QULAYOTGAN TUZUM – uzxalqharakati.com


va O‘zbekiston Milliy Xavf Xizmatining so‘nggi pinhoniy jinoyatlari haqida

Jul 8th, 2011

Hazratqul Xudoyberdi

Ko‘pchilikkka ma’lumki Sovet tuzumidan meros qolgan va o‘zini eng qonxo‘r va eng johil tuzum xizmatkori sifatida tanitgan NKVD/KGB bugunga kelib MXX/SNB nomi bilan o‘zining o‘sha eski uslublarida faoliyat yuritmoqda.

Sovet tuzumi yo‘qotilgan bo‘lsa ham uning sarqitlari yo‘qotilmagani sababli sovet tuzumining eng xavfli tashkiloti bo‘lmish NKVD/KGB Rossiya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belarusь kabi yangi tuzilgan jumhuriyatlarda na ish uslubi bilan, na da struktura sifatida hech bir o‘zgarmasdan saqlanib qoldilar. Ularning ish uslublari eskicha, ularning rahbarlari eskicha, ularning razilliklari ham eskicha. Endi ular tayyorlayotgan yosh kadrlar qanaqa bo‘lishini o‘zingiz taxmin qilishingiz mumkin.

Asosiy vazifasi mamlakat fuqarolarining tinch va osoyishta hayotini turli tuman uyushgan jinoyatchilik, mafiya, reketchilar va tashqi dushmanlardan himoya qilish deb belgilanganiga qaramasdan O‘zbekistonning KGB/MXXsi bosh jallod Islom Karimovning hamda ikkinchi jallod Rustam Inoyatovning og‘zaki ko‘rsatmalari (o‘zlarining ko‘rsatmalari jinoiy ekanligini juda yaxshi bilgan bu muttaham rahbarlar ularni yozma ravishda bermaydilar – agar biror kun ularni ushlab sud qilishganda isbot va dalillar bo‘lmasligi uchun!!!) asosida ishlaydi.

Bu ko‘rsatmalar esa yuqorida keltirilgan va O‘zbekiston qonunlarida belgilangan va hujjatlarda bitilgan asosiy vazifalar(fuqarolarniing osoyishta hayotlarini himoya qilish)dan tubdan farq qiladi va ular asosan O‘zbekiston Hukumatini noqonuniy yo‘llar bilan egallab olgan Jinoiy To‘daning manfaatlari va ularning hayotlarini himoya qiladi.

Ko‘zlari, qo‘llari va dillari qonga botgan MXX xodimlarining kechayu kunduz uylaydigan va qiladigan asosiy ishlari – bu “O‘zbekiston Hukumati” deb ataluvchi ammo aslida O‘zbekiston Davlat Jinoiy Guruhiniing Markaziy va Mahalliy organlarida ishlaydigan kattayu kichik rahbarlari va xodimlari va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston xalqidan himoya qiladilar.

Chunki bu jinoiy to‘da vakillaari shuni aniq va ravshan biladilarki, ular o‘zlari egallab turgan hokimiyat aslida noqonuniy ravishda egallangan va xalq istagan paytda ularni ag‘darib tashlashi mumkin.

Xuddi ana shuning uchun ham bu Davlat Jinoiy To‘dasi hali O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida endi oyoqqa tura boshlayotgan davrlardayoq ularning noqonuniy Hukumatiga tahdid soladigan, xalqni ularga qarshi kurashga safarbar qila oladigan asosiy kuchlarni yo‘q qilishga astoydil kirishdilar va bunga qisman erishdilar ham.

O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashgan O‘zbekiston “Birlik” Xalq Harakati, Turkiston Xalq Harakati, “Erk” demokratik partiyasi, “Islom uyg‘onish” partiyasi, “Ozod dehqonlar” partiyasi, O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati, “To‘maris” ayollar uyushmasi, “Erkin yoshlar” uyushmasi, “Milliy Majlis” tashkiloti, “O‘zbekiston Demokratik kuchlar Forumi”kabi o‘nlab kattayu kichik jamoat tashkilotlari taqiqlandilar, ularning rahbarlari va faollari qamoqlarga tashlandilar, qolganlari esa mamlakatni tark etishga majbur qilindilar. Bu tashkilotlarning O‘zbekistondan chiqib ketishga imkoni bo‘lmagan faollari va a’zolari qattiq nazorat ostiga olindilar.

Bugun ham MXXning asosiy vazifasi eskiligicha qolmoqda:doimiy ravishda faol insonlarni aniqlab borish, ular bilan aloqaga chiqadiganlarni hamda muxolif kuchlar ta’siriga berilgan insonlarni birin-ketin aniqlash va yo‘q qilish kabi ishlardir.

Bu noqonuniy Hukumatning 2002 yilda tuzilgan eng so‘nggi qora ruyxatlarida 500dan oshiq muxolifat kuchlari namoyondalarining nomlari va qaerlarda yashashlari bitilgan. Keyinchalik bu ruyhat yangilangani aniq va bugunga kelib kundalik hayotda kurashning tig‘ini ular ana shu muxolif kuchlarga tegishli bo‘lishi gumon qilingan millionlab oddiy fuqarolarga qaratishgan.

Bu oddiy insonlar qandaydir bir ko‘rinishda yo siyosiy, yo diniy qarashlari bilan biror joyda o‘zlarini bir karra bo‘lsin namoyon qilgan bo‘lsalar bas, darhol ular haqida ma’lumot millat sotqinlari bo‘lmish mahalla komissiyasi raislari, mahalla posbonlari, machitlarning imomlari, davlat korxonalari va tashkilotlarining rahbarlari hamda ishchi-xizmatchilarning yurish turishini kuzatib yuradigan maxsus xodimlar tomonidan MXX va IIV(Ichki ishlaar vazirligi)ga etkaziladi.

Shundan so‘ng nomlari berilgan fuqarolar darhol qora ruyxatga tushadilar va ular ustidan nazorat o‘rnatiladi. Ularning ayrimlari birdaniga, boshqalari esa sekin asta qo‘lga olinadilar. Qo‘lga olingach esa ularni nima bilandir ayblash lozim bo‘ladi.

Fuqarolarga “Sen hokimiyat siyosatini tanqid qilgan ekansan, Prezident, falonchi vazir, falonchi hokim, falonchi imom yoki davlat hizmatchisiga qarshi gapirgan ekansan” deb ayb qo‘ya olishmaydi chunki O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarida bunday ayblov moddalari yo‘q.

Ammo o‘zi noqonuniy bo‘lgan bu hukumatga qarshi bo‘lganlarni qaandaydir ayblovlar bilan sud qilish uchun bu Jinoyatchilar To‘dasi maxsus jinoiy moddalar o‘ylab topishgan. U moddalar shunday ruhda tuzilganki, ular ham jarangdor, ham vahimali, ham sodda odamlarni ishontiradigan darajada yuridik ko‘rinishga ega. Ammo ma’lumotli va sofdil har qanday oddiy yurist bu qonunlar va ular asosida tuzilgan ayblovlar bironta xalqaro standartlarga javob bermasligini bir zumdayoq aniqlay va isbotlay oladi.

Meni «O‘zbekiston davlat hokimiyatini ag‘darishga va noqonuniy bo‘lgan parallel davlat tuzilmalari tuzishga urinish» deb avvaliga Sovet davridan qolgan Jinoyat Kodeksidagi 62 modda bilan, keyin esa men qamoqqa olingan kunlarda (dekabrь 1992y.) qabul qilingan maxsus jinoiy moddalar («Konstituitson tuzumga tajovuz qilish) bilan ayblashdi.

Men qonunlarni hurmat qilganim, o‘zim esa O‘zbekiston Inson huquqlari Jamiyatning faoli bo‘lganim uchun o‘zimni va men kabi ushlanib, ayblaanayotgan birodarlarimni astoydil himoya qilishga jazm qildim.

Bizning «aybimiz» «Milliy Majlis» deb atalgan bir tashkilot tuzganimizda edi. «Milliy Majlis» esa o‘z oldiga barcha jamoat tashkilotlarini birlashtirib bir Jamoatchilik Parlamenti tuzish(bunday Parlament oradan 10 yil o‘tib Rossiya va Ukrainada tuzildilar) va uning yordamida xalqniing talab va ehtiyojlarini Parlamentga va Prezidentga qonun Loyihalari shaklida etkazib turish edi.

Parlament va Prezident xalqning bu talablarini o‘rganib chiqib, ularning eng mo‘himlarini deputatlar yordamida qayta ishlab, ularga qonun loyihasi ko‘rinishi berib, keyin ularni avval Parlamentning turli tuman sohalar bo‘yicha Qo‘mitalarida, keyin esa parlamentning katta majlislarida muhokama qilib, ularni qabul qilishlari lozim edi.

Bu g‘oyaning naqadar mo‘himligiga yillar o‘tib men hano‘z qattiq ishonaman, uning mo‘himligini tushungani uchun ham Rossiya va Ukrainaning hukumatlari bunday Jamoatchilik Parlamentlari tuzishga ruxsat berishgan va bugun ular xalq va hokimiyat o‘rtasidagi mo‘him bog‘lovchilik rolini o‘ynashmoqda.

O‘z qilayotgan ishimizning to‘g‘riligi va mo‘himligini bilganimiz uchun biz o‘shanda Rossiyadan Sergey Kotov degan kuchli bir advokatni bizni himoya qilishga yolladik. U advokat bizning hujjatlarni bir ko‘rishdayoq ularda qonunga qarshi biror narsa yo‘qligini tasdiqladi va bizni himoya qilishga rozilik berdi. («Milliy Maxlis» haqidagi to‘liq ma’lumotlarni bu erda o‘qishingiz mumkin: Delo «Milliy Majlisa» , http://stopdictatorkarimov.com/Kundalik_1.htm ).

Ammo Karimov To‘dasi bizning ishlarimiz to‘g‘riligini isbotlashga bizga hatto imkon ham berishmadi: Advokatimiz Sergey Kotovga qarshi zo‘ravonlik ishlatilib, u majburiy ravishda polkovnik Odil Hasanov va uning yugurdak ofitserlari yordamida(bu ishlarga shu jumladan bugun Ichki Ishlar vaziri o‘rinosari lavozimida ishlayotgan Alisher Sharafutdinov ham aralashgan edi), yashirin yo‘llar bilan Ekaterinburgga uchirib yuborildi.

Oradan yillar o‘tib Islom Karimovning Jinoiy To‘dasi nihoyat asosiy muxolif kuchlardan qutuldim deganda ularga qarshi kurash maydoniga musulmonlar tushdilar. Ular o‘zlarining rejimga qarshi kurashlarini demokratik muxolifat kabi maydonlarda namoyishlar, norozilik yurishlari tashkil qilish bilan emas, balki tinch ko‘rinishda norozilik bildirish, o‘z duolarida tuzumni laьnatlash, unga xizmat qilmaslik va faqat Alloh taologa bo‘ysunishni targ‘ib qila boshladilar.

Ammo o‘zini Xudo, xalqni esa o‘zini qullari deb hisoblaydigan Islom Karimovga bu albatta yoqmadi va endi u o‘z Jinoiy To‘dasini musulmonlarga qarshi tashladi. Ana o‘sha mash’um 1992yildan beri bu to‘daning demokratik muxolifat va musulmonlarga qarshi kurashi bir soniya bo‘lsin tingani yo‘q, tinmaydi ham. Bu kurashni to‘xtatadigan faqat birgina kuch bor: Bu O‘zbekiston xalqidir. Bugun O‘zbekiston xalqini bunday buyuk kurashga boshlaydigan eng uyushgan kuch esa O‘zbekiston Xalq Harakatidir.

Bu kurashning naqadar lozimligini davrni o‘zi, xalqning hurriyatga bo‘lgan beqiyos sog‘inchi va mo‘him talabi va nihoyat Islom Karimov boshliq Jinoiy To‘daning bugungi kunda xalqqa qarshi borgan sari kuchaytirayotgan ta’qib, tayziq, zo‘ravonlik va qatag‘onga asoslangan ammo chirib ketgani aniq va ravshan bo‘lib qolgan siyosati ko‘rsatib turibdi. Har qanday chinor u naqadar bahaybat va ulkan bo‘lmasin uning ham umrining so‘nggisi bor. Xuddi shundek o‘zini O‘zbekiston Hukumati deb ataydigan, haqiqatda esa bir Jinoiy To‘da bo‘lgan Islom Karimov tuzumi ham chirib ado bo‘lgan bir tuzumdir. Chirigan bahaybat chinor qanday gumburlab qulasa, chirigan Karimov tuzummi ham xuddi shundek gumburlab qulaydi. Qulayotgan daraxt ostidan vaqtida qochgan odamgina o‘z jonini asrab qolganidek, qulayotgan tuzum ostidan ham vaqtida o‘zini chetga olganlar omon qolishlari mumkin xolos. Shular haqida bir fikrlashib ko‘ringlar hano‘z rejimga xizmat qilayotgan insonlar.

Quyida ana shunday qatag‘onlar surunkali davom etayotgani haqida eng so‘nggi ma’lumot.

 

2011-07-08

http://uzxalqharakati.com/?p=915

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: