Karimov to‘dasining vahimasi va 180 gradus teskari fikrlash haqida – uzxalqharakati.com


Jul 10th, 2011

O‘zlarini “O‘zbekiston Parlamentining Quyi palatasi deputatlari” deb hisoblaydigan ammo aslan Islom Karimov boshqaradigan Davlat Jinoyatchilar To‘dasining bir guruh galstuk taqqan malaylari ushbu kunlarda shiddat bilan rivvojlanib ketayotgan so‘nggi axborot texnologiyasidaan vahimaga tushib qolishgan ko‘rinadi.

Ustiga ustak ana shu yangi texnologiyadan unumli foydalangan holda o‘z saflarini shiddat bilan kengaytirayotgan O‘zbekiston Xalq Harakati bu dardi bedavolarni kapalaklarini uchirib yuborgan shekilli ular o‘zlari gapirayotgan narsani ham oxirigacha anglab olmayotirlar. Ishonmaysizmi?

Bo‘lmasa e’tibor bering, ular shu kecha kunduzda nimalar deb aljiramoqdalar:

Avvaliga Shayka Boshlig‘i shunday dedi:

“Bugun internetning tez sur’atlar bilan rivojlanib ketayotganini, uning yordamida dunyoning istagan nuqtasi bilan tezda bog‘lanib, axborotlarni operativ va tez olish, shu yo‘llar bilan o‘zining bilimi va dunyoqarashini kengaytirishning muhim ahamiyati va beqiyos imkoniyatlarini hech kim inkor qila olmaydi. Biz o‘z hamyurtlarimizning internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishlarini har tomonlama qo‘llab quvvatlaymiz. Yana bir bor qaytarib aytamanki (Shayka boshlig‘i uning gaplarini KERAKLI ODAMLAR(MXX,IIV iskovuchlari) TO‘G‘RI, ya’ni u istagandek tushunishlari uchun “QAYTARIB AYTAMANKI” degan parolni albatta ishlatadi), biz o‘z o‘zini izolyatsiya qilishga olib boradigan yo‘llarni, axborotlarni cheklash uchun qandaydir devorlar qo‘yishni umuman qabul qila olmaymiz. Ammo (!!! Iskovuchlarni OGOHLANTIRISh!) atrofimizda, yaqin va uzoq regionlarda bo‘layotgan narsalarni hisobga olgan holda, biz ayrim buzg‘unchi kuchlar internetdan o‘zlarining qora niyatlari yo‘lida foydalanishi, yoshlarni yo‘ldan urishga harakat qilishi, ularning hali hayotning pasti balandini tushunmagan yosh onglarini zaharlashga urinishlari mumkinligini va bu narsalar ohir oqibatda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e’tiborsiz qoldirishimiz aslo mumkin emas”.

Shayka boshlig‘ini bu gaplarini “to‘g‘ri tushungan” shayka a’zolari, ee, kechirasiz, O‘zbekiston Parlamenti Quyi palatasining deupatlari ularni quyidagicha talqin qildilar:

“”Biz yoshlarni to‘g‘ri tarbiya qilish, mustaqil va oqilona fikrlash, oqni qoradan, do‘stni dushmandan ajrata bilish, o‘tmishdagi tarixiy boyligimizdan fahrlanish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda tarbiya qilishni hech qachon unutmasligimiz kerak” Manbaa http://www.regnum.ru/news/poli​t/1423775.html#ixzz1Ridf6qi7 )

Ya’ni hamma narsalar 180 gradus teskarisiga tushunilishi kerak, aks holda bechora yosh onglar gangib qolishlari hech gap emas. Bu narsani 17 yoshli Zarnigor o‘z vaqtida, onasi Malohaat Eshonqulova va onasining hamkasaba o‘rtog‘i Saodat Omonovalar misolida aniq tushundi (Zarnigorning fikrlari bu erda: http://stopdictatorkarimov.com​/Zarnigor_Hakimova.htm ).

Ya’ni qora oq deyilishi (ya’ni hukumat vakillari, milisalar. hokimlar va sudlar qilayotgan barcha qonunbuzarliklar to‘g‘ri deyilishi), dushman do‘st deb ko‘rilishi (bir begunohni sudrab ketayotgan milisa do‘st deb,sudrab ketilayotgan bechora esa dushman deb), barcha haqiqatni gapiruvchilar, barcha hur fikrlovchilar dushman deb, ularni qo‘llarini qayirib olib ketuvchilar, ularni ishdan bo‘shatuvchilar vatanparvar deb qaralishi kerak. Bunday 180 gradus teskari fikrlayman deb har qanday odamni jinni bo‘lib qolishi hech gap emas!

 

Hazratqul Xudoyberdi

2011 yil 10-iyul

 

http://uzxalqharakati.com/?p=1060

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: