Qovun-tarvuz savdosi cheklovining terrorizmga aloqasi bormi? – bbc uzbek


12 iyul 2011

O‘zbekistondan olinayotgan xabarlarga ko‘ra, Toshkent shahar bozorlarida poliz mahsulotlari – tarvuz, qovun, handalaklar bilan savdo qilishga cheklov joriy etilgan.

Aytilishicha, endilikda bu kabi mahsulotlar bilan alohida tashkil etilgan erlardagina savdo qilish mumkin.

Bu savdo qaerda ekanligini aniqlashning imkoni hozircha bo‘lmadi, lekin asosan Toshkent shahrining Kichik va Katta xalqa yo‘llari bo‘yida kuzatilgan.

O‘zbekiston rasmiylari esa bu gal ham, bozorlar ish tartibiga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida xaridor va savdogarlarga etarlicha ma’lumot va izoh bermayaptilar.

O‘zbekiston poytaxtining eng qadimiy va gavjum bozorlaridan biri bo‘lgan “Eski Jo‘va” bozorida tijorat faoliyati bilan ham shug‘ullanadigan Jahongir Shosalimovning aytishicha, “Eski Jo‘va”ga qovun-tarvuz olib kirish 1 iyuldan taqiqlangani haqida bozor ma’muriyati ma’lum qilgan.

“Bu ayni pishiqchilik kunlarida qovun-tarvuz, handalak egisi kelgan ko‘p sondagi kishilarga mushkullik tug‘dirayapti. “Eski Jo‘va” ma’murlari “bu yuqorining buyrug‘i”, deyishayapti. Ammo bu Toshkent shahar hokimligining buyrug‘imi yoki hukumat buyrug‘imi, tushuntirilmayapti”, deydi Jahongir Shosalimov.

Toshkentning “Qoraqamish” dahasidagi Tansiqboev nomi bilan tanilgan bozorga borgan xaridorning so‘zlariga ko‘ra, bu bozorda savdo qiluvchilar bu yil hisobidan “umuman qovun-tarvuz” bozorga kiritilmaganini aytishgan.

Uning aytishicha, poliz mahsulotlarining savdosiga qo‘yilgan taqiq yuzasidan izoh berilmagani turli mish-mishlar ham sabab bo‘lgan, hatto terrorizmga qarshi kurash choralari bilan bog‘liqlik haqidagi taxminlarni uyg‘otgan.

“1 sentyabrlardan keyin bozorlarga qovun-tarvuzlarni kiritishga ruxsat berib qolishar, deyishdi. Sotuvchilar, qovun-tarvuzning ichiga portlovchi biror narsa olib kirib qo‘yishadi, deb cho‘chishganmi, deyishayapti”, dedi toshkentlik kishi.

O‘zbekiston bozorlarining yoz mavsumida asosiy xarid maxsulotlaridan biri bo‘lgan poliz mahsulotlarining savdosiga nima uchun cheklov kiritilgani haqidagi savol bilan Bi-bi-si “Eski Jo‘va” bozori ma’muriyati vakili bilan bog‘landi.

Mas’ul so‘zlariga ko‘ra, qovun-tarvuzlarni alohida joyda sotish to‘g‘risida O‘zbekiston Vazirlar mahkamasidan og‘zaki buyruq bo‘lgan.

Toshkentdagi Mirobod bozor ma’muriyati vakilining aytishicha, poliz mahsulotlari bozorlar hududlarida o‘ta katta erni egallagani sababli bu kabi qarorga kelingan.

Ya’ni, poliz mahsulotlari bozor sathida 6 kvadrat metrdan ko‘proq erni egallar ekan.

Lekin bozorlarda hamisha sotib kelingan tarvuz-qovunlarga nima uchun endilikda joy etishmay qolgani hozircha qorong‘uligicha qolmoqda.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/07/110712_cy_watermelon_markets.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: