Savollarga Javoblar – uzxalqharakati.com


Jul 10th, 2011

 Muhammadsolih  Abutov

O‘XH media markazi kuni kecha mendan birinchi skayp intervyu olishdi. Texnik sabablarga ko‘ra intervyu ovozi past bo‘lib chiqdi.Yana biz Qudrat Bobojon bilan bir soat gaplashgan bo‘lsak, efirga 15 minutlik material chiqqan.

Shuningdek, yana ba’zi muxlislardan savollar tushgan ekan. Ammo, bu savollarni keyin ko‘rib qoldik. Shu sababli savollarga yozma javob berishni lozim ko‘rdim.

Menga savol yo‘llagan birodarlarga javobim;

Ali : Assalomu alaykum Turkiston tv kanalining boshlovchilari va raxbarlari. Muxammadsolix Abutov sizga savol taklif va murojatim bor. Rossiyada o‘zbek fuqarolari millionlab mardikorlik savdo sotiq qilayotgan va muqim yashayotganlari bor. Kaleningraddan to Primore o‘lkasigacha har bir viloyatda sanoqsiz o‘zbek bor.

Shularni bari diktator rejimiga qarshi shu shaxarlarda ham O‘XH tashkilotini filialini ochsangizlar yaxshi bo‘lardi.

Xabaringiz bor Rossiyada ham O‘zbekistonlik musulmonlarni ochik podstavka qilib ushlashni diktator qo‘liga topshirishni harakatida. Shuni himoyasiga nima harakat qilyapsiz nima chora ko‘rish kerak?

Yana bir muammo O‘zbekiston hukumati aldangan ayol nomli film ishlabdi ko‘rgan bo‘lsangiz?! Ochiq Islom diniga tuhmat. Diktator harakati oshkor sezilib turibdi. Bu filmga munosabatingiz?!

Mening taklifim shu filmni ingliz arab tiliga tarjima qilib musulmon davlatlarga Evropa davlatlariga, O‘zbekiston hukumati islom diniga tuhmat qilishini, oshkor dindorlarni koralashligini fosh qilib sharmanda qilish kerak. Allohni oyatini eslang; Ular makr qiladilar. Alloh makrlariga qarshi makr kaytaradi. Bu g‘alamislarni Islom kishilariga diniga bo‘lgan bo‘htonini o‘zlariga qaytarish kerak. Sizning fikringiz qanday?! Alloh o‘z yo‘lidan adashtirmasin!

Javob; Sizni birinchi savolingiz shunday bo‘ldi. Kaleningraddan to Primore o‘lkasigacha har bir viloyatda sanoqsiz o‘zbek bor.

Shularni bari diktator rejimiga qarshi shu shaxarlarda ham O‘XH tashkilotini filialini ochsangizlar yaxshi bo‘lardi.

Biz Rossiya davlatida jami 14 ta bo‘lim ochishni rejalashtirganmiz. Va bu yo‘nalishda ishlar boshlab yuborilgan. Shuningdek, yangi bo‘limlar ochish uchun borib ishni tashkillashtiradigan sayyor guruhi ham bor. Demak, javobimiz shuki, siz aytgan o‘lkalarda O‘XH bo‘limlari ochiladi inshaallox.Ammo, bu bo‘limlar xavfsizlik nuqtai nazaridan yashirin faoliyat olib boradi.

Javob; Siz “O‘zbekistonlik musulmonlarni ochik podstavka qilib ushlashni diktator qo‘liga topshirishni harakatida. Shuni himoyasiga nima harakat qilyapsiz nima chora ko‘rish kerak?” deb so‘rabsiz.

Rossiya hukumati o‘zbek rejimini doimiy suratda qo‘llab quvvatlab kelayapdi. Juda ko‘p o‘zbek qochoqlarini O‘zbekistonga berib yubordi. Meni ham O‘zbekistonga deport qilish uchun bir yilcha  qamoqda ushlashdi. Allox najot berdi. BMT ko‘magida Shvetsiyadan boshpana olib shu erda yashayapman.

Ammo, diniy va siyosiy sabablar bilan qochib chiqqanlarga yordam ko‘rsatuvchi Memorial va Elena Ryabinina rahbarlik qilayotgan fuqarolik ko‘mak qo‘mitasi ham asosan o‘zbek qochoqlariga ko‘p huquqiy yordamlar ko‘rsatadi. Undan tashqari Iskandar Usmonov boshqarayotgan  Andijon Adolat Tashkilotini rossiyadagi bo‘limi ham qochoqlarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanib keladi.

Ammo, bu ishlar ko‘pmillionli o‘zbek muhojirlariga etarli yordam beraolmasligi aniq. Shu bilan birga O‘XH muhojirlarga huquqiy yordam ko‘rsatishni o‘zini asosiy vazifasi sifatida qaramaydi. Chunki, bu siyosiy harakatdir. Huquqbonlik Tashkiloti emas.

Yana siz “aldangan ayol” degan film haqida gapirib, “Mening taklifim shu filmni ingliz arab tiliga tarjima qilib musulmon davlatlarga Evropa davlatlariga, O‘zbekiston hukumati islom diniga tuhmat qilishini, dindorlarni oshkor koralashligini fosh qilib sharmanda qilish kerak.” Debsiz.

Men bu filmni ko‘rganim yo‘q. Shuningdek, bunaqa filmlar Evropadayam bor. Buni tarjima qilib, o‘zbekiston hukumatini sharmanda qilishga hojat yo‘q. Hukumat dindorlarni qoralashini bu erdagilar bilishadi. Va bu unchalik “sharmandali” narsa hisoblanmaydi bu erda.

Alisher : Assalomu alaykum Turkiston TV kanalining boshlovchilari va rahbarlari. Muxammadsolih Abutov sizga savolim O‘zbekiston Xalq Harakatini nimaga Sank-Piterburgda tashkil qilmaysiz?!

Bu erda ham o‘zbek odamlari DIKTATORlikga qarshi va ularga ham tushuntirishlar qilish kerak. Bunaqa deyishimizdan maqsadim safimiz kengaysin demoqchiman. Ular ham fakat qo‘rquvda va azobdan qutilish yo‘li ekanligini, har kuni ular mardikor bozorlarida turishlari, o‘zbek ayollarini va yosh qizlari aytmaysizmi, pul topish yo‘lida o‘z tanalarini sotish va turar joy manzillarini qog‘ozlarda chiqarishmoqdalar. Keling buni oldini olishimiz uchun bu erda ham O‘X Harakatini bir guruhini tashkillashtirish va bularni oldini olishimiz yo‘lida men ham qo‘shilaman va DIKTATORLIKKA MEN HAM QARSHI BORAMAN

Javob; Janob Alisher sizni savolingizga ham yuqoridagi savolga javob berganda menimcha javob berildi. Siz aytgan gaplar to‘g‘ri. Va biz bunga harakatdamiz. Va sizni ham shu qutlug‘ ishda hamkorlikga chaqiramiz. Istasangiz sahifani aloqa bo‘limiga kirib xat yozing. O‘zaro hamkorlikni boshlaymiz.

Savollar uchun rahmat sizlarga. Yana kimda qanday savollar bo‘lsa, marhamat sahifani Biz bilan aloqa bo‘limiga kirib, istagan shaxsga xat yozishlari mumkin.

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1054

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: