O‘HXning Kanada bo‘limi ochildi – uzxalqharakati.com


Jul 8th, 2011

7 iyul kuni, Kanadaning Xalifaks, Edmonton va Vankuver shaxrida yashovchi O‘zbekiston Halq xarakati (O‘HX) a’zolari onlayn konferentsiya o‘tkazdilar. Vankuver vaqti bilan kech soat 9 da boshlangan bu onlayn yig‘ilishda, O‘HXning Kanada bo‘limini tuzish, uning raisini, xamda tashkiliy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosarlarini saylash kabi muxim masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilganlar bir ovozdan, Vankuverda yashovchi G‘ayrat Xolmatovning nomzodini, O‘HXning Kanada bo‘limi raisligi lavozimiga lozim topdilar.

Bundan bir oylar muqaddam xarakatning Vankuver bo‘limi raisligiga saylangan G‘ayratjon, O‘HX, o‘zbek muxolifatining markaziy kuchiga aylanishi kerakligi xaqida gapirib, bu borada qilinadigan ishlar xaqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Onlayn majlis ishtirokchilari, tashkiliy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosarlarini saylash masalasini xam ko‘rib chiqishdi.

Bu borada ko‘pchilik o‘z fikrlarini bildirdi. Bir nechta nomzodlarni ovozga qo‘yish natijasida, Axror Mamadiev (Xalifaks), tashkiliy masalalar bo‘yicha, esa kalgari shaxrida yashovchi Akmaljon Xaydarov iqtisodiy masalalar bo‘yicha rais muovini etib saylandilar.

Shundan keyin belgilangan masalalar bo‘yicha munozalar bo‘ldi.

Xususan, yig‘ilish ishtirokchilari Kanadaning boshqa shaxarlarida xam O‘HX bo‘limlarini ochish va xarakatga yangi a’zolarni tortish bo‘yicha fikr almashdilar.

Yana bir qizg‘in munozalarga sabab bo‘lgan masala, xarakat bo‘limining iqtisodiy jixatlarini rivojlantirish xaqida bo‘ldi.

Xarakat a’zolari to‘lov badallari va xayriya to‘lovlarining tartiblarini, bo‘limning keyingi xafta so‘ngida bo‘ladigan onlayn yig‘ilishda muxokama qiladigan bo‘lishdi.

 

 

http://uzxalqharakati.com/?p=953

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: