Sotilmagan kiming qoldi, Turkiston


Iyul’ 13, 2011

Yodgor Obid

 

Bo‘g‘zimda tosh kabi tiqilgan armon

Kechmishing, buguning o‘ylab bag‘rim qon,

Ko‘zlarim jovdirab sendan so‘rayman,

Sotilmagan kiming qoldi, Turkiston!

Boshingga bulutday balolar yog‘di,

G‘animlar qoningni so‘rdi-yu sog‘di,

Erlar yuz o‘girdi, yog‘iyga og‘di,

Sotilmagan kiming qoldi, Turkiston!

 

Biring u dedi-yu biring bu dedi,

Kimga non, kim uchun jon qayg‘u dedi,

Ayb xalkda, u g‘aflat, seruyqu dedi…

Sotilmagan kiming qoldi, Turkiston!

 

Oliming yaltog‘u, mirshabing qonxo‘r,

Yurtning tekin noni ko‘zin qilgan ko‘r,

Ularga suyangan el manglayi sho‘r…

Sotilmagan kiming qoldi, Turkiston!

 

Bulbuldek hofizing holi ne bo‘ldi,

Ko‘ksiga kuy emas, nayranglar to‘ldi,

Baloyi-nafs uchun g‘ururi o‘ldi…

Sotilmagan kiming qoldi, Turkiston!

 

Ayqirgan shoirlar sultoni qayda,

Yaloqdan bosh uzmas, imkoni qayda,

Dard – niqob, din – niqob,imoni qayda…

Sotilmagan kiming qoldi, Turkiston!

 

Millati noaniq cho‘tir bir ma’lun

Tojdorlik da’vosin qilmoqda bu kun,

Noyiblar shundan ham rizq izlab dilxun…

Sotilmagan kiming qoldi, Turkiston!

 

Qora rang tuyg‘ular cho‘mmoqda ko‘zga,

Qonli yosh dog‘ bo‘ldi bitilgan so‘zga.

Jafokash, zahmatkash xalqimdan o‘zga-

Sotilmagan kiming qoldi, Turkiston!

 

http://turkiston.ucoz.ru

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: