Oxus Goldning Toshkentdagi xodimi josuslikda ayblanmoqda – ozodlik.org


11.07.2011

Oxus Gold shirkatining Toshkentda ishlagan sobiq bosh texnologi Said Ashurov josuslikda ayblanmoqda.

Bu haqda ushbu shirkatga advokatlik qilayotgan Amsterdam&Peroff shirkati rahbari Robert Amsterdamning Ozodlikka xabar qilishicha, sobiq texnolog Britaniya foydasiga josuslikda ayblanmoqda.

– Sobiq xodim bugun josuslik to‘g‘risidagi mutalaqo kurakda turmaydigan ayblovlar bilan Harbiy tribunal mahkamasiga olib kelindi. Bu odamning hibsda og‘ir ahvolda saqlangani aytilmoqda. O‘zbekistondagi qamoqxonalari o‘ta og‘ir sharoiti va mahbuslarga nisbatan noqonuniy munosabati uchun davomli ravishda keskin tanqid qilib kelinadi. Shu bois, Said Ashurov va uning oilasi xavfsizligidan chuqur xavotirdamiz, – deydi Amsterdam&Peroff shirkati direktori Robert Amsterdam.

O‘zbekiston hukumati Oxus Gold shirkatini shartnoma talablarini buzganlik, soliqdan bo‘yin tovlaganlik, offshor hududlarda bank hisoblaridan nojo‘ya foydalanganlik va shu bilan O‘zbekiston qonunlarini buzganlik kabi bir qator iqtisodiy jinoyatlar, ayni paytda atrof-muhitga katta ziyon etkazganlikda ham ayblamoqda.

 

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110711/402/850.html?id=24262078

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: