Mirshablar quturdi – ezgulik


July 13, 2011

Cudlar ularning jirkanch manfaatlarini qonunlashtirmoqda

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatiga murojaat qilgan Toshkent shahar Olmazor tumani Guruchariq ko‘chasi 11-uyda yashovchi fuqaro Nargiza Nizomova o‘g‘li Nodirxon (1989 y.da tug‘.)ning O‘zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib yoki ishlatmay g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinganini ta’kidlagan. Ish materiallariga ko‘ra, 15 yoshli A. Sh. ismli fuqaro Olmazor tumani IIBga 2001 yilning 18 mart kuni bu xususda murojaat qilgan, ariza asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tayinlangan ekspertiza xulosalari zo‘rlash holatining sodir bo‘lmagani, jinoyat izlari yo‘qligini ko‘rsatmoqda. Voqea shohidi bo‘lgan birorta guvoh ham yo‘q, jabrlanuvchi tuhmat qilganman, deya arizasini qaytarib oldi. Suddan Nodirni jazolamaslikni so‘rab, o‘zlarining vijdoni qiynalayotganini tan oldi. Lekin baribir jazo berildi…

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Yo‘ldoshboy ko‘cha Shodlik ko‘chasi 33-uyda yashovchi Merganboy Shakarov o‘g‘li Furqat (1986 y.da tug‘.)ning O‘zbekiston Respublikasi JKning xuddi shu moddasi bilan 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingani, jabrlanuvchilar engiltak ayollar bo‘lgani, ekspertiza xulosalari farzandining aybdor emasligi, guvohlarning yo‘qligi, iqrorliklar esa vahshiyona qiynoqlar asosida olingani borasida shikoyat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, IIB xodimlarining bevosita sherigi bo‘lgan jabrlanuvchi xonimlar avval ham ikki marta tovlamachilik aybi bilan sudlangan, tergov jrayonlari ketayotgan paytda yana jinoyat ustida qo‘lga olingan. Lekin sud baribir Furqatga nisbatan jazo tayinladi…

Samarqand shahrida esa aka-uka Isomiddin, Nizomiddin va Sirojiddin Ergashevlar xuddi shu xildagi jinoyatlari evaziga umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Sudlanuvchining ota-onalari tergov davrida farzandlarining aybni tan olmaganlari uchun salkam nogiron bo‘lib qolganini, ish ochilmay qolgan jinoyatni ochish uchun tashkillashtirilganini ta’kidlashmoqda. “Zo‘rlangan qizning yonidan militsiya xodimining xizmat guvohnomasi chiqdi, bolalarim bekorga qamalib ketdi” deydi tergov davridayoq O‘zbekiston TV orqali jinoyatchi deb e’tirof etilgan aka-ukalarning bechora onasi. Sud qo‘llanilgan ayovsiz qiynoqlar, zo‘raki iqrorlik va dalillar qrama-qarshiligiga qaramay aka-ukalarga nisbatan jazo tayinladi…

Nomusga tegish jinoyati bilan bog‘liq bir qancha ishlarni o‘rgangan “Ezgulik” jamiyati huquqshunoslari bu xildagi jinoyatni sodir etgan shaxslarning hammasi ham jazolanavermaydi, deydi. Masalan, agar zo‘rovon huquqni muhofaza qilish organi xodimi bo‘lsa. Sirdaryo viloyati Guliston tumani Dehqonobod dahasi Turkiston ko‘cha 74-uyda yashovchi soliq inspektsiyasi xodimasi Saodat Abdualimovaning shikoyati bunga kafil. Unga nisbatan Oq oltin tumani prokuraturasining Soliq, valyuta va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash bo‘limi vakili Mirsiddiq Badiev zo‘rovonlik qilgan, ya’ni nomusini toptagan. Lekin bu boradagi jinoyat ishi zo‘rovon huquni muhofaza qilish organi xodimi bo‘lgani bois yopilib ketdi. 2009 yilda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIB izolyatorida zo‘rlangan Rayhon Soatova hodisasi, Qashqadaryo viloyati IIB tergovxonasida nomusiga tahdid qilingan Shohista Maxsumova voqeasini ham misol tariqasida keltirish mumkin.

20 yildan beri qonunsiz ishlayotgan militsiya organi, uning nomusga tegish bilan bog‘liq vaziyatlarga munosabati, tergov uslubi va kundan kunga takomillashib borayotgan qiynoq usullarini aks ettirgan yuqoridagi jinoyat ishlarini tahlil qilarkanmiz, bevosita ko‘ngilga vahm oralaydi. Sudlar ularning kar’erasi uchun amalga zo‘rovonligini qonunlashtirar, prokurortura, xavfsizlik xizmati va hukumat qulog‘iga paxta tiqib olgan ekan, hech birimiz bu zo‘rovonliklar qurboni bo‘lishdan himoyalanmaganmiz.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati mazkur jinoyat ishlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumini maxsus tahlil o‘tkazish, Parlamentning inson huquqlari bo‘yicha vakili hamda Respublika inson huquqlari Milliy markazini tekshiruvlar o‘tkazishga chaqiradi.

 

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati

 

http://yangidunyo.com/?p=20862

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: