Deputatlar Toshkentdagi propiskaga oid qonun loyihasini tasdiqladi – ozodlik.org


Yangi qonundan so‘ng, O‘zbekiston viloyatlaridan Toshkentga keluvchilarning shaharda o‘rinlashuvi nihoyatda qiyinlashadi.

15.07.2011

Unga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatiga doimiy propiskaga o‘tish yanada keskinlashadigan bo‘ldi.

14 iyul kuni O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga o‘tishga haqli shaxslar kategoriyasini belgilovchi qonun loyihasini qabul qildi. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifalari – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxati to‘g‘risida”gi  qonun loyihasi endi tasdiqlash uchun Senatga jo‘natildi.

2011 yilning yanvar oyidan O‘zbekiston fuqarolarining Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskaga olinishi to‘xtatilgan va bu jarayon kimning qaysi asosda doimiy ro‘yxatga olinishi qonun orqali aniqlangandan keyingina ochiladi, deydi Ozodlik muxbiri suhbatlashgan Toshkent shahar hokimligining propiska masalalari bo‘yicha o‘zini tanishtirishni istamagan ma’sullaridan biri .

– Ikkinchi o‘qishda tasdiqlashdi, lekin hali hech qanaqa hujjatlar tayyorlanmadi. Tayyorlab bizlarga jo‘natadi. “Mana bu ishni qilinglar” deb bizlarga topshiriq berishadi.

Ozodlik: O‘zi mohiyatda nima o‘zgardi?

– Hech narsa o‘zgarmadi. Bir xillar fiktivniy brakka o‘tib qilib oladi-da propiska masalasida. Shularning oldini olish masalasi ko‘rildi asosan. Ular bir yil turadida o‘zaro. Bir yil turgandan keyin propiskaga qo‘yish yo‘lga qo‘yilsin, degan. Oldin to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘laverardi. Er-xotin bo‘lsa bo‘ldi propiskaga qo‘yish yo‘lga qo‘yilardi. Hozir bir yil turib beradi, keyin komissiyadan o‘tadi. Ko‘proq viloyatdan xotin oladi-da, asl maqsad turmush qurish emas propiska bo‘ladi. Shunaqa maxinatsiyalarning oldini olish maqsadida o‘zgartirish qilindi.

Ozodlik: Uyi bo‘lib turib propiskasi yo‘qlar-chi?

– Uni o‘qidim. Loyihada ularga propiska qo‘yilsin deyilgan. Bu loyihada. Aniq nimasi 5-10 kun ichida kelib qoladi. Kelgandan keyin yana anig‘ini ko‘ramiz. Tayyorlanayotgan loyihani ko‘rgan edim men.

Ozodlik: Hozir rayonlarda hech kimga propiska bermayaptiku. Yopilgan deyaptiku.

– Oldin Oliy Majlisdan bizlarga kelib tushadi. Bu yoqdan qaror qilinadi. Qarordan keyin rayonlarda ish boshlanadi.

Ozodlik: Ungacha hech kimga propiska berilmaydimi?

– Yo‘q, ungacha berilmaydi. Bo‘ldi degani, hozir sessiya bo‘ldi. Sessiyada tasdiqlandi. Tasdiqlangandan keyin o‘shanga doir qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritildi.

Ozodlik: Bunga qancha vaqt ketadi?

– O‘rtacha bir oy. Ikki haftada ham bo‘lib ketishi mumkin. Tezlashtirishga bog‘liq. Qonun doirasida ko‘riladigan bo‘lsa, bir oyda bemalol qilishlari kerak o‘zi. Tartibi bo‘yicha shunaqa. Lekin tez ham, sekin ham bo‘lib ketishi mumkin. Endi muhokama qilinadi-da. Endi sekin muhokama qilinib pastga tushib ketaveradi.

Ozodlik: Masalan, mening singlimda viloyat propiskasi. Toshkentdan uy ololmaydi endi-a?

– Yo‘q, ololmaydi endi. Toshkent shahrida, Toshkent viloyatida propiskasi bo‘lmasdan turib uy olish mumkin emas.

Ozodlik: Toshkent viloyatida propiskasi bo‘lsa, shahardan olish mumkinmi?

– Masalan, siz shaharliksiz. Toshkent viloyatidan uy ololmaysiz o‘zingizning nomingizga. Toshkent viloyati ham shunaqa tartib qo‘ydi. Toshkent shahrida qanaqa tartib bo‘lsa, Toshkent viloyatida ham shunaqa tartib.

Ozodlik: Bu yangilikmi?

– Ha. Oldin Toshkent shahridagilar Toshkent viloyatidan uy olardiyu. Endi u narsa bo‘lmaydi.

Ozodlik: Toshkentda propiskasi bo‘lmasa, deylik, Qashqadaryodan kelib Toshkentda uy ololmadimi?

– Yo‘q. Oldin propiskaga o‘tadi. Toshkentda propiskadaman, xolamnikida yashayapman, uy olmoqchiman deb keyin uy olsa bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri propiskasi yo‘q bo‘lib turib uy ololmaydi.

Ozodlik: Masalan, mening jiyanim Qashqadaryodan kelib mening uyimga propiska qila oladimi?

– Bilmadim lekin. Misol uchun o‘g‘lingiz, qizingiz, yaqin qarindoshingiz nima bo‘lsa, o‘zingizga chaqirib propiskaga qo‘yishingiz mumkin. Jiyanga endi asos bo‘lishi kerak.

Ozodlik: Bu qonundan keyin ham propiska juda ochilmaydi-a?

– O‘zgarishlar ko‘p lekin. Sal qattiqroq bo‘ladi endi.

Ozodlik: O‘zi shundoq ham qattiq ediyu.

– Yana qattiqroq bo‘ladi endi. Chunki ko‘pchilik shundan foydalanib qilayotgan edida.

Ozodlik: O‘zi yopiq ediyu yaqingacha.

– U prosto vaqtincha edi. Siz ham to‘g‘ri tushuning-da. Viloyatlarda infratuzilma kuchaymayaptida, rivojlanmayapti. Odamlarning hammasi bu yoqqa kelaversa, o‘zgarish bo‘ladi, lekin shaharda ishsizlar soni ko‘payib ketib qoladiyu unda. Hamma viloyatdan kelaversa, me’yor buzilib ketib qoladiyu. Viloyatda ham o‘sish bo‘lishi kerakku. O‘sish hamma yoqda bir tekis bo‘lishi kerak, dedi Toshkent shahar hokimiyatining propiska masalalari bo‘yicha ma’sullaridan biri.

O‘zbekiston deputatlari, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifalari – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxati to‘g‘risida”gi  qonun loyihasini tasdiqlar ekan, bu qonun aholining konstitutsion haqlarini ta’minlashga qaratilgan va ushbu sohada yig‘ilib qolgan qator muammolarni hal qilajagini da’vo qildilar.

Ammo o‘zbekistonlik mustaqil  huquqshunoslar, bu qonunning asl mohiyatiga ko‘ra, ham O‘zbekiston konstitutsiyasi, ham O‘zbekiston hukumati qo‘l qo‘ygan xalqaro paktlarga mutlaqo zid ekanini ta’kidlamoqdalar.

– Qonun loyihasi bilan tanishmadim, lekin bilishimcha qonunda ko‘rsatilgan ikkita masala bor. Birinchidan, ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan inson va bundan tashqari oilaviy munosabatlardan kelib chiqib turmush qurgan inson Toshkent shahrida propiskaga ega bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilmoqda. Bu degani viloyatdan kelib ish topib ishlab turgan inson propiska masalasini hal qila olmasligi aniq ko‘rinib turibdi. Bundan kelib chiqib mehnat huquqining ham cheklanishiga olib keladi. Ya’ni u ish joyidan mahrum bo‘ladi.

Biz xalqaro hujjatlarga imzo chekkanmiz. Fuqarolik va siësiy huquqlari to‘g‘risidagi paktda 12-modda bor. Aynan  shu moddada “Inson erkin harakatlanish huquqiga ega” deb tan olingan. Bundan tashqari “davlat bu huquqni cheklashi mumkin emas” deb bizlar tushunishimiz kerak. Chunki xalqaro paktga bizlar imzo chekkanmiz va shu huquqning davlat hududida ta’minlanishiga kafolat olganmiz davlat sifatida. Agar hozirgi kunda biz qandaydir sabablar bilan, bahonalar bilan bu huquqni cheklaydigan bo‘lsak, bizlar mana shu huquqiy hujjatni buzgan deb hisoblanamiz, deydi o‘zbekistonlik mustaqil huquqshunos Gulnora Eshonxonova.

http://www.ozodlik.org/content/article/24266469.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: