Britaniya Lordlar palatasida O‘zbekistondagi majburiy bolalar mehnati masalasi ko‘tarildi – bbc uzbek


9 iyul 2011

Britaniya Lordlar Palatasida bolalar mehnatidan foydalanishni to‘xtatish yo‘lida shirkatlardan ko‘proq harakatlar talab qilinishi kerakligi aytildi.

Britaniya Parlamentining Lordlar palatasi yirik shirkatlar boshqaruvi masalasini muhokama qilib, O‘zbekistondagi majburiy bolalar mehnati masalasiga ham e’tibor qaratdi.

Lordlar yirik Britan shirkatlarining jahon bo‘ylab faoliyatlarining ahloqiy jihatlarini yaxshilash va umumjahon inson huquqlari standartlariga muvofiq ish yuritishlari yo‘lida oshkoralikni kengaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqdilar.

Lordlar palatasi yig‘ilishida gapirgan Baronessa Yong bolalar mehnatidan foydalanishni to‘xtatishga qaratilgan qator chora va qonunlar tobora ko‘proq ishlab chiqarilayotganligini aytdi.

Misol tariqasida Baronessa Yong Masu’liyatli xom ashyo manbasi Tizimi tomonidan AQSh va Ovro‘po shirkatlari uchun ishlab chiqilgan “va’danoma”ni keltirdi.

“Va’danoma”ga imzo chekkan shirkatlar O‘zbekiston paxta dalalarida bolalar mehnatidan foydalanish hollariga muxolifliklarini izhor etib, shu asnoda etishtirilgan mahsulotdan bosh tortishga va’da berishlari ko‘zda tutiladi.

Baronessa Yong shuningdek O‘zbekiston bilan tijorat olib borayotgan shirkatlarga nisbatan Ovro‘po Ittifoqi va hukumatlar qat’iy talablar qo‘yishlari lozimligini aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, majburiy mehnatga tortilish xavfi ostida bo‘lganlarga yordam berish uchun shirkatlarning o‘zlari ko‘ngilli ravishda ko‘rayotgan choralari etarli bo‘lmayapti.

Baronessa Yong Masu’liyatli xom ashyo manbasi Tizimi tomonidan ishlab chiqilgan “va’danoma”ni qonunuiylashtirish kerakligini aytdi.

Masu’liyatli xom ashyo manbasi Tizimi tomonidan ishlab chiqilgan “va’danoma”da xususan shunday deyiladi:

“Biz ushbu hujjatga imzo chekishimiz bilan, bizning mahsulotlarmizga majburiy bolalar mehnatidan foydalanib etishtirilgan mahsulotning kirib kelishining oldini olishga va’da beramiz. Biz O‘zbekiston paxta dalalarida mutassil ravishda bolalar mehnatidan foydalanishni hujjatlashtirgan qator hisobotlardan xabardormiz. Biz bu holat haqida ogohlikni kuchaytirish va uni to‘xtatish yo‘lida harakat qilamiz.

Hujjatga imzo chekib, o‘zbek paxtasini etishtirishda bolalar mehnatidan foydalanilayotganligiga qat’iy muxolifligimizni izhor etamiz. O‘zbekiston hukumati paxta etishtirish sohasida bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘ymagunga qadar O‘zbekistonda etishtirilgan paxtadan o‘z mahsulotlarimizda foydalanishdan bosh tortish yo‘llarini ko‘ramiz. Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan mustaqil ravishda bolalar mehnatiga chek qo‘yilgani tasdiqlanmagunga qadar bu va’daga sodiq qolamiz.”

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/07/110709_cy_houseoflords_uzbek_childlabour.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: