O‘zbekistonda alkogol va tamaki iste’molini cheklovchi qonun chiqdi – bbc uzbek


12 iyul 2011

Yangi qonun chekish mumkin bo‘lgan joylarni keskin cheklaydi

O‘zbekiston Oliy Majlisining qonun chiqaruvchi palatasi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste’mol qilinishini cheklash” haqida qonunni qabul qilgan.

Endi qonunni O‘zbekiston Senati tasdiqlashi kutiladi.

Gazeta.uz veb sahifasi yozishicha, mazkur qonun tamaki va spirtli ichimliklarning fuqarolar salomatligi, ayniqsa yoshlar sog‘ligiga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.

Qonun davlat idoralarining vazifa va vakolatlarini belgilash bilan bir vaqtda alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi, sotilishi va reklamasini nazorat etuvchi qonuniy normalarni belgilab beradi.

Qonunda, jumladan, tamaki va spirtli ichimliklarni qadoqlash va tamg‘a bosish, hamda sotuvchilarning iste’molchi yoshini aniqlash kabi majburiyatlari aniqlangan.

Xususan, 20 yoshga etmagan shaxslarning alkogol va tamaki mahsulotlarinini iste’mol qilish yoki sotishga jalb qilganlar javobgarlikka tortiladi.

Unda alkogol va tamaki mahsulotlarining iste’mol etilishini man qilingan joylar ro‘yxati ham keltiriladi: masalan, bu mahsulotlarning ish joylarida, sog‘liqni saqlash muassasalarida, ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalari, hukumat idoralari, savdo va oziq-ovqat ob’ektlari, kinoteatrlar, teatrlar, tsirk, kontsert va ko‘rgazma zallari, muzeylar, kutubxonalar, bolalar va yoshlar dam olish maskanlarida iste’mol qilinishi taqiqlanadi.

Tamaki va alkogolga taqiqlov jamoat transporti va bekatlar, ko‘chalar, stadionlar, hiyobonlar, istirohat bog‘lari, ko‘p qavatli uylar egalari foydalanuvchi umumiy hududlar va boshqa jamoat joylarini ham o‘z ichiga oladi.

Chekuvchilar endi faqat maxsus ajratilgan joylarda va yopiq yoki havosi almashib turadigan xonalarda chekishlari mumkin.

Qonun aeroportlar, temir yo‘llari bekatlari va avtobus stantsiyalariga 500 metr radiusda bo‘lgan joylarda tamaki va spirtli ichimliklar sotilishini taqiqlaydi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2011/07/110712_smoking_ban.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: