Siz nima uchun ochlik qilgan bo‘lardingiz? – ozodlik.org


11.07.2011

Ikki jurnalist ayolning ochlik aktsiyasi keng muhokama qilinayotgan kunlarda Ozodlik ana shu savol bilan yangi rukn boshladi.

O‘zbekistondagi “Yoshlar” telekanalining sobiq jurnalistlari Malohat Eshonqulova va Saodat Omonova 27 iyun kuni Yoshlar telekanalidagi korruptsiya, mahalliychilik va boshqa muammolar haqida shikoyat qilish uchun O‘zbekiston Prezidenti  Islom Karimov bilan uchrashishga imkon berilishi talabi bilan ochlik aktsiyasini boshlagan.

Ochlik aktsiyasi davom etayotgan ayni kunlarda e’tiboringizga havola qilmoqchi bo‘lganimiz HAFTA SAVOLI ruknining ilk sonida “Siz nima uchun ochlik e’lon qilgan bo‘lardingiz?” degan savol bilan siyosiy arboblar, davlat idoralari rasmiylari, huquq himoyachilari, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati vakillari va boshqa kishilarga murojaat qildik.

Azamat Usmonov, O‘zteleradio kompaniyasi, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i:

“Nimaga endi man ochlik e’lon qilishim kerak ekan?! Birinchidan unaqa sharoitga hech qachon tushmaganman, ikkinchidan, bunaqa savolizga javob ham bermayman.”

Shavqiddin G‘aniev, O‘zbekiston milliy matbuot markazi rahbari:

“Davlatimizda qonun-qoida bor. Huquqlarni himoya qiluvchi va boshqa qonunlar bor-da, bizda. Akkreditatsiyadan o‘ting aka, savollaringizga javob beraman.”

Sergey Ejkov, mustaqil jurnalist, Uzmetronom.com mustaqil internet gazetasi bosh muharriri:

“Men umuman ochlik e’lon qilmagan bo‘lardim. Ochlik e’lon qilish axmoqlikdir. O‘zi buni G‘arbda o‘ylab topishgan. Bizning mentalitetimizga bu mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bu hayotda senga biror narsa yoqmasa o‘z hayotingni buzishning nima keragi bor. Boshqa tomondan, agar men o‘zimni reklama qilmoqchi bo‘lganimda, plakat ko‘tirib trusikda ko‘chaga chiqqan bo‘lardim.

A’lo Xo‘jaev, jurnalist:

“Bu unaqa oddiygina chalg‘ituvchi savol emas. Bu savol ortida konkret odamlar bor. Meni bunga aralashtirish kerak emas.  Mening vaziyatim juda og‘ir.”

Jahongir Muhammad, jurnalist:

“Men masalan erkin saylovlarni talab qilib ochlik e’lon qilgan bo‘lardim. O‘zbekistonda erkin saylovlar o‘tkazish uchun. Meni qiynaydigan uchta-to‘rtta masala bor. Agar shunday vaziyat yuzaga kelsa, birinchisi, erkin saylovlar, ikkinchisi, erkin matbuotni talab qilib o‘tkazgan bo‘lardim. Lekin Karimov sharoitida bu narsa hech qanday foyda bermasligini bilaman.

Muhammad Solih ,Erk demokratik partiyasi etakchisi:

“Bizning O‘zbekistonda aholining yuzda sakson foizi deyarli och yashayapti. Albatta, o‘sha xalq bilan birdamlik ramzi sifatida men ochlik qilgan bo‘lardim. Ammo bizning ochligimizdan afsuski, o‘zbek xalqining qorni to‘ymaydi”.

Bahodir Choriev , Birdamlik harakati rahbari:

“Ochlik e’lon qilganmiz. Masalan, Ozodlik radiosidagi tsenzuraga qarshi shaxsan oilamiz bilan Vashington shahrida ochlik e’lon qilganmiz. Undan tashqari, qamoqda bir necha bor ochlik e’lon qilganmiz. Yana o‘zimizning mulkimizni himoya qilish maqsadida Toshkent shahrida 9 kun ochlik e’lon qilganmiz. Hayotimizda bir necha bor ochlik e’lon qilganmiz. Kelajakda agar Ozodlik radiosidagi, sizlar xizmatdagi tsenzura, ya’ni siyosiy tashkilotlarga nisbatan tarafkashlik tugatilishi uchun men ochlik e’lon qilgan bo‘lardim. Birinchi masala shu men uchun”.

Abdurahim Po‘lat, Birlik xalq harakati partiyasi raisi:

“Abdurahim Po‘latdan ham shu savolni so‘rovdik, bu radioda ovozni chiqarish umuman obro‘ tushirish. Shuning uchun man bunaqa narsalarga qo‘shilmayman dedi, deb aytib ko‘ring. Agar mard bo‘lsangiz”.

Marat Zohidov, huquq himoyachisi:

“Meni tinch qo‘yinglar. Juda xafaman sizlardan. Shuning uchun, kechirasizku, men sizlar bilan aloqa qilmayman. Har xil provokatsion savollarni berib efirga chiqaryapsizlar. Kechirasiz meni. Xafa bo‘lmang.

Mo‘tabar Tojiboeva, O‘tyuraklar inson huquqlari tashkiloti rahbari:

“Men agar bugungi kunda ochlik e’lon qilganimda, eng avvalo bugungi kunda eng dolzarb mavzu bo‘lgan qiynoqlar masalasini ko‘targan bo‘lar edim va qiynoqlarga qarshi ochlik e’lon qilgan bo‘lardim. Agar mening sog‘ligim, imkoniyatim ko‘targanida edi Qozog‘iston hukumati tomonidan adolatsiz ravishda O‘zbekiston hukumatiga topshirib yuborilgan 29 nafar qochqinni himoyasi uchun ochlik e’lon qilgan bo‘lardim”.

 

http://www.ozodlik.org/content/transcript/24262399.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: