Rossiya harbiy qudratini oshirish uchun 730 milliard dollar ajratadi – ozodlik.org


06 iyul, 2011

Amerika Ovozi

Foto AP

“Byudjetdan bu korxonalarga katta pul ajratib, millionlab ish o’rinlari yaratish mumkin. Saylov oldidan eng zo’r strategiya shu, bu odamlar albatta Putinga ovoz beradi”.

Rossiya hukumati qurol arsenalini yangilash uchun 2020 yilgacha milliardlab dollar mablag’ ajratishni ko’zlamoqda.

Bosh vazir Vladimir Putin yil boshida parlamentga murojaatida “Rossiya har qanday tahdidni bartaraf etish salohiyatiga ega bo’lishi lozim” deb ta’kidlagan edi. 2013 yildan boshlab raketa ishlab chiqarish ikki karra oshadi.

Mahalliy siyosatdonlar buni qisman izzattalablik, shu bilan birga Rossiya nufuzini oshirishga qaratilgan qadam deb baholaydi.

Kelasi to’qqiz yilda 730 milliard dollar – bu kuniga 20 million degani. Rossiya o’z armiyasini oyoqqa turg’azish va uni yangi qurollar bilan ta’minlashga ana shuncha sarflashga tayyor.

Ballistik raketalarni tashuvchi sakkiz suvosti kema, 600 samolyot va havo hujumiga qarshi sistemalar. Rossiya bularni ham mahalliy, ham xorijiy kompaniyalardan xarid qiladi. Zamonaviy qurollar zaxiraning 70 foizini tashkil etishi kerak.

AP

Harbiy ekspert Pavel Felgenxauer deydiki, strategik yadro qurollar modernizatsiyasi Rossiya uchun dolzarb, biroq mudofaa sektorining boshqa bo’g’inlari ham sarmoyaga muhtoj.

“Havo kuchlari, havo hujumiga qarshi tizimlar, armiyani qayta isloh qilish kerak. Mavjud qurollarning 90 foizi eskirgan”, – deydi mutaxassis.

Rossiya xorijiy davlatlarga qurol-yarog’ sotib, eksportdan har yili milliardlab dollar daromad oladi. O’z zobitlari qo’lida esa asosan Sovet davridan qolgan anjomlar.

So’nggi 10 yil ichida Kreml mudofaa byudjetini 10 baravar oshirgan bo’lsada, samarasi uncha ko’zga tashlanmaydi.

“Rossiya mudofaa vaziri so’zlariga ko’ra, ajratilgan mablag’ning katta qismi o’marilgan, korrupsiyaga yem bo’lgan”, – deydi Felgenxauer.

“Mudofaa sanoati qo’shimcha sarmoyaga narx-navoni ko’tarish bilan javob berdi. Ishlab chiqarish hajmi o’sha-o’sha, lekin qimmatroq narxda sotishyapti”.

Bosh vazir Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Rossiya xorijdan kelayotgan tahdidlarni bartaraf etishga tayyor turmog’i lozim.

AP

Bu bilan, deydi tahlilchilar, Putin kelasi yilgi saylovlar oldidan ikki quyonni bir o’q bilan urmoqchi.

Ya’ni Rossiya harbiy salohiyatini dunyoga va o’z xalqiga ko’z-ko’z qiladi. Lekin asosiy maqsad mamlakat mudofaa kompleksini ishga solish, mahalliy kompaniyalarga buyurtma, demakki daromad olib kelish.

Siyosatshunos Yevgeniy Volk deydiki:

“Sovet Ittifoqi qulagach, yirik sanoat egasiga saylangan Rossiya haligacha bu inshootlarni noharbiy maqsadga yo’naltira olgani yo’q. Byudjetdan bu korxonalarga katta pul ajratib, millionlab ish o’rinlari yaratish mumkin. Saylov oldidan eng zo’r strategiya shu, bu odamlar albatta Putinga ovoz beradi”.

Rossiyaga qurol-yarog’ import qilish bo’yicha davlat dasturi ikki qismdan iborat. Birinchi bosqichda zarur vositalar va lisensiyalar qo’lga kiritiladi.

So’ngra G’arb firmalari bilan qo’shma korxonalar tuzilib, Rossiyaning o’zida ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.

Ekspertlar deydiki, Kreml rahbariyati qanday mafkurani olg’a surmasin, bugungi Rossiyada “mudofaa” degani biznes.

http://www.voanews.com/uzbek/news/Russia-Army-Modernization-125108609.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: