Tarixga munosabat – uzxalqharakati.com


Jul 13th, 2011

Men professor Peter Sinnot bilan 2009 yil oktyabrida Bryusselda 13-may-Ittifoqi-xalkaro-konferentsiyasi paytida uchrashgandim.

Yoshi oltmishdan oshgan keksa professor o‘zbek tilida amal taqal qilib gapirar, ko‘proq ruscha aralashtirib fikrini tushuntirardi. Xullas, men o‘sha Qurultoyda u bilan uch to‘rt marta 5, 10 minutlar chamasi turli mavzuda asosan O‘zbekiston rejimi va uni o‘zgartirish masalasida suhbatlashgandim.

Shu bilan men yana u bilan 2011 yil 23 mayda Berlinda Novotel mehmonxanasida uchrashdim. Meni ko‘rgan zahoti tanigan professor kelib quchoqlashib ko‘rishdi. Va meni shahar bo‘ylab sayohatga taklif qildi. Mehmonxonadagi xonamiz tayor emasligi uchun, noiloj u bilan ketishga rozi bo‘ldim.

U menga Berlinga kelib, muzeylarini ko‘rmay ketishlik yaxshi bo‘lmasligi aytib qoldi. Men esa shaharda boshqa narsa qurib qolibdimi tomosho qilishga hayron bo‘ldim. Qanaqa muzey? deb so‘radim.

“Tarixiy muzeyga boramiz” dedi, professor.

Umrida muzeyga borib ko‘rmagan va muzey haqida tasavvuri juda sayoz odamga bunaqa joyga borishlik vaqtni behuda ketkazishdek tuyulardi. Ammo, u meni qo‘l siltab taksi to‘xtatdi. Xullas, biz taksiga o‘tirib Qadimiy xalqlar tarixi muzayiga bordik. Berlinni eski shahari markazidan o‘tgan kichkina anhor bo‘yida joylashgan muzeyga kirish bileti 15 evro ekan. Biletni professor oldi. Va eshikdan kiraverishdagi nazoratchiga berib, o‘tib ketdik. Avvaliga charchab kelganim uchunmi, unchalik yoqinqiramay indamasdan professorga ergashdim.

Balandligi 25, 30 metr keladigan ulkan va keng bino ichiga kiraverishda qulog‘imizga taqib eshitish uchun avto tarjimon berishdi.

Bu narsa bir necha tilda gapirib, muzey eksponatlari haqida ma’lumot berar ekan.

Muzeyda bir necha bo‘limlar bo‘lib, bir qismi antik dunyo deb ataladigan qadimgi Gretsiya va Vavilon (Bobil) davri eksponatlari qo‘yilgan keng va baland xonalardan iborat edi.

Boshqa bo‘limi Misr Firavnlari davri yodgorliklari va nihoyat Islom madaniyati davri yodgorliklari bo‘limlaridan iborat bo‘lib, eksponatlar turli yillar va davrlarni o‘z ichiga olgan edi.

Meni hayron qoldirgan jihati esa, o‘sha erdagi barcha narsalar Germaniya hududida bo‘lmagan bo‘lib, barchasi dunyoning turli burchaklaridan olib kelingan ekan. Men turli narsalar haqida professorga savoolar berardim. U sekin yurib javob berardi.

O‘sha uch ming yillar oldingi Grek afsonalari qahramonlari surati tushurilgan tosh lavhalar o‘sha tomonlardan olib kelinib, qayta o‘z holiga keltirib qo‘yilgan edi. Birinchi kirib keladigan katta zalda balandligi 10, 15 metrlik qadimgi grek shahari darvozasi oldingizdan chiqadi. Bo‘yi bir metr keladigan aylanasi ham shuncha katta xarsanglardan 12 tasi ustma ust qo‘yilib tepasiga iiki ustunni birlashtiradigan boshqa bir katta xarsang chamasi bo‘yi 10 metrlar, eni bir metr atrofidagi, ust tomoni turli xil suratlar chizib bezatilgan bu ulkan inshoot qanday qilib, Gretsiyadan Berlinga olib kelinganiga hayron qolasiz.

Ulkan zallar oralig‘ida u yoqdan bu yoqqa yuraverib, yoshi oltmishdan oshgan professor charchab qoldi. Men esa charchaganimni unutib qo‘ygan edim.

Boshqa zalda Vavilon shahari kichkina maketi va uni qoldiqlarini ko‘rinishi turibdi. Qaysi zalga kirsangiz ikki uch ming yil ilgari toshlardan yasalgan haykallar, katta tog‘oralar, turli xil tosh idishlar, kallasi odam suratidagi sherlar turganini ko‘rasiz. Bu toshlarni og‘irligi har biri bir necha tonnani tashkil qilishi aniq. Uni o‘sha Gretsiyadan va Iroqdan topib sotib olib kelib o‘rnatib qo‘yishni mashaqqatini endi tasavvur qilib ko‘ring.

Ammo, shularni nemislar qilishgan ekan. Bo‘lib ham bu muzey Gitler davridayam bo‘lgan. Va urushda AQSh samoletlari Berlinni bombardimon qilgan bitta zalga bomba tushib eksponatlarni parcha parcha qilgan ekan. O‘sha erda turgan bitta Toshdan yasalgan But haykalni keyinchalik parchalardan qayta tiklashgan. Minglab tosh bo‘laklarini nomer qo‘yib, qayta ulab chiqishgan. O‘sha nomerlarigacha ko‘rinib turibdi.

Firavnlar davri qismida Misrdan va umuman yaqin Sharq mamlakatlaridan jumladan Iroq, Iordaniya, maritaniya, Marokash va boshqalardan topib, kavlab olib kelingan turli tuman butlar haykallarni ko‘rishingiz mumkin. O‘sha haykallar yoki idishlar tagiga qaysi mamlakatdan olib kelingani yozib qo‘yilgan. Va o‘sha narsani kavlab olayotgan paytlari aks etgan suratlarni ham osib qo‘yishgan.

Islom madaniyati davri eksponatlari aks ettirilgan zallarda esa, ulkan gilamlar, maxsus shisha quti ichiga solib qo‘yilgan katta kichik har xil hajmdagi kitoblarni jumladan, Firdavsiyni Shohnoma asarini, Qur’oni Karimni, Ming bir kechani va boshqa turli kitoblarni turli davrdagi nusxalarini ko‘rishingiz mumkin.

Har bir zalda bir necha muzey xodimi mijozlarni kuzatib turishadi. Har bir eksponat ko‘z qorachig‘iday asraladi.Zallarda dunyoning turli tuman joyidan kelgan odamlarni uchratishingiz mumkin. Ammo, aksariyati nemislardan iborat.

Oxiri bor joyda kursilar qo‘yilgan ekan professor Peter Sinnot borib o‘tirib oldi. Va biz o‘tirib biroz suhbatlashdik.

Men bu ko‘rganlarimdan hayron bo‘lib, hamrohim Professordan “Bu toshlarni sotib olib, Berlinga olib kelish nemislarga nimaga zarur bo‘ldi ekan” deb so‘radim.

U esa ko‘z oynagi tagidan menga hayron bo‘lib, qaradida, o‘zbekcha ruscha aralash; “Bu narsalar aslida juda qimmatbaho narsalar hisoblanadi. Bularni barchasi begona yurtlardan olib kelingan. Kambag‘al davlatlardagi amaldorlar mana shunday tarixiy eksponatlarni arzimagan pulga sotib yuborishadi. Ammo, nemislar biladi bularni qadrini. Olib kelib Berlinni qoq markaziga qo‘yib qo‘yishibdi” deb javob berdi.

Bir joyda maktab o‘quvchilari o‘z o‘qituvchilari bilan gala gala bo‘lib kezib yurishardi. O‘qituvchilari ularga nemis tilida, qadimgi davrlar haqida gapirib berayapdi.

Men o‘zimcha ularga qarab nemis davlati uchun ko‘p qimmatga tushadigan bunday muzeyni nima uchun barpo qilish sababini tushunganday bo‘ldim.

Bu muzeyni ko‘rib o‘qib o‘rgangan ta’lim olgan bolalar bilan, o‘z tarixidan (dunyo tarixidan) bexabar yoki yuzaki qisqacha kitoblardan ta’lim olgan bolalar ilmda teng bo‘lolmasalar kerak?!

Ularni o‘z tarixi va boshqa xalqlar tarixiga, hayotga, madaniyatga va umuminsoniy qadriyatlarga, xalqaro aloqalarga munosabatlari ham barobar bo‘lmasa kerak?!

Bunaqa katta sarf xarajat sarflab barpo etiladigan muzeylar O‘zbekiston kabi xalqi ishsiz va och yashaydigan davlatda barpo bo‘lishi dargumon.

Meni o‘zim ham hayotimda muzeylarga borib ko‘rmay katta bo‘lganman. Shuning uchun bu kabi umuminsoniy tarixga tegishli qimmatbaho tarixiy ashyolarni qadrini bilmasdim.

Bugun buni ko‘rib nimalarnidir anglayotganday edim.

Ammo, dunyoning ko‘p joylaridagi va mening yurtimdagi millionlab yosh bolalar esa, manqurt diktatorlar tufayli kelajakda yana men kabi, dunyodan bexabar bo‘lib o‘sib ulg‘ayotganlarini ham anglar edim.

Va buni anglashlik menga nihoyatda alamli edi.

 

Abutov M.M.

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1137

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: