Facebook va Arosat changalzorlari haqida – uzxalqharakati.com


Jul 13th, 2011

Men har safar Facebookdagi sahifamni ochganimda mana shu satrlarim bitilayotgan oynachada bir savol turadi. U mendan shvedchalab (chunki saytim shved tilida ochiladi) “Vad gör du just nu? ya’ni “Sen hozir nima qilayapsan?” deb so‘raydi mendan. Agar hech narsa qilmay, dangasalik qilib, boshqalarning maqolalari, surat va izohlarini o‘qib o‘tirgan bo‘lsam, u avvaliga indamaydi.

Bu erdagi surat va maqolalarni ko‘rib bo‘lib, endi chiqib ketmoqchi bo‘lsam u shartta meni qo‘limdan ushlab :”Hey, sen qayoqqa qochayapsan? Somsani pulini to‘lamaysanmi?” deb qoladi🙂

Men unga “Iya, qachondan beri bu erdagi narsalarni o‘qish pullik bo‘p qoldi?” desam U:” Hax! Olasan bepul narsani! Bu dunyoda hamma narsa pul turadi, har bir narsani o‘z o‘lchovi, o‘z bahosi va o‘z narxi bor. Chuchvarani xom sanamada endi!” deb menga tanbeh beradi.

Men uni gaplariga qo‘shilaman. Haqiqatan, bu erga kirgandan so‘ng biror savob ish qilmasdaan chiqib ketsang guyoki u orqangdan hay haylaganicha qolib ketadigandek…

Keling, uning ham sazasi o‘lmasin, bir narsa yozay bu erga. Yozaman desam millionta masala bor aslida…Ammo ularni ichida hech meni qo‘lim tegmayotgan bir narsa bor. Bu masala meni anchadan beri uylantirib keladi. Aslida bu haqda ilgari qisman bo‘lsada yozganman ammo hozir o‘sha gaplarimni aniqroq yozmasam bo‘lmaydiganga o‘xshayapti.

Bu arosatda qolganlar haqida. Odam degani hayotda arosatda qolmasin ekan. Agar u arosatda qolsa, keyin o‘sha erlarda, ya’ni arosatning uydim chuqurlariyu tor ko‘chalarida, jangalak bosgan botqoqlariyu chig‘anoq bosgan o‘rmonlaridan chiqa olmay, bir umr sarson va sargardon bo‘lib yuraverar ekan unday odamlar.

Arosatda qolganlarga na ota onaning, na do‘stu birodarning va na hayotning achchiq o‘gitlari yordam bermas ekan.

Insonlar esa ularga goh nafrat bilan, goh qiziqish bilan, ayrim soddalar esa hatto hurmat bilan qarashar ekan.

Arosatda qolganlarning asosiy kasalligi – bu ularning yaxshi insonlar davrasida o‘zlarini yomon sezishlari ekan. Sababi- bir tomondan yaxshi insonlar tezda ularning asl niyatlari va kirdikorlari anglab, ularga jamoalarga bosh bo‘lishdek mas’ul ishlarni bermasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan u insonlar o‘sib o‘lg‘aygani sari etuk insonlar davrasiga kira olmay sarson bo‘lar ekanlar.

Yuragi toza insonlar o‘z mag‘lubiyatlaridan to‘g‘ri xulosalar chiqarib, eng avvalo aybni o‘zlaridan izlasalar va ularni topgach, qaytadan yangi ishga bosh urib, nihoyat g‘alabaga erishsalar, yuragida kiri bor, arosatda qolgan bandalar mag‘lubiyatning sabablarini boshqalardan izlar ekanlar va demak o‘zlarini tuzatish imkonidan mahrum bo‘lib, qayta va qayta o‘zlarining changalzorlariga o‘rmalab ketar ekanlar.

Quruq gapdan quruq o‘tin yaxshi degandek, bir ikkita faktlar haqida, aniqrog‘i ana o‘sha Arosat changalzorlarida adashib yurganlardan ikkitasi haqida so‘z yuritay. Ulardan biri yangi dunyo degan saytni, ikkinchisi zamondosh degan saytni boshqaradi. Bir qarasangiz ular o‘tkir bir maqolani o‘z sahifalariga qo‘yadilar, bir qarasangiz ana o‘sha o‘tkir fikr sohibiga qarshi bozorchi shallaqi odamlar yozgan boshqa narsani qo‘yadilar.

Agar siz ularga “Hey, baraka topkur, nega shunday yaxshi maqolaga qarshi qaerdagi shallaqilarning fikrlarini chop etayapsiz?” desangiz ular sizga “Birinchidan So‘z erkinligi shuni taqozo qiladi. Ikkinchidan u shallaqi emas balki fan doktori, u falonchi mashhur odam va uning ham o‘z fikrini aytishga haqqi bor!” deb sizga aql o‘rgatadi. Shunga aytsa kerakda “Dangasaga ish buyursang u otangdan yaxshi maslahat beradi” deb.

Aynan ana shunday muttahamlik tufayli G‘arbdagi ayrim arosatda qolgan muttahamlar xalq e’tiboriga tushish uchun, o‘zlarining hech kim olmaydigan gazeta va suratlarini sotish uchun so‘z erkinligini bahona qilib birlari Muhammad Alayhisalomga qarshi turli tuman karikaturalar chizdilar, ikkkinchchilari ularni o‘zlarining almisoqdan qolgan gazetalarida chop etdilar, uchinchilari esa so‘z erkinligini bahona qilib Qur’oni karimga o‘t qo‘ydilar.

Ohir oqibatda bunday shumliklar Alloh taolo yaratgan ikki qavmi o‘rtasida azaldan yonib turgan ziddiyat oloviga yana moy sepilishiga va uni yanada gurillab yonib bu qavmlarning bir birlariga dushmanlik va qahru g‘azablari kuchayishiga sabab bo‘ldilar…

Xullasi kalom, arosatda qolganlarning ham millati yo‘q bo‘lmas ekan.

Ulardan qutilishning yagona vositasi ularni inkor etish ekan xolos, ular nima deb aljirashlaridan qatьiy nazar.

 

Hazratqul Xudoyberdi

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1098

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: