojikistonda ham vaziyatni tahlil qilish degan narsa umuman yo‘q. Ammo u erda afg‘on dala komandirlari bilan aloqa mavjud bo‘lgani uchun Rahmon nima rejalanayotgani, kim bilan aloqa qilish kerakligi to‘g‘risida mish-mishlarni eshitib turadi. O‘zining barcha sobiq hamkasblarini u qamoqqa tiqib bo‘ldi. Ular ham katta mutaxassislar emasdi, ammo urush ko‘rgan, turli guruhlar aloqasi bor odamlar edilar. Bugungi kunda Rahmondan o‘z klani ham norozi – erkalab ketdi va kattalarni hurmat qilmaydi deyishmoqda. Rahmon Berdimuhamedovning yonida mehmon bo‘lgan va unga turkman modeli yoqib qolgandi. Shu asosda davlatchilik qurishga harakat qilmoqda. Ammo jo‘g‘rofiya va mamlakatning er tuzilishi (Afg‘oniston yaqin, markazdan ba’zi tumanlarni nazorat qilish mumkin emas), giyohvand moddalar trafigi va dala komandirlari borligini hisobga olsak, natija kutilganidan mutlaqo boshqacha bo‘lishi mumkin.

Qozog‘istonga kelsak – menimcha bu davlat analitikaga va Afg‘oniston atrofidagi jarayonlarga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak.

– A. Krasner: menimcha, bunday geosiyosiy vaziyat haqida Markaziy Osiyo rahbarlari hech vaqt o‘ylab ko‘rishmagan. Ular avvalo shaxsiy hokimiyatini saqlash va bu hokimiyat uchun klanlar o‘rtasidagi kurash ko‘proq tashvishlantirib kelgan.

– O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining yoshi turli siyosiy doiralar va elitalarni o‘zining hokimiyatga bo‘lgan talab-istaklarini o‘ylashlarini rag‘batlantiradi. O‘zbekistonda bu hol ayniqsa yaqqol seziladi va beqarorlikka sabab bo‘lishi mumkin. Mahalliy Milliy Xavfsizlik xizmati nazorati ostida bo‘lgan bir qancha guruhlar ko‘zga tashlanadi. Ammo MXX rahbari Inoyatov ham mamlakatning bir mintaqasida o‘z quvvatlovchi guruhiga ega. Atrofida lobbi shakllanadigan katta biznesmenlar bor, prezidentning katta qizi bor.

Qozog‘istonda sharoit ancha boshqacharoq. Ammo men, masalan, Rahat Aliev faktorini unutmaslikka chaqirardim. O‘zining imkoniyatlarini haddan ziyod bo‘rttirayotganiga qaramay u ko‘proq inertsiya shaklida vaziyatni jiddiy beqarorlashtirishda davom etmoqda…

 

– S. M.: Kuzgi saylovlar natijasida Qirg‘izistonda hech bir klanlar, guruhlar bilan bog‘lanmagan, xalq ommasining manfaatlarini ko‘zlovchi uchinchi bir kuchning davlat tepasiga kelishi mumkinligini tasavvur eta olasizmi?

– Men umuman erkin saylovlarga ishonchsizlik bilan qarayman. Siyosiy targ‘ibot paydo bo‘lganidan beri birinchi navbatda kimning bu targ‘ibot uchun qancha sarflagani katta rol o‘ynay boshladi…

Menimcha, nimadir o‘zgarishi uchun Shomilga o‘xshash xalqni kurashga ko‘tara oladigan yangi bir liderning paydo bo‘lishi kerak. Ammo bunda qon to‘kiladi. O‘zbekistonda men shunday bir liderning paydo bo‘lish ehtimolini ko‘rayapman. Balki bu odam Muhammad Solihning guruhidan bo‘lar. Chunki Solih xalqqa yaqin, taniqli shoir, xorijda yashayotgan muxolifiyatchi.

U hozir yangi harakat boshlanganini e’lon qildi va Karimov asosli ravishda qo‘rquvga tushdi. Buni nafaqat Solih aytmoqda, boshqa turli manbalardan ham vaziyat aynan shundayligini tasdiqlovchi ma’lumotlar kelmoqda. U ziyolilar vakili, bir tomonda ancha milliyatchi, ikkinchi tomondan sovet davrining dissidentlaridan. O‘zbek hayotiyligidan uzilar darajada G‘arbga bog‘lanmagan. Islomga xayrixoh, ammo fanatikmas. Men Solihning maddohi bo‘lmoqchimasman, uni bir qarichda o‘lchashga bo‘lmaydi. Ammo uning yonidagilardan kimdir xalqni ergashtirib ketishi mumkin. Bundan tashqari “Akromiylar” va boshqa yangi liderlar etishtirayotgan yashirin oqimlar bor.

Tolstoyning “Urush va tinchlik” romanida xalq ichida hech narsaga asoslanmagan mishg‘mishlarning tarqalayotgani, ularning ko‘p sonli odamlarni harakatga keltirgani, hatto partizanlar urushi boshlashiga olib kelgani yaqqol tasvirlangan. Shunga o‘xshash xalq muhiti O‘zbekistonda shakllanayotganini sezish mumkin.

 

http://uzbekistanerk.com/uzb/?p=2424

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: