O‘zbekiston televidiniesi *Yoshlar* kanali xodimi Abduqaxxor Ismoilovga men tomonimdan javob maktubi. – uzxalqharakati.com


Jul 7th, 2011

Bugun Sizning “Yoshlar” telekanalining sobiq jurnalislari Saodat Amonova va Malohat Eshonqulovalar nomiga yozgan xatingizni o‘kib ko‘rib, ular ayni damda Sizga javob yozishga qodir emasliklarini hisobga olib, Ismoil Dadajonov Sizga baholi qudrat javob berishga ahd qildim.

Sizga javob yozishda Sizning yozgan xatingizdan iqtiboslar keltirdim.

Iqtibos: Abduqahhor Ismoilov:

Kaminaning avvalgi maqolasiga Malohat Eshonqulova tomonidan 21 iyunь kuni yozilgan javobni o‘qib, to‘g‘risi, juda zavqlandim. Hatto javob yoza turib, “buyuk jurnalist” xonim qanchalar asabiylashgani, g‘azabdan titrab-qaqshab, jazavaga tushganligi ko‘z oldimga kelib, o‘zimni kulgidan to‘xtata olmadim. Gap egasini topibdi-da? Alam qilib ketdimi, Malohat xonim? Haqiqat shunaqa achchiq bo‘ladi, opaginam!

Ismoil Dadajonov:

Ukaginam!

Birovning asabiylashgani, g‘azabdan titrab qaqshaganidan lazzat olib kulgan bo‘lsangiz darhol bir “domla” topib o‘zingizni o‘qitib yuboring. Men gumon qilayapmanki, Sizni jin chalgan bo‘lsa kerak. Aks xolda sog‘lom odam birovga ozor berib, bayram kuni holva bozoriga kirib qolgan devonadek iljayavermaydi.

A.I: Men Eshonqulovani jurnalist deb bilmayman. Eshonqulova – juda katta ig‘vogar va juda kichkina odam. Uning vujudida hasad, g‘araz va nafrat zardoblari shu qadar ko‘pki, natijada aql va insofga joy qolmagan. Bunday kimsaga hatto murojaat qilishni ham o‘zimga ep ko‘rmaganligim bois, uni uchinchi shaxs sifatida belgilab, ushbu fikrlarimni bayon etishda boshqa o‘quvchilarga murojaat qilaman.

Eshonqulova mening umuman bor-yo‘qligimga shubha qila turib, shu bilan birga, men qaysidir arboblarning buyurtmasiga muvofiq ish tutganligimni yozibdi. Bu erda Malohat xonim meni o‘zi bilan adashtirib yuborgan shekilli. Chunki aslida televidenieda Malohat Eshonqulova ismli xodim mavjud emas, boz ustiga, aslida Eshonqulovaning o‘zi xorijdagi “ma’lum va mashhur” buzg‘unchi tashkilotlarning nog‘orasiga o‘ynab kelmoqda.

I.D: Ha, Siz tug‘ri aytayapsiz. Hozir TVda Malohat ismli xodima mavjud emas, lekin bu vaqtinchalik xolat xolos. Yaqin kelajakda u erdan Sizga o‘xshagan yaloqxo‘rlar yo‘q bo‘ladi. Ana shundagina u er pokiza bir dargohga aylanadi. Bugun mavjud tuzumni mahkam ushlab saqlab qolishga urinayotgan rahbaridan tórtib, yaloqxo‘rigacha tinmay xorijdagi “ma’lum va mashxur” buzg‘unchi tashkilotlar bizning mustakilligimizni ko‘ra olmasdan fitnalar uyushtirishmoqda deb bong urushadi. Keling, aql bilan yondoshib ko‘raylikchi. Siz aytayotgan tashkilotlar O‘zbekistonni nimasini ko‘ra olmaydi?

Balki O‘zbekiston jannatmakon diyor bo‘lishiga qaramay millionlab o‘zbeklar o‘zga yurtlarda mardikorlik qilib, xor zor bo‘lib yurishganiga hasad qilishayotgandir.

Mumkin, millionlab tonna paxta etishtirib, undan chiqadigan yog‘ini ham ololmayotgan xalqga hasad kilayotgandirlar.

Yoki bug‘doy etishtirib bir oyda 1,2 kg unni ololmayotgan dehqonga hasad kilishayotgandir.

Paxta dalalarida qulday ishlayotgan maktab bolalarini ko‘rib, bunday baxtga bizni bolalarimiz erisha olmadilar deb kayg‘urushmokdamikin? Ayting agar bilsanggiz, Sizning va o‘sha avtokrat prezidentingiz abgor qilgan vatanimizning qaysi jihatlariga, yoki “yutuqlariga” birov hasad ko‘zi bilan qarashi mumkin? Nimangizni ko‘ra olmaslik mumkin?

Hatto ob-xavo ma’lumotini ham to‘g‘ri aytishga jur’at qilina olmaydigan “so‘z erkinligi”ga hasad bormikan ularda?

Balki ularning hasadi o‘z qamoqxonalarini nomozxonlar bilan to‘ldira olmayotganliklaridanmikin? Agar Siz haqiqiy erkak bo‘lganingizda shu qizlarga yordam bera olmaganingizda ham, hech bo‘lmasa ularga tuhmat qilishdan tiyilib turgan bo‘lardingiz.

A.I: Eshonqulovaning javob xatida “Biz alamzada emasmiz!” – degan asabiy chinqiriq bor edi. Aslida aynan shu so‘zlarning o‘zi alamzadalik belgisi. Lekin buni tushunsa bo‘ladi. Alam qilmaydimi axir: qariyb ikki yillik ovoragarchiliklar, xomxayollar ummonida suzishlar, xorijlik hojalarining soyasiga salom berishlar – hammasi zoe ketib tursa!

Malohat xonim bunchalar jig‘ibiyron bo‘layotganligiga yana bir sabab, o‘sha xorijlik buyurtmachilarning o‘zlari ham Eshonqulovaning buzg‘unchilik va ma’naviy qo‘poruvchilik “potentsiali”ga shubha bilan qaray boshladilar. Eshonqulova va Amonovadan foyda yo‘qligini tushunib etdilar. Oqibatda ikki dugonani yolg‘izlatib qo‘yishdi. Foydalanib bo‘lingan matoh sifatida yo‘l chetiga uloqtirishdi. Alam qiladi-da!

Eshonqulovaning alamzada bo‘lishiga eng katta sabablardan biri – butun televidenie jamoasi uning asl qiyofasini ochiq-oydin ko‘rdi va endi uni qayta o‘z safiga hech qachon qabul qilmaydi. Eshonqulova shuni biladi va shu tufayli o‘zini qo‘yarga joy topolmayapti. Alam qiladi-da!

I.D : Men bu jurnalist qizlarning xorijliklar soyasiga salom berganini bilmaymanu, lekin Siz bugun o‘z xojalaringizning oldida qaltirab turib isyonkor ayollarga tuhmat qilayotganingizdan, yurtboshingizni kiyib tashlagan ichki libosiga ko‘z tikayotganligingiz ko‘rinib turibti. U zot bilan razmerlaringgiz to‘g‘ri kelarmikin o‘zi? Yoki tabarruk deb katta kelsa bir qismini ro‘mol qilib o‘rab olasizmi? Xorijliklarning o‘z tashvishlari o‘zlariga etib ortadi. Lekin bizni yurtlarda nimalar bo‘layotganidan ham xabardorlar.

Masalan O‘zbekiston prezidenti dunyoning eng dahshatlik diktatorlari safida ekanligidan, shuningdek O‘zbekiston deya atalmish bu yurt inson huquqlarini qo‘pol tarzda oyoq osti qilayotgan komunistik quriqxona ekanligidan.

Aholining asosiy qismi qashshoqlik darajasidan ham past darajada yashayotganligini ham bugungi zamonaviy dunyo juda yaxshi xabardor qilingan.

Poraxo‘rlik kabi jirkanch bir illat jamiyatning eng yuqori pog‘onalariga chiqib olganidan xabardordirlar. Albatta qizlarga alam qiladida jannatmakon diyorimizni najosat botqog‘iga botirib qo‘yib, tag‘in kuydirilgan kalladek iljayib turganlaringizdan keyin.

A.I. : Kuni kecha, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining kasb bayramida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida shodiyona ustiga shodiyona bo‘ldi. An’anaga ko‘ra, ertalabdan televidenie faxriylariga osh tortilib, shu pirxonani elkasida ko‘tarib kelgan keksa avlod vakillariga sovg‘a-salomlar ulashildi. Milliy teatrda yilning eng faol jurnalistlari sifatida mukofotlanganlar orasida MTRK xodimlari ham olqishlandi. Keyin televidenie majlislar zalida asl jurnalistlarni MTRK Sovrini bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Hamma xursand, hammaning yuz-ko‘zida samimiyat va mehr balqiydi. Faqat Eshonqulova va Amonova ana shu baxtdan benasib. Alam qiladi-da!

Bunday baxtdan mosuvo bo‘lishlariga esa ularning o‘zlari sababchi. Buni ham ular yaxshi tushunib turishibdi. Shundan ham alamlari osmonga o‘rlamoqda. Boshqa hamkasblari (sobiq hamkasblari) halol va jo‘shqin mehnatning mevasini totib turgan bir mahalda Eshonqulova va Amonovaning yuraklarini ular o‘zlari parvarishlagan hasad va g‘araz chayonlari chaqib yotsa – alam qilmaydimi?

I.D: Bilasizmi, jurnalist qizlarni bu xarom xadyalardan quruq kolganliklari ularni xudo o‘zi saqlaganidir. Bu tantanalar, nozu-ne’matlar, ichkiliklar kimning hisobiga bo‘ldi? Yana o‘sha qashshoq xalq hisobidanmi? Och itning ketini to‘q it yaladimi? O‘sha oshxo‘rlik va mayxurlikda ishtirok etgan “asl” jurnalistlar umrlari davomida faqat saltanatga xizmat qildilar-ku.

1989 Farg‘ona fojialarida rus imperiyasiga qarshi chiqgan jallod sovet tuzumi o‘qidan qurbon bo‘lgan yigitlarni ekstremist va giyohvand deb haqorat qilishdi.

Yurtboshingizni el yurt ozodligi uchun halok bo‘lgan qahramonlar deb tan oldirganimizda o‘sha asl jurnalistlar boshqacha ashula ayta boshlashdi.

Aynan o‘sha “asl” jurnalistlar Andijon qatliomini teskari talqin qilishdi. Suv keltirganlar xor bo‘lib, ko‘za sindirganlar aziz bo‘ldi.

O‘sha Siz aytgan “asl” jurnalistlar aslida o‘rgatilingan to‘tilar ekanligiga birovda zarracha bo‘lsin shubha bormikan? Ularning orasidagi ba’zi vijdonliklari ham hayvon o‘rgatuvchining qamchisidan ko‘rqqan hayvonlardek sukut ummoniga g‘arq bo‘lishgan. Biror joyga maqola yozib, biror tuguncha ko‘tarib qaytishdan umidvor bo‘lib yurgan jurnalistlaringizni balki Siz halol va asl sanarsiz. Ammo biz uchun va rivojlangan zamonaviy dunyo uchun ular gadoy singari tabaqadagi shaxslar ekanligini bilasiz chog‘i.

A.I : Televidenieni qashqirlar makoniga tenglashtirgan nonko‘r odam sifatida, Eshonqulovaga bu tabarruk dargohda joy yo‘qligi kundek ravshan edi va bu borada haqiqat qaror topdi. Tuzini eb, tuzluqqa tupurgan bu odamni televidenie jamoasi endi kechira olmaydi.

Dunyodagi manaman degan va o‘zini hurmat qilgan telekompaniyalarda jurnalistlarni “mamlakatning qo‘riqchi itlari” deb ta’riflashadi. Bu – yomon gap emas. Xorij jurnalistlari buni haqorat emas, ijobiy sifat deb qabul qiladilar. Bilasizmi, agar zarur bo‘lsa, men ham o‘z vatanim uchun qo‘riqchi it bo‘lishga tayyorman. Bunday kontekstda “it” bo‘lishdan uyalmayman. Harholda, o‘zga mamlakatning hangisi bo‘lgandan ko‘ra, o‘z yurtingning qo‘riqchi iti bo‘lish afzalroq.

Avvalam bor kizlardan xam xafa bulgan joyim bor. U bechora sodda kizlar uylashadiki “Bosh” urgatuvchi bilan uchrashsak u bizni barcha muammolarimizni xal etib beradi deb.

I.D: Siz it bulish hakida yozibsiz. Majoziy ma’noda it bulishning tom ma’noda it bo‘lishdan farqi bor. Siz haqiqiy tom ma’noda it bo‘lgansiz. Siz na vatanni va na xalqni, balki Oqsaroyni qo‘riklayotgan itga aylanib bo‘lganingiz satrlaringizdan ko‘rinib turibti.

Parij sudi Siz ardoqlaydigan Yurtboshingizni “Diktator” deb qaror chiqarib turgan paytda, mamlakatimiz dunyoning eng repressiv mamlakatlaridan biri ekanligi qayd etilgan vaqtda va Uzbekiston ommaviy axborot vositalariga dunyoda birov ishonmasligiga aqlingiz etsada, sasingiz chiqmasa Sizni haqiqiy inson deb atash mumkinmi o‘zi?! Aytadilarki, it bo‘lish ham osonmas, buning uchun hech bo‘lmaganda bir qarich dum kerak. Sizni men dumi va qulog‘i kesib tashlangan qo‘riqchi itga qiyoslayman. Inson nomi esa Sizga va Sizga o‘xshaganlarga hayf! Siz isnodsiz xolos!

A.I : Shu kunlarda Eshonqulova, Amonovalar uyda o‘tirib, birgalikda ochlik aktsiyasini o‘tkazishmoqda. O‘zlarini ovutishga boshqa usul topa olmagach, bekorchilikni shu yo‘l bilan bezatishni lozim bilishgan shekilli. Yana bir maqsadlari esa ommaning e’tiborini qozonish, odamlarning rahmini keltirish. Lekin buning foydasi yo‘q. Bu ikki ayolning asl basharasi hammaga ma’lum bo‘ldi, shu tufayli bundan buyon ular uyushtiradigan har bir tomosha barcha uchun ahamiyatsiz, ularning ochligi yoki to‘qligi hech kimni qiziqtirmaydi. Qolaversa, uyda o‘tirib e’lon qilingan ochlikka kim ham ishonardi? Kim biladi deysiz, balki birovning ko‘zidan berkitib qorinni to‘qlab turishgandir. Axir uylariga tunu kun ishlaydigan telekamera o‘rnatib qo‘yilmagan-ku.

Eshonqulovaning avvalgi javob xatida keltirilgan va albatta hozir yozilayotgan ushbu maqola internetga chiqqanidan keyin “buyuk jurnalist” xonim tarafidan yanada kuchayadigan madaniyatsiz va haqoratli so‘zlar uchun xafa emasman. Chunki Eshonqulovani juda yaxshi tushunaman va uning badbaxtligiga chin dildan achinaman.

I.D: Avvalam bor, shaxsan men o‘zim u kizlardan biroz xafa bo‘lgan joyim bor. Bu sodda qizlar o‘ylashadiki “Bosh o‘rgatuvchi” bilan uchrashsak u biz ko‘rsatayotgan barcha muammolarni hal etib beradi deb.

Barchamizni boshimizdagi kulfatlarga asosiy aybdor ham xuddi o‘sha “Bosh o‘rgatuvchi” ekanligiga ularda endi ishonch bo‘lsa ajab emas. Sizlar hozircha buni tushunmayapsizlar, aniqrog‘i tushunadigan darajadagi insonlar emassizlar.

O‘zbek jurnalistikasining ta’rixiga kiradigan bu ikki ayolning qahramonligini yurtboshingiz va uning atrofidagi malaylari tushunadigan darajagi inson emaslar. Shunday ekan, men ham bu ikki jurnalist qizimiz u ablahlar uchun o‘z jonlaringga ozor berishlarini juda oqlamayman. Ular bugungi kunda xalqning etiborini, hurmatini qozondilar va ular ko‘targan isyon esa, yurtda hukmronlik qilayotgan adolatsizlik mevasidir.

Malohat Eshonqulova va Saodat Amonovalar tashlagan qadam tuzumni yana bir bor o‘rnidan qalqitdi. Abduqahhor, Sizdan birov xafa bo‘lmaydi ham, chunki yosh bo‘lsangizda, shu darajada tubanlikka tusha olibsizki, Sizdan xafa bo‘lish aqli raso odamga yarashmaydi ham. Faqat bir narsaga hayronman. Qanday qilib bu yoshdagi odam bunchalar tubanlikka tushishi mumkin ekan. Otanggizga “raxmat”!

O‘zbek millati buyuk millat, lekin har qanday millatning ham o‘z kurmaklari bo‘ladi. Men ishonaman, yaqin kunlarda millat Sizdayin kurmaklardan tozalanadi.

 

Ismoil Dadajonov

 

http://uzxalqharakati.com/?p=879

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: