Karim boboning Karimovga yo‘llagan ochiq xati – ponauz.com


Iyul’ 15th, 2011

Tat’yana Nazarenko, rangtasvir, moy bo‘yoq, “Qariya portreti”

Meni Karim bobo deydilar. Karim – mukarram, ya’ni ulug‘, bag‘ri keng, pok – degan ma’noni anglatadi. Xudo xohlasa 90 dan oshib, 91 ni qarshiladim. Kechirasan, senga sen deb murojaat qilmokchiman. Chunki, men sendan bir avlod kattaman va yana, bundan 22 yil ilgari, sanga o‘xshagan befarosat va chalasavodni qishloqimizdagi maktabning direktorlik lavozimiga ham tavsiya qilmagan bo‘lar edim. Nega-ki, sen bu ishni uddalay olmaysan.

Takdir shu ekan, sen O‘zbekistonday buyuk bir mamlakatning, noqonuniy bo‘lsang ham Prezidentisan: bu lavozimdan mutlaqo ketging yo‘q. Nega sen bu lavozimga bunchalar yopishib olding?!

– «Dunyoga mehr qo‘yma, bu dunyo bevafo dunyo» – degan eski donishmandlar. Sen bu foniy dunyodan u boqiy dunyoga ketib kolishingni ham unutayapsan.

O‘tganlarni esla:

– Mening siyosiy ongim N.S.Xrushchev davridan boshlangan. U kishi xalq uchun tinib tinchimaydi. Ammo kommunizm idealogiyasining kishilik jamiyatiga yaroqsiz ekanini tushunmaydi, o‘tib ketdi.

– L.I.Brejnev hammani o‘ziga taqqoslab yashadi. Xalqning ahvolini kabinetda o‘tirib o‘rgandi. Lekin xalqqa ozor bermasdan, o‘zidan-o‘zi mamnun bo‘lib, bu dunyodan o‘tib ketdi.

– M.S.Gorbachev ko‘tarilmaydigan yukni ko‘tarishga uringan polvon singari xalqqa kulgu bo‘ldi. Biroq xalqning elkasiga ortiq yuk yuklamadi.

– Tomdan tushgan tarashadek sen xalqning boshiga kelding. Kommunizm safsatasidan zada bulgan xalq sening ma’nan bu lavozimga noloyiq ekanligingni e’tiborga olmadi. Shu paytlardagi siyosiy davrada, oz bo‘lsa ham oqni qoradan ajratadigan shaxslar bor edi. Ularni yo‘qotding.

Shu paytlarda ham O‘zbekistonni va o‘zbek millatini nimaga muhtojligini anglaydiganlar oz emas edi. Shundaylardan biri bilan, ya’ni M.Solih bilan saylov o‘yinini ham o‘ynading. Sen «yutding». U «yutildi». O‘zlarini, tayinlangan lavozimlariga noloyiq ekanini va bu lavozimlar sendan ularga sovg‘a ekanini tushungan yugurdaklaring senga xizmat qila boshladilar.

Bir gaping ikki bo‘lmadi. O‘ta mudhish va qora niyatlaringni ularning qo‘li bilan amalga oshirding. Yugurdaklar aytganni ijro qiladigan qavm. Ular davlat ishlarni tushunmaslar.

Natijada mamlakatda talon-taroj ishlarining, poraxo‘rlikning va xalqni aldashning yangi cho‘qqisi paydo bo‘ldi. Chala iqtisod ham quladi. Mana 22 yildirki mamlakat savodsiz kadrlar bilan ta’minlanayapdi. Ishchiga, ziyoliga ishchi o‘rinlari yo‘q.

Uzimizning maxalliy vrachlarda davolanmas emishsan. Millatdan qo‘rqayapsan!

Xanuzgacha xalqni azobini berishning va aldashning yangi-yangi yo‘llarini izlayapsan.

Noto‘g‘rini to‘g‘rilamasang, noto‘g‘riligicha qolaveradi.

Xalq seni tushundi, sen xalqni tushunmayapsan. Tushunmaysan ham.

Televizordan chiqib – Men «yaxshiman» – deb nido qilganing bilan xalq e’tiboridan chetdasan. G‘arbdan keladigan baloga Moskvadan najot so‘rading. Moskvadan kelishi ehtimol bo‘lgan ofatdan, G‘arbga yolvording. Endilikda esa, sen kutmaganda zamon o‘zgarayapdi. G‘arb krizisda. G‘arb o‘z idealogiyasini o‘zgartirishi lozim. Yo‘qsa, u xalqni tamom xudo uradi. Rossiya benajot cho‘kayapdi. G‘arbning Sharq bilan idealogik yaqinlashuvi jarayoni ro‘y berayapdi. Sen buni tushunmaysan.

«Arab baxori» bu jarayonning muqaddimasidan dalolatdir. Bu voqealar o‘zbek xalqining ham o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirayapdi. Atrofingdagi yugurdaklaringni esa vahimaga solayapdi. Ularni kelgusida boshqara olmassan.

G‘arb va Moskva sening qo‘ling bilan O‘zbekistonda o‘zlariga kerak bulgan reformani amalga oshirmoqchi edilar. Buni uddalay olmading. Chunki sen faqat o‘z manfaatini ko‘zlagan odamsan. Ular har holda seni hurmat qilarlar. Ammo, lekin endi ishonmaslar. Endi sen ularga kerak emassan!

Tezda, sening nazaringdan chetda qolgan xalqing ham «sen prezident emassan!» – deydi. Shundagina qochadigan joying yo‘q ekanligini tushunasan. Bu fojiali ahvoldan seni yana shu xalq qutqaradi. Qachon-ki o‘z istaging bilan lavozimingdan voz kechib va uni xalq vakillariga o‘tkazsang.

Bilib qo‘y! Qizlaring ham, Shavkat ham va atrofingdagilar ham xalq vakillari emas!

Ular sening fojeang orqaligina boshingga etib, xalq e’tiborini qozonishga niyat qilgan shaxslardir.

Senga nasihat!

1. Islomga imon keltir.

2. Keyin yomon ishlaringdan tavba qil!

3. Istig‘for ayt.

Senga yordam qo‘lini cho‘zadigan do‘sting yo‘q! Yaxshi odamlardan do‘st tutunmagansan.

Umringda bir marta va tasodifan yaxshi odam bilan yo‘ling kesishgan. Sen uni pisand qilmagansan, nomini bulg‘amoqchi bo‘lgansan. Xatto o‘ldirmoqchi ham bo‘lgansan. Uni xudo asragan. Bu insonning nomi M. Solih. Sen undan nasihat so‘ra. Lavozimingni qaysi formada xalq vakiliga o‘tkazishni maslahat qil. Sen undan qo‘rqma. Xudodan qo‘rq.

M.Solih sening o‘ziga nisbatan yovuz niyatingni allaqachon kechirgan. U seni xalq oldida, uning olovli g‘azabidan ham qutqarar. Chunki u mard o‘g‘lon. U o‘z xalqini sevgan inson. Mabodo u seni avf etishni xalqdan so‘rasa, xalq unga yo‘q demas.

Karim bobo

http://ponauz.com/archives/1325

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: