O‘zbekistonda davlatga xiyonatda ayblangan Yuriy Korepanov ozod qilindi – ozodlik.org


11.07.2011

O‘g‘li Dmitriy Korepanovning Ozodlikka aytishicha, otasi hech bir hujjatsiz qo‘yib yuborilgan.

O‘zbekistonda davlatga xiyonatda ayblanib, 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Rossiya fuqarosi Yuriy Korepanov hibsdan ozod qilindi.

Bu haqda uning o‘g‘li Dmitriy Korepovning aytishicha, otasi shaxsini tasdiqlovchi va uning ozod qilinishi to‘g‘risidagi hech bir hujjatsiz qo‘yib yuborilgan.

– Qamoqdan ozod qilingani haqida sud qaror ham yo‘q. Pasporti ham yo‘q. Yuqoridan tushgan topshiriq bilan ozod qilingan. Hozir Rossiya tarafi unga hujjatlar qilib bermoqda. Korepanov hozir Toshkentda. Korepanovning ozod bo‘lishi adolat tantanasi emas, balki Kremlning Toshkentga qilgan bosimlari natijasidir, deydi Korepanov ozod bo‘lishini talab qilib kelgan Toshkendagi rus jurnalisti Vladimir Berezovskiy

– Rossiya federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedev Toshkentga so‘nggi tashrifi chog‘ida Korepanov masalasini ko‘targan edi. Bu bosimlar tufayli Korepanov ozod bo‘ldi. Medvedev va Karimov muloqoti Korepanov taqdirini hal qildi. Ammo buni adolat deb bo‘lmaydi. Razborka desak bo‘ladi, deb qo‘shib qo‘yadi rus jurnalisti.

O‘ziga qo‘yilgan ayblovlar  olib tashlanmagani bois Dmitriy Korepanov otasi Rossiyaga qaytib bormaguniga qadar uning to‘liq ozod etilgani haqida gapirish imkonsiz ekanini aytmoqda.

2010 yilning oktyabr oyida hibsga olingan Yuriy Korepanovning sog‘ligi yaxshi ekani aytilmoqda.

Bunga qadar 64 yoshli harbiyning sog‘ligi panjara ortida o‘ta og‘irlashgani xabar qilingan edi.

Dmitriy Korepanovga ko‘ra, otasining sog‘ligi haqidagi yakuniy xulosani ham u Rossiyaga qaytgani va mustaqil tibbiy tekshiruvdan o‘tganidan so‘nggina aytish mumkin.

Shunga qaramay yaqinlari Yuriy Korepanov sog‘ligi bois amnistiya qo‘llanib ozod etilgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqdalar.

Yuriy Korepanov 2002 yilgacha O‘zbekistonda yashagan va avvaliga O‘zbekiston harbiy qo‘shinlari tarkibida, keyin esa Toshkentdagi Oliy o‘quv yurtlaridan birining harbiy kafedrasida dars bergan.

2002 yilda Tataristonga ko‘chib borgan Korepanov, u erda Rossiya fuqaroligini olgan.

2010 yil oktyabr oyida O‘zbekistonga safar qilayotgan kezda Korepanov O‘zbekiston chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tganlik va davlatga xiyonatda ayblanib, qo‘lga olingan edi.

2011 yilning 11 yanvarida esa O‘zbekiston harbiy tribunali Rossiya fuqaroligini olgan, O‘zbekiston sobiq fuqarosi va iste’fodagi polkovnik Yuriy Korepanovni vatanga xiyonat qilganlikda ayblab, 16 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan edi.

Sudning bunday hukmi Rossiyada keskin norozilik bilan qarshi olingan va shu yil 16 fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri muovini Grigoriy Karasin O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Ziyodulla Po‘latxo‘jaev bilan uchrashgan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda qamoqqa hukm qilingan sobiq polkovnikni ozod etish talabi bilan Moskvadagi piket ham o‘tkazilgan edi.

Rossiya bo‘ylab Yuriy Korepanovni ozod qilish talabi bilan uyushtirilgan petitsiyaga minglab odam imzo chekkan edi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24262390.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: