Fohishabozlar qolib, ular haqda xabar bergan tergaldi – ozodlik.org


14.07.2011

Sarvar Usmon

Militsionerlar islovatxonalarga homiylik qiladi, degan huquq faoli militsiyaga rasman tushuntirish berishga majbur bo‘ldi.

“Ozodlik orqali Toshkentning Sebzor dahasida fohishaxonalarning ko‘payib borayotgani, unga bevosita mirshablarning homiylik qilayotgani haqida gapirgan “Ezgulik” jamiyati huquqshunosi Gulnora Oqilova Toshkent shahar IIBBga chaqirtirildi”, deb xabar qildi “Harakat” xabar agentligi.

Muxbirimiz Sarvar Usmon Gulnora Oqilova bilan bog‘lanib, undan boshqarmaga chaqirtirilishi tafsilotlarini so‘radi.

– Kecha soat 11ga shahar ichki ishlar militsiyasiga meni povestka bilan chaqirishdi. Suhbatimiz shundan iborat bo‘ldiki, fohishalar qaerda bor, qaysi adresda. Masalan men atrofimda bo‘layotgan fohishaxonalarni, odamlarning kirib chiqishlarini, to‘polonlarini hammasini yozib berdim. Yozma ravishda yozib bering, dedi.

Ozodlik: Gulnora opa, tuman ichki ishlar bo‘limigami yoki shahar Ichki ishlar boshqarmasigami?

Birinchidan, bir kun oldin tuman ichki ishlar bo‘limining bizlarda uchastka nozirlari bor. O‘shalar kelishdi uch kishi bo‘lib. Povestka berishdi. “Shaharga chaqirishayapti sizni. Bir borib gaplashib kelasiz” dedi. Keyin bordim kecha.

Ozodlik: Povestkada nima deb yozilgan? Sizni guvoh sifatida chaqirishdimi nima sifatida chaqirishdi?

– Hech narsa yozilmagan. Faqatgina mening ismim, familiyam, otchestvom, soat 11ga deb yozilgan bo‘ldi. 11da bordim. “Madaminov Bahrom degan odamning oldiga borasiz” dedi. Telefon qildim. Madaminov Bahrom, degan kelib olib chiqib ketdi. Kabinetiga olib chiqdi. O‘sha erda ikki soat ushlab o‘tirdi meni. Boshqatdan tushuntirish xatlari yozib berdim. Haqiqatan ko‘rgan narsalarimni, bor narsalarni yozib berdim. Yo‘q narsani gapirganim yo‘q.

Ozodlik: Sizga pritonlarning adresini yozib ber deyishdi-a?

– Ha.

Ozodlik: Yozib berdingizmi?

– Yozib berdim men bilganlarimni. Chunki tushuntirish xatini o‘zi qonunan guvoh odam berardi. Aybdor odam tushuntirish xati yozadi. Men o‘zim aytib, bu haqda informatsiya berib, men ham gunohkor bo‘ib tushuntirish xati yozib keldim.

Ozodlik: Uchrashuv nima bilan tugadi?

– Boramiz, tekshiramiz, dedi. Keyin kechqurun uchastka noziri telefon qilib kelib yana so‘radi. “Bordingizmi?” dedi. “Bordim” dedim. Bo‘ldi. Keyin ketishdi. Bular “Bizlarni yomonlamadingizmi” deb baqirishayapti. Uchastka nozirlari “Bizlarni yomonlamang” deb tayinlab yubordi.

Ozodlik: Boshqarmada yomonlamang deb-a?

– Ha. “Bizlar harakat qilamiz. Yo‘qotamiz hammasini. Bekitamiz” deyishdi.

Ozodlik: Pritonlar haqidagi suhbatimiz efirga ketganidan bir necha hafta o‘tdi. O‘shandan beri hech qanaqa o‘zgarish bo‘lgani yo‘qmi?

– Yo‘q.

Ozodlik: Sizni mana boshqarmaga chaqirishibdi. Balki endi o‘zgarish bo‘lar. Bo‘lishiga ishonasizmi?

– Bilasizmi, men bu haqda bir yarim yildan beri hammaga gapiraman. Uchastka nozirlariga yalinardim, yolvorardim. “Iltimos qaranglar. Shunaqa gap bo‘layapti, notinch hamma yoq” dedim. UVDda spetsialno boshqarma bor ekan militsiya xodimlarining ishlarini tekshiradigan. O‘sha erga ham yozganman. Men prokuraturaga ham yozganman. Javob olganman. Prokuraturadan olganimga uch oy bo‘lgan.

Ozodlik: Nima degan javob?

– Tekshirdik, shtraf qildik, bo‘ldi. Ayrim kvartiradagi ijarachilarni shtraf qildi bo‘ldi. Boshqa gapga o‘tishmadi. 44 dom 141-kvartira bo‘yicha ham yozganman. Odamlarning kechasi bilan kirib chiqishlarini. Bu haqda ham xuddi shunaqa. Shtraf qilindi, propiskasi yo‘qligi, ijarachi ekanligi aniqlandi, boshqa hech qanaqa javob yo‘q bizda.

Ozodlik: Mana kecha boshqarmaga borib tushuntirish xati yozib keldingiz. Endi o‘zgarish bo‘ladi deb ishonasizmi yo‘qmi?

– Men ishonmayman. Bir yarim yildan beri gapirib keldim, o‘zgarish bo‘lmagan, endi bo‘lmasa kerak. Jimjit hamma yoq. Sizga interv’yu berganimga ham ikki hafta bo‘ldi.

Ozodlik: Ozodlikka nima qilasan gapirib degan tana dashnomlar bo‘lmadimi uchastka nozirlari yoki boshqarma tomonidan?

– Bo‘ldi. Uchastka nozirlaridan bo‘ldi. Boshqarmada “Tumaningizdagi militsiya xodimlari bilan gaplashsangiz bo‘lmasmidi? Nima uchun Ozodlik radiosiga berasiz butun respublikaga sharmanda qilib” dedi. Men “Bor gapni gapirdim. Ichimdan to‘qiganim yo‘q. Yolg‘on emas. Men bir yarim yildan beri bularga iltimos qilib, so‘rab yozib, hech qanaqa foydasi bo‘lmadi. Foydasi bo‘lmagandan keyin shu temani o‘zim ko‘tardim, o‘zim berdim” dedim, deydi Gulnora Oqilova.

Toshkentning Sebzor dahasida fohishaxonalarning ko‘payib borayotgani, unga bevosita mirshablarning homiylik qilayotgani haqida Gulnora Oqilova Ozodlikka 29 iyun kuni aytib bergan edi.

O‘sha eshittirishda Oqilova xonim Ozodlikning priton ochganlar uchun mamlakat qonunchiligida qanday jazo belgilangan, degan mazmundagi savolga javoban mana bunday degan edi:

– Jazo uch yilgacha. Agar uni ushlab olib, haqiqatan ham qonun doirasida ish qilaman desa, sud orqali uch yilgacha jazo beradi. Lekin shtrafi ham bor, uslovniy jazo ham bor. Ungacha sudga olib chiqadigan odamlar kim? Neposredstvenno o‘sha joyning inspektorlari. Mavzening starshiy inspektorlari bor. O‘shalar delo tayyorlab sudga olib chiqishi kerak. Ungacha bular pulini olib tinchitib yuboraveradi. Birortasi chiqqani yo‘q sudga, degan edi Gulnora Oqilova.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24265819.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: