Abadanda nima bo‘ldi o‘zi? – yangifikr.com


Markaziy Osiyoning tashqi olamdan ixotalangan davlati – Turkmaniston, o‘tgan payshanba kuni sodir bo‘lgan portlashlar oqibatini tugatishga kirishdi.

Mamlakat poytaxti Ashxoboddan atigi 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Abadan shaxridagi xarbiy omborxonalardan birida sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida qancha odam o‘lgani xozircha no’malumligicha qolayapti. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra u erda 200 dan ortik odam xalok bo‘lgan. Biroq, turkman rasmiylari, u erda xarbiy ombordagi portlovchi moddalar emas, balki, tantanalar chog‘ida ishlatiladian mushaklar portlaganini, va odamlarga ziyon etmaganini ta’kidlab kelayapti.

Bugunda, shaxardan evakuatsiya qilingan odamlar uylariga qaytishayapti, biroq, ko‘rgan va bilgan narsalari xaqida gapirishga ko‘rqishayapti.

Shanba kuni ertalabdan Abadan shaxri va uning atrofiga yaqin joylarda, portlash oqibatlarini tugatish bo‘yicha ommaviy tozalov ishlari boshlandi. Shaxarning xamma axolisi, kucha kuylardan oyna siniqlari va boshqa turli parchalangan narsalarning qoldiqlarini yig‘ishtirishyapti.

Abadan

RIA “Novosti”ning xabar berishicha, shaxarning deyarli barcha mavzesidagi uylarning deraza oynalari sinib ketgan. Ba’zi eshik va deraza romlari joyidan chiqib ketgan.

“Uyimiz vayronaga aylanibdi. Snaryad uyimizni bir tomonidan kirib, ikkinchi tomondan chiqib ketgan. Devorlarga, xovlidagi daraxtlarga, xamma joylarga pulat ignalar sanchilib yotibdi…Agar uyda kolganimizda o‘lib ketardik”, deydi bir Abadanlik fuqaro.

Shaxarning o‘zi xarbiy kuchlar tomonidan o‘rab ko‘yilgani, biroq, shunga qaramasdan shaxarda emin erkin aylanib yurish mumkin ekanligini aytilayapti.

Shu shaxarda yashovchi bir yigitning aytishicha, portlash Abadanning o‘zida emas, balki, shaxar chetidagi xarbiy aerodromdan boshlangan. Aynan mana shu aerodromga bevosita yaqin bo‘lgan Aktepe xarbiy shaxarchasida ko‘p vayrogarchilik bo‘lgan deyishdi maxalli axoli.

Abadan

Turkman xuquq ximoyachilarining «Xroniki Turkmenistana» sayti, voqea qurbonlarining soni 200 tadan ko‘p bo‘lishi xaqida xabar berdi. Unga ko‘ra, shaxardagi maktab, bog‘cha, turar joylar va ishlab chiqarish muassasalari vayron bo‘lgan. Voqea guvoxlari, ko‘chalarda yotgan o‘liklar xaqida gapirishyapti. News-Asia nashri xam, qurbonlar borligini, odamlar vaximada qolganini, va rasmiylar odamlarga bo‘gan voqea xaqida gapirishni bekor kilgani xakida yozdi.

“Prezident Berdimuxamedovning ko‘rsatmasiga binoan, Milliy xavfsizlik vazirligida, portlash va uning oqibatlari xaqida foto, video lavxalar olgan odamlarni topish bo‘yicha maxsus gurux tuzildi. Bu gurux Abakan shaxrida ish olib boryapti” deb yozadi «Exo Moskvы» blogida Ashxobodlik jurnalist Serdar Aytakov.

“Uylarga xech kimni ko‘yishmayapti, mentlar fotoapparatlarni olib quyishyapti, ulardan birini kaltaklashimizga ozgina qoldi. Uyali aloqadan xam foydalanishni ta’qiqlashyapti, biroq odamlar bu daxshatni baribir suratlarga olishayapti” deydi Abadanlik yana bir odam «Fergana ru» ga bergan intervьyusida.

Abadan

«Odamlar xech bo‘lmasa bugun xaqiqatni eshitishga umid qilishgandi. Xukumat, xech bo‘lmasa, motam e’lon qilinishini aytib, jabrlanganlarga yordam beramiz va shaxarni qayta tiklaymiz, demadi. Bekorga umid qilibmiz», deydi News-Asia nashriga yana bir maxalliy ayol – Alina Kirsanova.

Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi esa, darxol bayonot bilan chiqib, Abadan portlashlari bo‘yicha xabar berayotgan axborot vositalari, xususan, Rossiya nashrlarini fitnachilikda aybladi.

«Bu masala bo‘yicha, turkman tomoni o‘zining diplomatik kanallari bo‘yicha qat’iy qarorini bildiradi va Turkmanistonga qarata qilinayotgan bunday informatsion xurajlarni to‘xtatishni talab qiladi», – deyiladi tashqi ishlar vazirligining bayonotida.

Voqea joyidan uzatilgan rasmlar va videolar esa, internet saytlar va rossiya nashrlari yozayotgan gaplarda jon borligini ko‘rsatib turibdi.

Abadan

 

 

 

 

 

 

 

 

Abadan

Turkmaniston poytaxtiga yaqin joyda sodir bo‘lgan bu sirli portlashlar, mamlakatning  xorijdagi muxolifatchilariga o‘ziga xos syurpriz olib keldi.

Kuni kecha ular, Turkmanistondagi navbatdagi prezident saylovlarida qatnashish uchun shaxsan Gurbanguli Berdimuxamedovdan taklif olishdi!

Ilgari kuni portlashni suratga olib, u xaqda xabar tarqatganlarni aniqlash (qamash desa xam bo‘ladi) uchun maxsus gurux tashkil qilishga ko‘rsatma bergan Gurbanguli, kecha xorijdagi o‘z muxoliflarini prezident saylovlarida qatnanishlari mumkinligini aytdi.

«Men o‘zini muxolifatchi deb sanagan barcha nomzodlarga, prezident saylovida qatnashishlari uchun bir xil sharoit yaratib berish bo‘yicha, mamlakat prezidenti sifatida kafolat beraman» dedi turkman prezidenti, portlash bo‘yicha TV orqali qilgan maxsus nutqida.

Abadan

 

http://www.yangifikr.com/news/index.php?option=com_content&view=article&id=245:2011-07-09-23-06-34&catid=1:latest-news

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: