Amerika, Xitoy bosh harbiylari Pekinda gaplashdi – ozodlik.org


Keyingi oylar ichi tez qimmatlayotgan mahsulotlardan biri – guruchdir. O‘tgan yozdagi narxlar bugun qariyb ertakka aylandi.

11.07.2011

Abdulla Iskandar

O‘zbekistonda “byudjetchi”lar oyligi hali oshmay turib, bozordagi narxlar 20 dan 50 foizga qadar ko‘tarilib ulgurdi.

Ozodlik suhbatlashgan toshkentlik tadbirkorlardan biriga ko‘ra, 1 avgustdan boshlab oyliklar 15 foizga oshishi haqida navbatdagi farmon chiqqanidan keyin o‘zi ishlaydigan qurilish mollari shirkati o‘z narxnomasidagi raqamlarni 20 foizga ko‘tarib qo‘ygan.

Oyliklar avgusta oshishi aytilsa-da, narxlar iyul oyida oshirildi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Respublika aholisi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarga ijtimoiy yordamni kuchaytirish maqsadida 2011 yil 1 avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar miqdorini o‘rta hisobda 15 foizga oshirish to‘g‘risidagi farmonni 7 iyul kuni imzolandi.

Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir Shavkat Mirziyoev zimmasiga yuklandi.

Qaror matbuotda e’lon qilinganidan keyin viloyatlar va Toshkent shahrida  narxlar ko‘tarilgani kuzatildi.

Ayniqsa go‘sh narxi oshdi, deydi toshkentlik oila boshlig‘i.

– Go‘shtning narxi oshayapti. Slishkom tez oshayapti. Masalan, bundan bir yarim oy oldin 12-13 ming edi. Hozir 16-17-18 mingda mol go‘shti. Piyozlar 1500 bo‘lib ketdi. Guruchning narxi oshayotgani sezilayapti, deydi toshkentlik suhbatdosh.

Suhbatdosh oylik oshdi, degan xabardan yurak oldirib qo‘yganini aytadi.

– Keskin narxlar oshayapti-da. Oylik 15 foiz oshadigan bo‘lsa, narsalarning narxi 50 foizga oshadi-da, deydi toshkentlik suhbatdosh.

Suhbatdoshimiz imoratlarni remont qilib tirikchilik qiladi. Remont uchun ishlatiladigan materiallarning qimmatlashgani bois mijozlar buyurtmasi kamaydi, deydi suhbatdosh.

7 iyuldan keyin  qurilish mollari birdaniga 20 foizga oshgani kuzatildi.

Qurilish mollari bilan savdo qiluvchi shirkat xodimi bu faktni tasdiqlar ekan, ba’zi mollarning narxi 20 foizdan ham ko‘proq oshganini aytdi.

– Oshadi. Ko‘proq olib kelavering pulni, etmay qolishi mumkin.

Ozodlik: Qancha oshadi, masalan?

– 20 foizga oshiramiz.

Ozodlik: Oylik 15 foizga oshgan bo‘lsa, nima uchun sizlar 20 foizga oshirasizlar?

– Oylikka qaramaydiku bu qurilish mollari, deydi qurilish mollari bilan savdo qiluvchi shirkat xodimi.

7 iyulda  ish haqi oshirilishi haqidagi qaror chiqqanidan keyin narxlar oshishi zanjir xalqalari kabi voloyatlarga ham yoyildi.

Gulistonda ham go‘sht, yog‘ va piyoz qimmatladi, deydi sirdaryolik Alisher ismli yigit.

– Go‘shtlar 12 ming edi, 15 mingga chiqdi. Pomidorlarni 300-400dan olayotgan edik. Hozir 1000-1500ga chiqayapti. Bodringlar 500-600 so‘m. Piyozlar 500 so‘m edi, 1500 so‘mga chiqdi. Bir kilo un 1300-1500. Bug‘doy planni bir amallab to‘ldirishdi. Bug‘doyning kilosi bozorda 1200dan sotilayapti. Davlat narxi 250 so‘m olinayapti. Eng pishiqchilik payti bu narsalar haddan tashqari oshib ketayapti oylik oshishi munosabati bilan. Shakarlar 3500 edi. Toshkentda hozir 3500. Bizda 5200-5500 so‘m. Odamlar murabbo qiladi, kompot qiladi. Ularning mushugini pisht deydigan odam yo‘q. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organlari bor. Ular tomosha qilib yuribdi bozorda. O‘zimizga bo‘lsa bo‘ldi, boshqa bilan ishimiz yo‘q, deb aytadi, deydi sirdaryolik Alisher.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, avgustdan boshlab O‘zbekistonda eng kam ish haqi oyiga 57 ming 200 so‘mni, yoshga doir pensiyalar oyiga 111 ming 875 so‘m, bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa oyiga 111 ming 875 so‘mni tashkil etadi.

Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 68 ming 645 so‘mni tashkil qiladi.

Bu ma’lumot ham tahrirtalab ekani aytilmoqda. Gulistonlik yigit odamlar maoshi rasmiy hujjatlardagidan kamroq ekanini aytadi.

– Eng kam oylik 49 ming. Masalan, farroshlar, sekretarlar 49-50 ming oylik oladi. Lekin o‘rtacha oylik ko‘rsatilayapti 300-400 ming deb. Oylik oshgandan bizga nima naf? Bizga foydasi yo‘qku. Oylik oshmasdan shu darajaga chiqqandan keyin bu yog‘i nima bo‘ladi? Bu narsaning oddiy aholiga hech qanaqa nafi yo‘q. Kerak emas bizga oylik oshishi deydi ular, deydi gulistonlik yigit.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24262182.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: