Ashxobod Obodonda talafotlar bo‘lganini tan oldi – ozodlik.org


Obodondagi portlashlardan zarar ko‘rgan turar-joy binolaridan biri.

11.07.2011

Yakshanba kungi hukumat majlisida rasmiy Ashxobod Obodondagi portlashlarda 15 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Mustaqil manbalarga ko‘ra, portlash oqibatida 200 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Yakshanba kuni Turkmanistonning Obodon shahrida ro‘y bergan portlashlar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgangan komissyai hisobotini o‘rganish uchun hukumatning navbatdan tashqari majlisi o‘tkazildi. Yig‘inga Turkmaniston Prezidenti Qurbong‘uli Berdimuhammedov boshchilik qildi.

O‘tgan payshanba kuni Ashxoboddan 20 kilometr g‘arbda joylashgan Obodondagi harbiy omborda portlashlar ro‘y bergan edi.

10 iyul kungi majlisda Ashxobod rasmiylari portlashlar oqibatida odamlar orasida qurbonlar bo‘lganini birinchi marta tan oldi.

Navbatdan tashqari majlis tafsilotlari haqida Turkmaniston davlat xabarlari agentligi ma’lum qildi.

Hukumat komissiyasi hisobotiga ko‘ra, voqeada ikki harbiy va 13 fuqaro halok bo‘lgan.

Hukumat komissiyasi hisobotini, unga boshchilik qilgan davlat xavfsizlik kengashi kotibi Yaylim Berdiev o‘qib eshittirgani aytilmoqda.

Unga ko‘ra, portlashlar dastavval harbiy omborning pirotexnika saqlangan qismida boshlangan va keyinchalik qurol-aslaxa saqalanadigan xonalariga o‘tgan.

Shu paytgacha, Turkmaniston hukumati Obodondagi portlashlarda odamlar halok bo‘lganini inkor qilib, harbiy omdorda faqatgina feyerverklarda ishlatiladigan pirotexnika portlaganini ta’kidlab kelayotgan edi.

Yakshanba kuni Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi, yana bir bor, horijiy matbuotda berilayotgan Obodonda ko‘plab odamlar halok bo‘lgani va binolarga jiddiy shikast etganiga oid xabarlar haqiqatni eks ettirmaydi, deya bayon qildi.

Mustaqil manbalar, xususan, muhojiratda yashayotgan Turkmaniston muxolifati vakillari Obodondagi portlashlarda 200 ga yaqin odam halok bo‘lgani va shaharga katta ziyon etkazilganini aytmoqda.

Turkmaniston davlat xabarlari agentligi prezident Qurbong‘uli Berdimuhammedovning “eski Obodonning o‘rnida mutlaqo yangin shahar quriladi”, degan so‘zlaridan iqtibos keltirgani ham bejiz emas, demoqda mustaqil kuzatuvchilar.

Turkmanistondagi eng yirik harbiy omborda ro‘y bergan portlashlar minglab odamlarning ko‘chirilishiga sabab bo‘lgani haqida avval xabar qilgan edik.

Guvohlarga ko‘ra, portlash shunchalik katta bo‘lgan ediki, undan xosil bo‘lgan qora tutun Ashxoboddan ko‘rinib turgan.

Prezident Qurbonquli Berdimuhammedov hukumat yig‘inida portlashlarda halok bo‘lganlar yaqinlariga ta’ziya bildirib, zarar ko‘rganlarga barcha yordam ko‘rsatilishini va’da qildi.

Berdimuhammedov majlisda Turkmaniston Mudofaa vaziri Beginch Guntug‘dievga hayfsan berib, uni general unvonidan polkovnik darajasiga tushirdi.

Obodon shahri 50 aholiga ega bo‘lib, Ahal viloyatining eng rivojlangan shaharlaridan hisoblanadi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24261501.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: