Nasihatgo‘ylarga Javobim – sahwii.com


Iyul’ 12, 2011

Muhammadsolih Abutov

AQShda boshpana olib yashayotgan bir Salafiy birodar yaqinda menga nasihat qilib, O‘XH safidagi faoliyatimga nisbatan gapirib, adashib ketmasligimni ehtiyot bo‘lishim lozimligini aytib ogohlantirishdi. U menga jon kuydirib tushuntirdiki, men yoki menga o‘xshagan ba’zi dindorlar bu harakatga kirib jon kuydirib ishni qilib, lekin keyinchalik Muhammad Solih Prezident bo‘lib qolsa, birinchi bo‘lib bizlarni yo‘q qilar ekan. Chunki, demokratlarga ishonch yo‘q va ular doimo amal uchun har narsaga tayyor va hakazo…ekan. Men bu kabi “nasihat”ni aniqrog‘i, bundanda boshqacharoq “nasihat”ni Shvetsiyada yashaydigan Hizbut Tahrirga a’zo birodarlardan eshitgandim. Ular bu harakatni Federal Xavfsizlik Xizmati loyihasi va biz o‘zimiz sezmagan holda amal qilayotgan qo‘g‘irchoq ekanimizni, hech andisha qilmay yuzimga aytishgandi. Bu sizni fikringiz xalos, ammo men boshqa fikrdaman” desam, “Bu meni fikrim emas, Hizbut Tahrirni tahliliy Markazini rasmiy bayonoti” degandi. Men ularni yaxshi tushunganim uchun indamay qo‘yganman. Yana bir toifa birodarlar esa yaqinda (ular ham o‘zlarini salafiylar deyishadi. Ko‘plar ularni Madxaliylar ham deyishadi) uzundan uzoq yozilgan xatni emailimga jo‘natishib, nafaqat johilu nodonlar balki, ba’zi ilmli kishilar ham bu Harakatni qo‘llab chiqqanligi xatoligini va bu kabi namoyishlar islomiy manhaj emasligini, kufr manhaji ekanligini aytib go‘yoki bizni “ogohlantirishdi” Ular fikricha, podshoh zulmiga sabr qilib o‘tirish afzal ekan. Va hakazo…,

Shuningdek, Xorijda yurgan Salafiylarni boshqa bir qismi esa, jihod yo‘li bilan kurashishgina mashru’, va faqat hukmullohni joriy qilish shior bo‘lishi mumkin deb, hisoblashlarini va bu harakat safida kurashib o‘lim topgan shaxslarni esa, demokratiya yo‘lida o‘lgan bo‘lishini demakki “Shahid” emasligini o‘z saytlarida chop qilishdi. (sodiqlar.com) Ularni Vatan ozodligi, demokratiya uchun, kabi shiorlar g‘ayri Islomiy va bu g‘oyalar uchun kurashish g‘ayri mashru’ligini, faqat Alloh kalomini oliy qilish, ya’ni Islomiy davlat Xalifat qurish uchun kurash mashru’ligini ta’kidlashadi. Bularni barchasi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolaridir. Va barchasi Vatandan tashqarida yashayapdilar. Aksariyati Evropa va AQSh da yashaydi. Ba’zilari Afg‘oniston tog‘larida makon tutgan. Har biri o‘zini haqiqatni tanho sohibi hisoblaydi. Boshqalarni adashgan deb biladi. Har biri o‘z manhajini Rasululloh SAV manhajiga eng yaqini deb biladi.Boshqalarni zalolatga ketganligini da’vo qiladi. Bittasi menga “Siz bu harakatga kirganingiz uchun, Ba’zida din nomidan gapirasiz, buni ko‘pchilik odamlar dindorlar ham kiryapdi, demak to‘g‘ri yo‘l ekan deb o‘ylab qolishi mumkin” degan gap qildi. Bu bilan menga “din nomidan yoki o‘zbekiston musulmonlari nomidan gapirma” demoqchi bo‘ldi, shekilli?! Men u odamga taxminan shunday deb javob berdim. “ Men din nomidan Xudo nomidan gapirishga haqqim yo‘q. Shuningdek, boshqalar ham va jumladan siz ham. Ammo, men dinni o‘zim tushunganim kabi gapiraman. Va men bunga haqliman. Siz ham o‘z fikringizni gapirasiz faqat. Siz aytgan narsa DIN emas.Sizni fikringizdir. Hech kim DINNI tamsil qilolmaydi.Er yuzida birorta odam “faqat meni gapim to‘g‘ri va haq so‘z” deyaolmaydi. Faqat Rasululloh SAV bundan mustasno. Meni o‘z fikrimni gapirishdan hech kim ma’n qilolmaydi. Va hech kim o‘zi tushungan dinini haq, boshqasi nohaq deyaolmaydi.

Chunki, haqiqatni yolg‘iz Alloh qiyomatda ayon etadi.” Men yuqoridagi turli xil manhaj egalariga yana shuni aytmoqchimanki; Muhammad Solih Prezident bo‘lishi va keyin bizni qamashligi g‘ayb masala. G‘aybni faqat Alloh biladi. Men Muhammad Solih Prezident bo‘lsin deb, kurashayotganim yo‘q. Kurash g‘oyasi Zulmni yo‘qotish uchundir. Va u Prezident bo‘lsa, menga qandaydir amal berishni va’da qilgan emas. Biz oldindan kelishib olgan emasmiz. Kelajakni Xudo biladi. Men uni 20 yil oldin tanimasdim. Ammo, bugungi kunda uni imonli, Xudoni tanigan odam deb bilaman. Ammo, bu degani u Xalifat qurish uchun kurashayotgan odam degani emas. U Zulmni yo‘qotish va erkin jamiyat qurish uchun kurashayapdi. Va bu kurashda uni tutgan manhajini men hikmatga muvofiq deb, bilaman.Men Zulmga qarshi kurash farzi ayn deb, bilaman. Men ZULM nimaligini o‘z tanamda his qilgan odamman. Shuning uchun men bu jabhadaman. Mabodo, bu harakat mag‘lubiyatga uchrasa, men ezgu niyatim uchun ajr olaman degan umiddaman inshaalloh. Agar bu harakat biror natijaga erishsa, umid qilamanki; qamoqdagi mazlumlar ozod bo‘ladi. Zulm kamayadi. Bu ish Muhammad Solih Prezidentligida bo‘ladimi boshqanimi menga farqi yo‘q. Ammo, shunday bo‘lishi zarur. Biz shuning uchun kurashayapmiz. Bu esa meni nazdimda katta ne’matdir. Va biz qilaoladigan ishdir inshaallox! Men o‘z oldimga Xalifatni maqsad qilib qo‘ymaganman. Men qodirlik darajasida mas’ullik bor deb bilaman. Bugun Bu Zolimni ag‘darishga imkon bo‘lsa, shuni qilishimiz kerak. Vositalar kimniki va qanaqa bo‘lishidan qat’iy nazar. Bundan boshqa narsaga qodirmasmiz deb bilaman.

Sizlar ulug‘ da’vo bilan chiqqansiz, ammo, menimcha zamon va makonga, hikmatga e’tibor bermay qolgan kimsalarsiz. Sizlar ko‘tarib olgan g‘oyalar bizni jamiyat uchun qanchalik yot va uzoqligi ko‘rinib turgan faktdir. O‘zlaring ham bu g‘oyani meros qilib olganlaringa ko‘p bo‘lgan emas.

Xalqni aksariyat qismi hali umuman bu kabi ulug‘ g‘oyalardan uzoq. Bunday xalqga ularga mos g‘oya bilan yondashuv kerak. Va o‘z manhajlaringni o‘z aqllaring,bilimlaring, siyosiy ong asosida emas, shayxlaringa taassub qilgan holda qabul qilgan kimsalarsiz. Sizlar uchun kimdir qaror chiqaradi. Turli gaplar aytib bizni boshni qotirmanglar. Vallohi aql o‘rgatishga ustasiz. Ammo, biz aqlingizga muhtojlik sezmayapmiz. Aqlingizni rejimni Zolim amaldorlariga aytinglar. Ularni insofga chaqirib xat yozinglar! Jim o‘tiribsizlarmi demak, shu hayotga rozisiz?! Bizga o‘z manhajlaringni ro‘kach qilmanglar. Illo men birorta shayxga va mazhabga va shaxsga taassub qilmayman. Jumladan Muhammad Solihga ham. Men u bilan bir manhaj ustidaman. Men shu tufayli u bilan bir safda kurashayapman. Biror amal olish maqsadida emas. Meni yo‘lim va maqsadim shu. Takror aytaman. Bu yo‘lda menga o‘lim etsa, Islomni va musulmonlarni dushmani bo‘lgan Zolimga qarshi kurashish niyatim bo‘lgan uchun inshaalloh oxiratda ajr bo‘lishini umid qilaman. Agar g‘olib bo‘lsak, demak, musulmonlarga, xalqimizga ko‘p ezguliklar nasib bo‘lishini va ko‘p ezgu niyatlar amalga oshganini ko‘rishni umid qilaman. Sizlar aytgan uchunchi variant, Muhammad Solih Prezident bo‘lib bizlarni qamoqqa tashlashi ehtimoli esa, men uchun ilmi g‘aybdir.Kelajakni faqat Alloh biladi. Men taqdirga imon keltirganman. Va taqdirimda nima bo‘lsa demak, shu narsa bo‘ladi.

 

sahwii.com

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: