Murojaat – AAT


juma, Iyun’ 8, 2011

2011 yilning 23 iyun’ kuni 2005 yilning 14 mayidan beri turmada jazo muddatini o‘tayotgan Ortiqov Abdumannonning jasadi turma kasalxonasi – Sangoroddan chiqarilib, IIB xodimlari tomonidan xonadoniga olib kelib topshirildi. Ortiqov Abdumannon 2005 yilning 13 mayida Andijondagi mitingda qatnashgani uchun 6 yil muddatga sudlangan edi.

Ortiqov Abdumannon 1977 yili tug‘ilgan bo‘lib, qamalgunicha Andijon shahar, Shimoliy mikrorayon dahasi, 12‑b dom, 28‑29‑kvartirada yashagan. Uylangan, farzandi yo‘q.

Ko‘rganlarning guvohlik berishicha, Abdumannon Ortiqovning jasadining abjag‘i chiqarilgan.  Kindigidan tomog‘igacha yorib, qayta tikilganligini bildirib turuvchi qo‘pol chandiq ko‘rinib turgan. Bosh miyasi ham majaqlangan. Butun badani bo‘ylab ko‘kartirilgan joylar aniq ko‘rinib turgan. Boshi orqa tomondan tikilgan.

O‘limidan 18 kun oldin otasi Latifjon aka Ortiqov o‘g‘lini Qarshi shahridagi turmada ko‘rgan. Abdumannon 25 kundan keyin uyiga qaytishini aytgan. Abdumannon o‘sha paytda soppa‑sog‘ bo‘lgan. Qamoqxona intizomi bo‘yicha  hech bir ogohlantirishi bo‘lmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, otasi ketgach Abdumannon Ortiqovni izolyatorga tiqishibdi. U erda qamoqxona xodimlari qiynashibdi va uni qamoqdan tirik chiqarmasliklarini aytishib, do‘q qilishibdi.

Turma xodimlari mahbusning o‘limi sabablarini quyidagicha izohlashdi: Abdumannon Ortiqovga ozod bo‘lishidan oldin muddat qo‘shib berishdi. Ushbu xabarni yuragi ko‘tara olmaganligi oqibatida o‘ldi.

Qiynoqlar va shafqatsiz yondoshuvlvr oqibatida O‘zbekiston turmalarida oxirgi bir necha yilning ichida yuzlab inson qatl etildi. Hech bir o‘lim holatlarida zarur sud tekshirishlari olib borilmagan. Guvohlar qattiq do‘pposlash izlari aniq ko‘rinib turganligini gapirishgan bo‘lishlariga qaramasdan, qiynoqlarga bog‘liq biron‑bir jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan.

Biz Huquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan mahbuslarga nisbatan bunaqangi noqonuniy, shafqatsiz va uyat‑andishasiz olib borilayogan munosabatlarni ‑ inson huquqlari hamda O‘zbekiston bajarishlikni o‘z zimmasiga olgan Xalqaro hujjatlarning qo‘pol buzilishligi, deb hisoblaymiz. Biz O‘zbekiston respublikasi hukumatidan o‘ldirilgan mahbuslar ishi bo‘yicha jinoyat tekshiruv ishlari olib borishlikni talab qilamiz.

Shulardan kelib chiqib, biz Xalqaro tashkilotlarni hamda Demokratik Davlatlar hukumatlarini ozodlikdan mahrum etish joylaridagi himoyasiz mahbuslarga nisbatan kaltaklashlar va terror uyushtirayotgan O‘zbekiston hukumatiga qarshi bosim o‘tkazishlikka chaqiramiz. Shu bilan birga qonunchilikni yanada mustahkamlash maqsadida, ushbu ishlarda aybdor bo‘lgan O‘zbekiston Huquqni himoya qilish organlari xodimlari va mansabdorlarini jinoiy javobgarlikka tortishlikka da’vat etamiz.

“Andijon – Adolat va Tiklanish” jamiyati

 

http://andijonadolat.org/?p=4433

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: