O‘zbekistonda xususiy aviashirkat ish boshladi – ozodlik.org


Shu kungacha O‘zbekistonda aholiga aviatsiya xizmati ko‘rsatish bilan faqat “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi shug‘ullanib kelayotgan edi.

10.07.2011

O‘zbek rasmiylari Silk Road Cargo Business nomli aviashirkatga bir yilga sertifikat berdilar.

O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi aviashirkatga ruxsatnoma sertifikatsiya tekshiruvi natijalari asosida berilgan.

Aviashirkat IL-76 uchog‘ini ekipaji bilan ijaraga olish to‘g‘risida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yuritishi aytilmoqda.

Mavjud tartibga muvofiq, aviashirkat Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (ICAO) ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi kotibiyati orqali ICAOda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ayni paytda Silk Road Cargo Business aviashirkatining kimga tegishli ekani hamda bu aviakompaniya O‘zbekiston aviabozorida qanday ishlar bilan shug‘ullanishi hozircha ochiqlanmayotir.

O‘zbekistonda xalq xo‘jaligi va aholining aviatsiya xizmatiga bo‘lgan talabini hozirgacha mamlakatda yagona bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi qondirib kelgan. Havo yo‘li orqali yo‘lovchi va yuk tashish, shuningdek, boshqa maxsus aviatsiya ishlarini shu kungacha aynan milliy aviakompaniya bajarib kelgan.

Hozirda “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchoqlari dunyodagi 40 dan ortiq shaharga muntazam ravishda qatnab turibdi. Shuningdek, 14 mingga yaqin xodim ishlovchi milliy aviakompaniya jahonning 25 shahrida o‘z vakolatxonalariga ega ekani aytiladi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24261180.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: